updated: 22.03.2026, 18:46

Tayland va Kambodja oʻrtasidagi urush: Janubi-Sharqiy Osiyo yangi inqiroz ostonasida

2025 yil oxiriga kelib dunyo yana bir achchiq haqiqatga guvoh boʻldi: tarixiy bahslar diplomatiya doirasidan chiqib ketsa, ular osonlikcha qurolli toʻqnashuvga aylanishi mumkin. Buni Tayland va Kambodja oʻrtasidagi navbatdagi nizo yaqqol namoyon etdi. 7 dekabr kuni yana avj olgan otishmalar Janubi-Sharqiy Osiyoni xavfli inqiroz yoqasiga olib keldi.

Jahon

15.12.2025, 11:07

Ulashish:

Nizoning ildizlari

Tayland va Kambodja oʻrtasidagi ziddiyat oʻnlab yillar davomida shakllangan tarixiy va hududiy bahslarga borib taqaladi. Ayniqsa, chegara hududida joylashgan Preax Vixear ibodatxonasi va unga tutash yerlar ikki davlat oʻrtasida doimiy tortishuv manbai boʻlib kelgan. Xalqaro sudlar va vositachilar bir necha bor nizoni hal qilishga uringan boʻlsa-da, milliy tuygʻular va ushbu hududlarning strategik ahamiyati qarama-qarshilikni saqlab qoldi. 2025 yilda esa bu qarama-qarshilik ochiq urushga aylandi.

Qurolli toʻqnashuvning boshlanishi

2025 yil 28 may kuni Tayland va Kambodja harbiylari oʻrtasida janglar boshlandi. Ilk haftalardayoq tomonlar ogʻir artilleriya va aviatsiyadan foydalanishga oʻtdi. Tayland oʻz harakatlarini “preventiv himoya” deb baholab, xavfni bartaraf etish zarurligini bildirdi. Kambodja esa Bangkokni agressiyada va tinch aholiga hujum qilishda aybladi.

28 iyul kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda tomonlar oʻt ochishni shartsiz va darhol toʻxtatish boʻyicha kelishuv imzoladi. Biroq bu kelishuv uzoqqa choʻzilmadi — yoz va kuz oylari davomida chegarada mahalliy toʻqnashuvlar davom etdi.

 

Dekabrdagi keskinlik

2025 yil 7 dekabr kuni chegara hududida ikki davlat harbiylari oʻrtasida 40 daqiqa davom etgan otishma sodir boʻldi. Natijada ikki nafar taylandlik harbiy yaralandi. Shu ortidan Tayland hukumati chegaraga yaqin viloyatlarda aholini evakuatsiya qilishga qaror qildi.

8 dekabr tongida esa Kambodja tomonidan Taylandning Anupong harbiy bazasiga avtomat qurollar, pulemyotlar, minomyotlar va artilleriya yordamida hujum uyushtirilgani maʼlum qilindi. Ushbu hujumda bir taylandlik harbiy halok boʻlib, sakkiz nafar askar yaralandi. Javob sifatida Tayland havo kuchlari F-16 samolyotlari orqali Kambodjaning Chong An Ma hududida joylashgan artilleriya pozitsiyalariga zarba berdi.

Kambodja rasmiylarining maʼlum qilishicha, 7 dekabrdan beri chegara hududlarida 9 nafar tinch aholi halok boʻlgan, 20 nafarga yaqin fuqaro yaralangan. Tayland esa 4 nafar harbiy xizmatchi halok boʻlgani va 68 nafar askar yaralanganini tasdiqladi. Shunday qilib, ikki tomon maʼlumotlariga koʻra, jami 13 kishi halok boʻlgan, qariyb 90 kishi yaralangan.

 

Tomonlarning pozitsiyasi

Tayland Mudofaa vazirligi hujumni birinchi boʻlib boshlaganini rad etdi. General Nattapxol Nakpanich yaralangan askarlar Kambodja tomonidan oʻt ochilganining dalili ekanini taʼkidladi. Kambodja esa, aksincha, oʻz qoʻshinlari hujumga uchraganini va Pnompen Tayland tomonidan asossiz zarbalar berilganini bildirdi. Shuningdek, Kambodja ASEANdan mustaqil xalqaro tergov oʻtkazishni soʻrab murojaat qildi.

