updated: 22.03.2026, 08:21

Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Kecha, 4 iyun kuni Janubiy Koreyada muddatidan oldin mamlakat prezidentligiga saylov oʻtkazildi. Unda Demokratik partiya nomzodi Li Chje Myon sobiq, impichmentga uchragan prezident  Yun Sok Yol siyosatiga qarshi kurashib, prezidentlik saylovida gʻalaba qozondi. Bu haqda "Yonhap" axborot agentligi xabar qildi.

Jahon

04.06.2025, 11:43

Ulashish:

Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Foto: Reuters

Qayd etilishicha, Li Chje Myon 2022 yilda prezidentlik saylovida bor-yoʻgʻi 1 foizdan kam farq bilan Yun Sok Yoldan magʻlubiyatga uchragan. Oradan ikki yil oʻtib, u yana siyosat maydoniga chiqdi — bu safar harbiy holat va siyosiy inqiroz fonida xalq ishonchini qozonib, davlat rahbariga aylandi.

 

"Ovozlarning 95 foizi sanalganda, Li 48,83 foiz ovoz bilan yetakchilik qilayotgan edi. Uning asosiy raqibi, Xalq kuchi partiyasi (PPP) nomzodi Kim Mun Su esa 42,03 foiz ovoz bilan ortda qolmoqda. Saylovda 44,39 million saylovchidan 35,24 million nafari ishtirok etdi — bu 79,4 foizlik koʻrsatkich boʻlib, soʻnggi oʻn yillikdagi eng yuqori qatnashuv darajasi sifatida qayd etildi", deyiladi xabarda.

 

"Isyonni yengamiz": yangi prezidentning dastlabki vaʼdalari

 

Seuldagi Milliy Assambleya yaqinida tarafdorlari oldida soʻzlagan nutqida Li Jae Myung sobiq prezident Yun tomonidan joriy etilgan harbiy holatga ishora qilib, demokratik tizimni qayta tiklashga vaʼda berdi:

Foto: YONHAP

"Men demokratiya tiklanadigan, xalq suveren hisoblangan va barcha birgalikda yashaydigan jamiyatni qurish vazifasini oʻz zimmamga olaman.

Prezidentlikka saylanganim zahoti iqtisodni tiklash va xalq turmushini yaxshilashga butun kuchimni safarbar qilaman, degan u rafiqasi Kim Xe Gyon bilan sahnada turib.

 

"Xalq kuchi partiyasi" nomzodi Kim Mun Su magʻlubiyatni tan olib, raqibini tabrikladi:

 

"Xalq tanlovini kamtarlik bilan qabul qilaman va Li Chje Myonni saylovdagi gʻalabasi bilan tabriklayman", dedi u partiya shtab-kvartirasida oʻtkazilgan matbuot anjumanida.

 

Kim kampaniya davomida Liʼning davom etayotgan sud ishlari, korrupsiya ayblovlari va keskin siyosiy uslubini tanqid qilib, "diktaturasiz kelajak" vaʼda qilgan edi. Biroq bu strategiya kutilgan natijani bermadi.

 

PPP vakillari saylov natijalaridan norozi boʻlmoqda.

 

"Biz ozgina ortda yoki oldinda boʻlishimiz mumkin deb oʻylagandik. Ammo natijalar bu qadar katta farq bilan chiqqani juda ogʻir boʻldi", degan Partiya saylov shtabi rahbari Na Kyong Von KBS telekanaliga bergan intervyusida.

 

Yunning 2024 yil dekabrida harbiy holat eʼlon qilgani jamiyatda chuqur noroziliklarga sabab boʻlgan, parlament esa uni impichment qilishga majbur boʻlgan edi. Shundan soʻng, navbatdan tashqari saylov tayinlandi. Bu vaqt ichida mamlakat iqtisodi izdan chiqdi, AQSh bilan savdo aloqalari taranglashdi, Shimoliy Koreya esa yadroviy dasturini faol davom ettirdi.

 

Li Chje Myong endi faqat sobiq rejimni ortda qoldirish emas, balki mamlakatni ichki boʻlinish, ishonch inqirozi va iqtisodiy qiyinchiliklardan olib chiqish vazifasiga duch kelmoqda. Uni xalq sayladi — endi esa u xalq kutgan demokratik va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun tarixiy imkoniyatga ega.

Mavzuga oid yangiliklar

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

Janubiy Koreya sobiq prezidentining rafiqasi hibsga olindi

Janubiy Koreya sobiq prezidentining rafiqasi hibsga olindi

Janubiy Koreya qamoqdagi sobiq prezidenti Yun Sok Yolning rafiqasi turli jinoyatlarda, jumladan poraxoʻrlik, aksiyalarni manipulyatsiya qilish va nomzod tanlashga aralashishda gumonlanib, tergovchilar tomonidan hibsga olindi. Bu haqda CNN xabar qildi.

Jahon

13.08.2025, 13:00

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning tinchlik boʻyicha muzokaralarini rad etdi

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning tinchlik boʻyicha muzokaralarini rad etdi

Bugun, 28 iyul kuni Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning yangi prezidenti bilan tinchlik borasida muzokaralar oʻtkazish taklifini rad etdi. Ular yangi prezidentning Shimolga nisbatan siyosati lavozimidan chetlatilgan oʻtmishdoshinikidan farq qilmasligini aytdi. 

Jahon

28.07.2025, 16:53

Germaniyadagi saylovda konservatorlar ustun keldi

Germaniyadagi saylovda konservatorlar ustun keldi

Germaniyada Bundestag (Federal parlamentining pastki palatasi)ga boʻlib oʻtgan navbatdan tashqaridagi saylovda Fridrix Mers boshchiligidagi XDI/XSI bloki 28,6 foiz ovoz toʻplab, peshqadamlikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni 20,8 foiz bilan GuM, uchinchi oʻrinni esa 16,4 foiz bilan GSDP band qilgan. Parlamentga "Yashillar" va "Chap partiya" ham kirgan. Bu haqda mamlakat Federal saylov komissiyasiga tayangan holda, "Deutsche Welle" nashri xabar berdi.

Jahon

24.02.2025, 12:33

Janubiy koreyaliklar tunni bedor oʻtkazdi: Mamlakat siyosatida nimalar oʻzgarmoqda? (foto)

Janubiy koreyaliklar tunni bedor oʻtkazdi: Mamlakat siyosatida nimalar oʻzgarmoqda? (foto)

Joriy yilning 3 noyabr kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol YTN telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga chiqib, mamlakatdagi konstitutsiyaviy tartibni kommunistik kuchlardan himoya qilish uchun harbiy holat eʼlon qilishini aytdi. Shundan keyin mamlakatda har qanday siyosiy faoliyat, xususan, norozilik namoyishlari hamda siyosiy partiyalar faoliyati toʻxtatilgani eʼlon qilinib, barcha OAV va nashriyotlar ustidan nazorat oʻrnatildi. Davlat rahbarining mazkur harakati parlamentdagi ayrim muxolifatchilar tomonidan keskin qoralanib, unga qarshi noroziliklar boshlandi. Xoʻsh, Prezident joriy qilgan cheklovlar bekor qilinadimi? Voqea yuzasidan hozirgacha nimalar maʼlum?

Jahon

04.12.2024, 12:25

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45