Karimovadan musodara qilingan pullarga 45 ta maktab taʼmirlandimi?
Gulnora Karimovaning pullarini Oʻzbekiston xalqiga qaytarish uchun Oʻzbekiston va Shveysariya oʻrtasida tuzilgan “Ishonch” jamgʻarmasi koʻra, xorijdan qaytgan 20 mln dollar mamlakatdagi 45 ta qishloq maktabini taʼmirlash uchun ajratilganini aytmoqda.
Iqtisodiyot
25.09.2025, 10:30
Ulashish:

Foto: i.kar7 / Instagram
«Ishonch» jamgʻarmasi «Maktablarda iqlim oʻzgarishiga chidamlilik hamda suv taʼminoti, sanitariya va gigiyenani (SSG) modellashtirish» loyihasiga 20 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratadi. Loyiha rasman 2025 yil 1 oktabrda oʻz ishini boshlaydi.
Qayd etilishicha, loyihada Oʻzbekiston boʻyicha kamida 45 ta qishloq maktabini taʼmirlash, maktablarda energiya sarfini 30 foizga va dimlangan gazlar chiqindilarini 50 foizga kamaytirish uchun xavfsiz suv, zamonaviy sanitariya, ishonchli isitish tizimlari va ekologik toza energiya bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.
Loyiha 31 500 nafar bola, ayniqsa, oʻsmir qizlar uchun kundalik taʼlim sharoitlarini bevosita yaxshilaydi. Ular gender jihatlarni hisobga olgan holda alohida qulayliklardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar, bu esa darslarni qoldirish holatlarini kamaytiradi.
Loyiha yakunlangandan soʻng uning natijalari barqarorligini taʼminlash maqsadida, 2700 nafar maktab oʻqituvchilari va xodimlari iqlim oʻzgarishiga chidamlilik, SSGʻga gender jihatlar hisobga olingan yondashuv va jarayonlarga jamoatchilikni jalb qilish boʻyicha oʻqitiladi.
«Maktab yoshidagi bolalar soni tez oʻsib borayotgan mamlakatlar ichida Oʻzbekiston dunyodagi yuqori oʻrinlarda turadi. Bu yerda 1,4 milliondan ortiq oʻquvchi suv taʼminoti boʻlmagan yoki suv taʼminoti cheklangan maktablarga qatnaydi. Koʻpgina maktablar, ayniqsa qishloq joylardagi maktablarda hamon eskirgan hojatxonalar va samarasiz isitish tizimlaridan foydalanilmoqda. Mazkur loyiha iqlim oʻzgarishiga chidamli, inklyuziv va gender jihatlar hisobga olingan infratuzilmani joriy etish orqali bu dolzarb muammolarga yechim topadi hamda butun mamlakat boʻylab taʼlimga kelajakdagi investitsiyalar uchun namuna yaratadi», — deyiladi xabarda.
Shveysariya elchisi Konstantin Obolenskiyning taʼkidlashicha, Shveysariyaushbu restitutsiya mablagʻlari Oʻzbekiston xalqiga bevosita foyda keltiradigan, korrupsiyadan xoli, sezilarli investitsiyalarga aylantirilayotganidan faxrlanadi.
«Ushbu loyiha orqali biz 31 500 bolaga yanada sogʻlom, xavfsiz va munosib muhitda taʼlim olish imkoniyatini yaratmoqdamiz — bu rivojlanishga xizmat qiluvchi restitutsiyaning haqiqiy timsolidir», — dedi Obolenskiy.
Jamgʻarmaning qayd etishicha, «Eng yaxshi maktabim» raqamli portali mahalliy hamjamiyatlar va keng jamoatchilikka byudjet, pudratchilar, qurilish muddatlari va ishlarning borishini real vaqt rejimida kuzatib borish imkonini beradi.
Shuningdek, loyiha doirasida fuqarolik jamiyati ishtirokida xaridlar va taʼmirlash jarayonlarida adolatli, korrupsiyadan xoli, ota-onalar, oʻqituvchilar hamda mahalliy jamoalar oldida hisobdorlikni taʼminlovchi Halollik pakti sinovdan oʻtkaziladi.
Iqtisodiyot
25.09.2025, 10:30
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekiston va Shveysariya JST boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi
Iqtisodiyot
22.07.2025, 11:21

BMT Gulnora Karimovani noqonuniy hibsga olinganligini aytmoqda. Bu borada Oʻzbekiston hukumati nima deydi?
Oʻzbekiston
09.07.2025, 17:53

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin
Jahon
24.02.2026, 10:39

Oʻzbekistonning davlat qarzi 46,85 mlrd dollarni tashkil etdi
Iqtisodiyot
23.02.2026, 08:10
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
