Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda korrupsion harakatlar fosh etildi.
Oʻzbekiston
19.09.2025, 16:21
Ulashish:

Davlat kadastrlar palatasining Jizzax viloyatidagi tumanlardan biridagi filiali boshligʻi tuman hokimligi tomonidan oʻzining turmush oʻrtogʻi nomiga sotish huquqisiz, ijara shartnomasi asosida ajratilgan 42 sotix yer maydonini xaridorga sotib, keyinroq hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 28 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Qumqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 1974 y.t. fuqaro Davlat kadastrlar palatasining Jarqoʻrgʻon tumani filiali kadastr muhandisi bilan til biriktirib, oʻzi tomonidan noqonuniy egallab olingan, aslida Jarqoʻrgʻon tumani hokimligi zaxirasida boʻlgan 40 sotix yer maydonini xaridorga 200 mln soʻmga sotishga va 4 mln soʻm evaziga uning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishga kelishadi.
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 1974 y.t. fuqaro 200 mln soʻmni, kadastr muhandisi esa 15 mln soʻmni olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridan birining raisi oʻzganing nomida boʻlgan 15 sotix maydondagi yakka tartibdagi turar-joyni va unga tutash joylashgan davlat zaxirasidagi 1 gektar 35 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 150 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 50 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʻzbekiston
19.09.2025, 16:21
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Sudyalar sud ostida: Akmaljon Shukurov ishi Oʻzbekiston sud tizimi uchun nodir pretsedentga aylandi
Oʻzbekiston
14.01.2026, 08:49

Soliq xodimlari pora olayotganda qoʻlga olindi
Oʻzbekiston
17.11.2025, 10:54

Advokatlik qasamyodiga sodiq boʻlmagan advokat qoʻlga olindi
Oʻzbekiston
29.10.2025, 10:12

QQS bilan bogʻliq yirik firibgarlik fosh etildi
Oʻzbekiston
28.10.2025, 10:48

Fargʻonada korrupsion holatlar aniqlandi
Oʻzbekiston
26.09.2025, 15:32

Hokim yordamchisi, muhandis va qishloq xoʻjaligi masʼuliga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzbekiston
23.09.2025, 21:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
