Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Fransiyalik professor Florent Montakler filologiya bo‘yicha soxta mukofot joriy etganlikda ayblanmoqda. U shuningdek, soxta “Xalqaro filologiya jamiyati”ni tuzgan va amerikalik tilshunos Noam Chomskiyni ham mukofotlagan.
Jahon
09.05.2026, 16:06
Ulashish:

2016-yil 10-iyun. Fransiya Milliy assambleyasida Nobel mukofoti sovrindorlari, sobiq vazirlar, deputatlar va taniqli olimlar ishtirokida o‘tayotgan tantanali marosimda barchaning diqqat-e’tibori ilgari hech kimga ma’lum bo‘lmagan bir adabiyot professoriga qaratildi.
46 yoshli Florent Montakler ismli shaxs “Xalqaro filologiya jamiyati” tomonidan taqdim etilgan 2016-yilgi Filologiya oltin medalini qabul qilib oldi.
Yig‘ilganlarga Montakler ushbu medalni qo‘lga kiritgan birinchi fransuz bo‘lib, mukofot bundan avval italiyalik yozuvchi va tilshunos Umberto Ekoga topshirilgani ma’lum qilindi.
Ammo, afsuski, mukofot soxta bo‘lib, u film ssenariysiga arzigulik murakkab firibgarlikning bir qismi edi.
Garchi marosim haqiqatan ham o‘tkazilgan bo‘lsa-da, Xalqaro filologiya jamiyati aslida mavjud emas.
“Xalqaro filologiya jamiyati” go‘yoki AQShda joylashgan va faqat onlayn faoliyat yuritgan, uning manzili esa Delaver shtatining Lyues shahridagi zargarlik do‘koniga tegishli bo‘lib chiqqan.

