Jurnalistlar qotilliklari ochilmay qolmoqda — BMT bosh kotibi
Butun dunyo boʻylab jurnalistlar oʻlimining qariyb 85 foizi hali ham ochilmay qolmoqda. «Chegarasiz muxbirlar» tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2023–2025 yillar oraligʻida kamida 1163 jurnalist hibsga olingan, shulardan 568 nafari 48 mamlakatda hanuz qamoqda qolmoqda. Hibsga olish holatlarining yarmidan koʻpi Belarus, Xitoy, Isroil, Myanma va Rossiya Federatsiyasiga toʻgʻri kelgan.
Jahon
08.11.2025, 11:58
Ulashish:

Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan yoʻllagan murojaatida maʼlum qildi.
YuNESKO maʼlumotlariga koʻra, 2023 yil avgustidan 2025 yil mayigacha boʻlgan davrda 163 nafar jurnalist halok boʻlgan. Ulardan 109 nafari, jumladan 12 nafar ayol jurnalist, mojaro hududlarida, asosan Gʻazo (46 holat), Sudan (13) va Ukraina (8) hududlarida jon bergan.
«Men Gʻazoda jurnalistlarning oʻldirilishini keskin qoralayman. Bu holatlardan gʻazabdaman va mustaqil hamda xolis tergov oʻtkazishga chaqiryapman. Xalqaro jurnalistlarning Gʻazoga kirishini cheklovchi taqiq — mutlaqo qabul qilinmas», — dedi Antoniu Guterrish.
Murojaatda qayd etilishicha, jurnalistlarga qarshi tajovuzlar faqat urush hududlarida emas, tinch mamlakatlarda ham davom etmoqda. Masalan, soʻnggi ikki yil ichida Meksikada 15 nafar OAV xodimi oʻldirilgan.
Jurnalistlar oʻldirilishi boʻyicha tasdiqlangan holatlardan eng koʻpi arab davlatlarida (82), keyingi oʻrinlarda Lotin Amerikasi va Karib hududi (34), Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (30), Afrika (5) hamda Yevropa va Shimoliy Amerika (12) davlatlarida qayd etilgan.
BMT maʼlumotlariga koʻra, jahon boʻylab jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlik darajasi 2022 yilga nisbatan bir foizga kamaygan boʻlsa-da, hanuz 85 foiz qotillik ochilmay qolmoqda. Eng koʻp jazosizlik Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida kuzatilgan, keyingi oʻrinlarda Osiyo-Tinch okeani va Afrika keladi. Bu holatga huquqni muhofaza qilish tizimlarining zaifligi, korrupsiya, siyosiy irodaning yoʻqligi hamda siyosiy arboblar va jinoiy tuzilmalar oʻrtasidagi aloqalar sabab boʻlmoqda.
«Erkin va mustaqil jurnalistika — jamiyatning eng muhim neʼmatlaridan biri. Ammo jurnalistlarga qarshi hujumlar davom etmoqda. Davlatlar jurnalistlarni oʻldirganlik uchun jazosizlikka chek qoʻyish maqsadida tezkor, xolis va mustaqil tergov oʻtkazishlari shart», — dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.
Jahon
08.11.2025, 11:58
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar
Trampning Gʻazo boʻyicha rejasi BMT tomonidan maʼqullandi
Jahon
19.11.2025, 09:52
AQSh BMT Xavfsizlik kengashini Suriyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatishga chaqirdi
Jahon
23.10.2025, 16:27
BMT: Dunyo boʻylab 122 million kishi urush va zoʻravonlik sababli uyini tark etgan
Jahon
07.10.2025, 17:43

Yaqin yillarda Orolboʻyi mintaqasining 80 foizida yashil qoplamalar hosil qilinadi
Oʻzbekiston
30.09.2025, 13:15

Urbanizatsiya Konstitutsiya va inson huquqlarini oyoq osti qilmasligi kerak
Oʻzbekiston
30.08.2024, 17:49

Daniya, Gretsiya, Pokiston, Panama va Somali BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʼzolari etib saylandi
Siyosat
07.06.2024, 13:05
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