 

Gumanitar fojia

Urush oqibatlari faqat front chizigʻi bilan cheklanib qolmadi. Ikki davlatda jami yarim milliondan ortiq inson oʻz uyini tark etishga majbur boʻldi. Taylandda 400 mingdan ziyod aholi evakuatsiya qilingan boʻlsa, Kambodjada 100 mingdan ortiq fuqaro boshpana izlamoqda. Evakuatsiya qilingan aholi oziq-ovqat, tibbiy yordam va toza ichimlik suvi tanqisligiga duch kelmoqda, chegara hududlaridagi infratuzilma esa jiddiy zarar koʻrgan.

 

Tinchlikka urinishlar

21 iyul kuni Tayland Kambodjani chegara hududida minalar oʻrnatishda aybladi. Bu voqea yangi toʻqnashuvlarga sabab boʻlib, besh kun davom etgan janglarda oʻnlab tinch aholi qurbon boʻldi. 28 iyul kuni Malayziya vositachiligida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuv imzolandi.

26 oktabrda esa Tayland bosh vaziri Anutin Charnvirakul va Kambodja bosh vaziri Xun Manet tinchlik kelishuviga erishilganini eʼlon qildi. AQSh prezidenti Donald Tramp ham nizoni hal qilishda oʻz rolini taʼkidladi. Biroq 10 noyabrga kelib Tayland mazkur kelishuvlarni toʻxtatganini maʼlum qildi va mintaqadagi taranglik yana kuchaydi.

 

Nizoning kengroq ahamiyati

Tayland va Kambodja oʻrtasidagi urush — mahalliy chegara jangi emas. U asrlar davomida yigʻilib kelgan tarixiy adovat, milliy gʻurur va hududiy daʼvolarning yorqin ifodasidir. Bu mojaro XXI asrda ham hududiy nizolar qon toʻkilishga olib kelayotganini, diplomatiya esa har doim ham yetarli boʻla olmasligini koʻrsatmoqda.

 

Xulosa

Janglar boshlanganiga yarim yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, vaziyat hanuz keskin. Qogʻozda tinchlik kelishuvlari mavjud, ammo chegara hududida har qanday paytda yangi otishmalar boshlanishi mumkin. Mintaqaning kelajagi Tayland va Kambodjaning tinch yoʻlni tanlay olishiga bogʻliq. Hozircha esa chegara hududi urush sahnasiga aylangan, Janubi-Sharqiy Osiyo esa yangi keng koʻlamli mojaro xavfi ostida qolmoqda.

Muallif: Aziz Soliyev

Jahon

15.12.2025, 11:07

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kechasi Ukraina Moskva viloyatiga 400 ta dron uchirdi

Ukraina bir kechada Moskva va uning atrofidagi hududlarga 400 ta dron bilan hujum qilgan. Natijada ikki kishi jarohatlanib, binolarda yong‘in chiqqan.

Jahon

20.07.2026, 11:45

Tramp Jahon chempionati finalida ham diqqat markazida bo‘ldi

Tramp va Infantino Jahon chempionati kubogini topshirish marosimi uchun maydonga kirib kelganda, tomoshabinlar ularni norozilik hayqiriqlari bilan kutib oldi.

Sport

20.07.2026, 11:13

Argentina terma jamoasini kelajakda kim boshqarishi noaniq

Dekabr oyida Lionel Skalonining shartnomasi yakunlanadi. Agar u uzaytirilmasa, Skaloni Argentina terma jamoasi tarixida eng muvaffaqiyatli murabbiy sifatida muhrlanadi.

Sport

20.07.2026, 10:07

Hindiston ilk xususiy orbital raketasini uchirdi

Hindiston tarixida ilk bor xususiy kompaniya ishlab chiqqan orbital raketa muvaffaqiyatli uchirildi. Mamlakat jahon kosmik iqtisodiyotidagi ulushini 44 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.

Fan-texnologiya

18.07.2026, 15:23

Ukraina hujumlari oqibatida Rossiyada 7 kishi halok bo‘ldi, neft bazasida yong‘in kelib chiqdi

Ukraina dronlari Kotovsk shahrida Rossiyaning eng yirik onlayn-riteyleri bo‘lgan “Wildberries”ga qarashli omborxonaga, shuningdek, poytaxt yaqinidagi neft bazasiga kelib tushgan.

Jahon

18.07.2026, 14:48

Endi Tramp prezidentlik mavqeyidan ham “soqqa” qilishi mumkin

Donald Trampning media kompaniyasi prezidentning Truth Social platformasidagi bayonotlarini boshqalardan oldin ko‘rish imkoniyati uchun pullik tarif joriy etishni muhokama qilmoqda.

