Venesuelada halokatli zilzila bo‘ldi. Qurbonlar 100 mingtaga yetishi mumkin
24-iyun kuni Karakasdan 160 km g‘arbda 7,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Oradan bir daqiqa o'tmay 7,5 magnitudali ikkinchi tebranish kuzatildi.
Jahon
25.06.2026, 09:54
Ulashish:

24-iyun kuni mahalliy vaqt bilan 18:04 atrofida Venesuela poytaxtining g‘arbida kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi. Oqibatda Karakasdagi binolar qulab, odamlar vayronalar ostida qoldi.
Olimlar Janubiy Amerika mamlakati bo‘ylab ko‘plab qurbonlar bo‘lishi va keng ko‘lamli vayronagarchiliklar yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
Talafot ko‘lami
AQSH Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, Karakasdan taxminan 160 km g‘arbda 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lib, oradan bir daqiqa o‘tmay, 7,5 magnitudali ikkinchi tebranish kuzatilgan.
“Qurbonlar soni ko‘payib, jiddiy talafotlar yuz berishi ehtimoli yuqori. Ofat ko‘lamining qamrovi esa kengayishi mumkin”, — deya xabar berdi Geologiya xizmati.
Tashkilotning dastlabki taxminlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 10 000 dan 100 000 gachani tashkil etishi mumkin.
Muvaqqat prezident Delsi Rodriges favqulodda holat e’lon qilishini hamda tiklash ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘p tomonlama tashkilotlardan mablag‘ so‘rashini ma’lum qildi.
Mahalliy rasmiylar va guvohlar binolar qulagani, qutqaruv ishlari olib borilayotgani va jarohatlanganlar soni ortayotgani haqida xabar berdi.
Karakasdagi Chakao munitsipaliteti meri Gustavo Dukening xabar berishicha, bir nechta bino qulab tushgan va birgina binoning o‘zidan 18 nafar tirik qolgan kishi qutqarib olingan. U odamlarni jamoat maydonlaridan boshpana izlashga undab, zilzila tebranishlari yana takrorlanishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Qutqaruv va cheklovlar
Sohilbo‘yi Falkon shtatida yigirma ikki kishi jarohatlandi, deb xabar berdi gubernator Viktor Klark davlat telekanali orqali. Bedarak yo‘qolgan o‘n besh kishi hamon qidirilmoqda.
Kasalxonalar yangi jarohatlanganlarni qabul qilishga hozirlanyapti.
Karakasdagi “Hospital de Clinicas” shifoxonasi xodimlaridan jarohatlanganlarga yordam berish uchun tungi smenada ikki baravar ko‘proq ishlash so‘ralgan.
Rodrigesning aytishicha, Karakasdan shimolda, qirg‘oqda joylashgan Venesuelaning eng yirik aeroporti — Mayketia yetkazilgan zarar tufayli yopilgan.
Shuningdek, hafta oxirigacha darslar bekor qilindi.
Seysmik xavfli zona
Venesuela Karib va Janubiy Amerika plitalari tutashgan seysmik faol hududda joylashgan.
AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 1812-yilda yuz bergan kuchli zilzila Merida va Karakas shaharlarida katta vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan va o‘shanda qurbonlar soni taxminan 30 000 kishini tashkil etgan.
Jahon
25.06.2026, 09:54
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

