JCh-2026: Osiyo qitʼasi saralashining guruh oʻyinlari boshlanmoqda
Jahon chempionati saralashida Osiyo mintaqasining guruh bahslaridagi oʻyinlari qachon oʻtkazilishi eʼlon qilindi. "A" guruhidan joy olgan Oʻzbekiston terma jamoasiga Eron, Qatar, BAA, Qirgʻiziston va Shimoliy Koreya terma jamoalari raqib boʻladi.
Sport
14.08.2024, 14:37
Ulashish:

JCh-2026: Osiyo qitʼasi saralashining guruh oʻyinlari boshlanmoqda
Terma jamoaning birinchi oʻyini 5 sentabr kuni "Bunyodkor" stadionida KXDRga qarshi boʻlib oʻtadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Ikkinchi oʻyin esa 10 sentabr kuni Qirgʻiziston terma jamoasi bilan Bishkekdagi "Dolen Umrzaqov" stadionida boʻlib oʻtadi. Mazkur oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. Uchinchi turda azaliy raqib hisoblangan Eron terma jamoasi yana Toshkentda mehmon boʻladi. Oʻyin 10 oktabr kuni soat 19:00 da "Bunyodkor" stadionida boʻlib oʻtadi.
Toʻrtinchi turda Birlashgan Arab Amirliklari sinovdan oʻtkaziladi. Bu oʻyin ham "Bunyodkor" stadionida oʻtishi rejalashtirilgan. Uchrashuv 15 oktabr kuni soat 19:00 da boshlanadi. Oxirgi beshinchi turda Oʻzbekiston terma jamoasi Qatarga qarshi maydonga tushadi. Bu bahs 14 noyabrda boʻlib oʻtadi.
Ortda qolgan 5 ta turdan soʻng terma jamoalar biroz muddat dam oladi va mart oyidan boshlab javob uchrashuvlari tashkil etiladi. AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida oʻtadigan 2026 yilgi Jahon chempionatiga Osiyo qitʼasi uchun 6 ta litsenziya berilgan boʻlib, soʻnggi bosqichning guruh oʻyinlarida oʻz guruhida birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan terma jamoalar toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Eng yaxshi uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan ikki terma jamoa saralash bahslarida ishtirok etadi.
Eslatib oʻtamiz, "A" guruhidan tashqari qolgan "B" va "C" guruhlarida ham oʻyinlar oʻtkaziladi. Saralash bahslarining "B" guruhidan Koreya, Iroq, Iordaniya, Ummon, Falastin va Quvayt terma jamoalari oʻrin olgan boʻlsa, "C" guruhida Yaponiya, Avstraliya, Bahrayn, Xitoy, Indoneziya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bahslashadi.
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 13:05

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?
Fan-texnologiya
18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
Ta'lim
18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 09:46

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