Nobel mukofotiga tenglashtirilgan ushbu sovrinni Montakler o‘zini-o‘zi taqdirlash uchun o‘ylab topgan va u Parijdagi zargardan 250 yevroga sotib olingan.
Hozirda professor hujjatlarni soxtalashtirish va firibgarlikda gumon qilinmoqda. U o‘ziga qo‘yilgan ayblovni rad etdi.
Fransiyaning Monbelyar shahri prokurori Pol-Eduard Lalluaning aytishicha, detektivlar bir necha oyni ushbu “yolg‘onlar to‘ri”ni yechishga sarflagan, oqibatda barcha izlar janob Montaklerga olib borgan.
Vampirlar haqidagi kitoblardan Chomskiygacha
2015-yilda mahalliy gazetada “Nobel”ga teng mukofotni qo‘lga kiritish arafasida ekani haqidagi maqola chiqqunga qadar, Montakler bo‘sh vaqtlarida vampirlar haqida fantastik asarlar yozib yuradigan oddiy o‘qituvchi edi.
Oltin medalni “qo‘lga kiritgach”, u Tedx platformasida chiqish qildi va navbatdagi sovrindor sifatida jahonga mashhur faylasuf va lingvist Noam Chomskiyni tanladi.
87 yoshli Chomskiy ushbu “mukofot”ni olish uchun Parijga keldi va 200 kishi qarshisida uni qabul qilib oldi.
Biroq 2018-yilda “Montakler” 85 yoshli ruminiyalik akademik Yevgen Simionni g‘olib deb e’lon qilgach, bu murakkab firibgarlik fosh bo‘la boshladi.
Ruminiyalik jurnalistlar o‘z vatandoshlarining yuksak mukofotga loyiq ko‘rilganiga qiziqib, surishtiruv boshlaydilar. Natijada “Xalqaro filologiya jamiyati” saytlari aslida Fransiyada yaratilgani va boshqarilishini aniqlashadi.
Ular “Ruminiya Akademiyasini laqillatgan soxta Nobel mukofoti” sarlavhasi ostida maqola chop ettirgan.
Shaxsiy uyingizda medal taqib o‘tirish jinoyatmi?
Balki Montakler shuhratparast bo‘lmaganida, firibgarligi hech qachon fosh etilmas edi.
U 2018-yili Fransiya Oliy ta’lim vazirligiga lavozimini oshirish uchun murojaat qilgan va o‘sha Amerika universiteti tomonidan berilgan unvonini taqdim etgan.
Garchi bu malaka Fransiyada tan olinmagan bo‘lsa-da, shundan so‘ng qahramonimiz lavozimga ko‘tarilib, dotsent etib tayinlangan.
Firibgarlik haqida xabar topgan politsiya fevral oyida Montaklerning uyiga tintuv o‘tkazish uchun order bilan keladi.
Prokuror Lallua “Janob Montakler, bu yerga nima uchun kelganimizni bilasizmi?” deb so‘raydi.
Montakler esa darhol: “Menimcha, medal masalasida”, – deb javob beradi.
Montakler medalga buyurtma berganini va ayrim veb-saytlarni yaratganini tan oldi, biroq har qanday qonunbuzarlikni inkor etmoqda.
Lalluaning so‘zlariga ko‘ra, Monteklerning taxmin qilinayotgan soxta diplom va medal orqali lavozimga ko‘tarilgani hamda moddiy manfaat ko‘rgan-ko‘rmagani tergovning asosiy mavzusini tashkil etadi.
Ammo Montaklerning fikricha, medal soxta emas. Soxtalashtirish uchun asl nusxadagi medal kerak, ammo asl filologiya medali mavjud bo‘lmagach, uning medali soxta hisoblana olmaydi.
“Medalni istalgan odam yasashi mumkin. Masalan, “Fransiyaning eng yaxshi jurnalisti” degan oltin, kumush yoki bronza medalga onlayn buyurtma berib, uni o‘zingizga o‘zingiz topshirib, uyda ichimliklar bilan kichkinagina marosim o‘tkazsangiz bo‘ladi” – degan u.
Prokuror ayblanuvchining da’vosiga sharh berib, shunday dedi: “Agar medallaringizni tokchaning ustiga qo‘yib, uyda o‘tiraversangiz, buning hech qanday jinoiy alomati yo‘q. Ammo, bu haqda ish beruvchingizga yoki OAVga ma’lum qilsangiz va bular kasbiy e’tirofga sabab bo‘lsa, mana shu nuqtadan firibgarlik boshlanadi”.
5 yilgacha qamoq
Janob Montakler mukofotni o‘zi yaratganligi sababli, hech narsani noqonuniy o‘zlashtirmaganman, degan vaj orqasiga yashirinmoqda. Shuningdek, u ushbu mukofotni Nobel yoki Filds mukofotlariga qiyoslaganini ham inkor etgan.
Lalluaning fikricha, ushbu sxema unga shunday akademik obro‘-e’tibor qozonish imkonini berdiki, agar bu medalning o‘ylab topilishi va OAVda keng yoritilishi bo‘lmaganida, Montakler bunday mavqega sirayam erisha olmasdi.
Montaklerning advokati Jan-Batist Evrar ham mijozini himoya qildi.
“Xalqaro mukofot o‘ylab topish jinoiy javobgarlik emas. Har bir inson xayol surish huquqiga ega, unga ishonish yoki ishonmaslik esa tinglovchining o‘ziga bog‘liq”, - dedi advokat.
Prokurorning may oyi boshidagi bayonotiga ko'ra, bir necha haftadan so‘ng Montakler yana bir bor so‘roq qilinadi. Shundan so‘ng rasmiy ayblov e’lon qilinishi yoki qilinmasligi bo‘yicha yakuniy qaror chiqariladi.
Agar uning aybi isbotlansa, Montaklerga maksimal besh yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Shuningdek, 20 yildan ortiq vaqt davomida ishlab kelgan universitetidan ham haydalib, professorlik unvonidan butunlay mahrum qilinadi.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston
22.09.2026, 11:18

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi
Iqtisodiyot
23.09.2026, 11:52
So'nggi yangiliklar

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?
Iqtisodiyot
17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37

Ikkinchi jahon urushida Germaniya nega yengildi?
Madaniy
16.10.2026, 15:13

"Green Card 2027" rasman ochiladi
Jahon
15.10.2026, 17:54

Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sekinlashadi: O‘zbekistonda holat qanday?
Iqtisodiyot
15.10.2026, 17:15

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston
22.09.2026, 11:18

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi
Iqtisodiyot
23.09.2026, 11:52