Jahon

18.07.2026, 12:54

JCH–2026 finali AQSh tarixidagi eng qimmat sport musobaqasiga aylandi

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati finaliga qiziqish rekord darajaga chiqdi. Bunga sabab – chiptalarning narxi.

Sport

18.07.2026, 11:08

Telefoningiz bosh barmog‘ingizni ishdan chiqaryapti — tadqiqot

Smartfonlardan doimiy foydalanish qo‘llarimizni shikastlab, turli sindromlar va artrit kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bir nechta oddiy amallar orqali buning oldini olish mumkin.

Fan-texnologiya

18.07.2026, 10:13

Yirik avariyalarning oldini olish uchun quyidagi hududlarda svet 2 soatgacha o‘chirilishi mumkin — Energetika vazirligi

So'nggi kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan anomal issiq havo elektr energiyasi iste'molining keskin oshishiga sabab bo'lmoqda, natijada elektr tarmoqlari o'ta yuqori yuklama ostida ishlamoqda. Buni oldini olish maqsadida bir qator hududlarda qisqa muddatli majburiy cheklovlar joriy etildi. 

Oʻzbekiston

17.07.2026, 15:54

15 yoshga to‘lmagan bolalarning ishlashi qonuniymi?

Qonunga ko‘ra, mehnat shartnomasi asosida 16 yoshdan boshlab ishlash mumkin. Ammo ayrim hollarda 15 yoshga to‘lmaganlarga ham ishlashga ruxsat etiladi.

Oʻzbekiston

17.07.2026, 14:07

Britaniya 16 yoshgacha bo‘lganlarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlamoqda

Vazirlarning ta’kidlashicha, Angliyada har kuni 100 mingga yaqin bola shunday ichimliklarni iste’mol qiladi.

Jahon

17.07.2026, 09:44

O‘zbekistonda reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlarga yangi cheklovlar joriy etiladi

Mobil telefonlarga reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarnomalarini yuborish tartibi o‘zgarmoqda. Endilikda reklama faqat abonentning roziligi bilan yuboriladi.

Oʻzbekiston

16.07.2026, 17:35

O‘zbekistonda kutubxonalar soni oshmoqda

Yangilangan statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda bir yil ichida kutubxonalar soni 2 764 taga ko‘paygan.

Madaniy

16.07.2026, 16:47

Ayrim Isroil amaldorlari urushni cho‘zmoqchi — AQSH vitse-prezidenti

Vitse-prezident Jey Di Vensning yangi bayonoti AQSH va Isroil o‘rtasidagi kelishmovchilik tobora oshib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Siyosat

16.07.2026, 15:54

Besh yil avvalgi bashorat: Argentina Ispaniyani 3:2 hisobida yutadi

Jahon chempionati finalida Argentina va Ispaniya ro‘para kelishi ma’lum bo‘lishi bilanoq, "X" ijtimoiy tarmog‘idagi besh yil avvalgi bir post qayta virusga aylandi.

Sport

16.07.2026, 15:16

Yakuniy tinchlik uchun Armaniston konstitutsiyasini o‘zgartirishi kerak — Boku

Ozarbayjon rasmiysining aytishicha, Boku va Yerevan o‘rtasida yakuniy tinchlik bitimi imzolanmayotganiga 2 sabab bor: Armaniston Konstitutsiyasidagi Tog‘li Qorabog‘ga oid bandlar va “Tramp yo‘lagi”.

Siyosat

16.07.2026, 14:45

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?

Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo'lsa, tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball olishlari mumkin.

Ta'lim

16.07.2026, 11:37

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi

Xabar qilinishicha, bunga Bosh davlat sanitariya vrachining 2026-yil 14-iyuldagi 01-7609-sonli ko‘rsatma xati asos qilib olingan. 

Ta'lim

16.07.2026, 11:28

Rossiyada migrantlar geolokatsiyasi kuzatilishi uchun maxsus smartfon sotib olishga majburlanishi mumkin

Rossiyaga uzoq muddatga ishlashga keluvchi xorijliklar endi geolokatsiyasi kuzatib boriladigan maxsus mobil telefon sotib olishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu orqali hokimiyat migrantlarning qayerda ekanligi va hujjatlari muddatini doimiy nazoratda tutadi. 

Jahon

16.07.2026, 10:52

Turkmaniston O‘zbekiston SIM-kartalariga qarshi reyd boshladi

Turkmanistonda O‘zbekiston SIM-kartasidan foydalanish nafaqat katta jarima, balki josuslik aybloviga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Jahon

15.07.2026, 17:58

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →