Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
O‘nlab yillar mobaynida shaxsini sir tuta olgan “ko‘cha” rassomi kimligi ma’lum. Bu haqda Reuters xabar qildi. Biroq ko‘pchilik, xususan, Euronews bu yangilikka shubha qilmoqda, chunki Banksining shaxsi hanuz rasmiy tasdiqlanmadi.
Madaniy
28.03.2026, 15:48
Ulashish:

Reuters surishtiruvi
Reuters nashri o‘zining yangi surishtiruvi orqali Bristolda istiqomat qiluvchi mashhur graffiti rassomi va nufuzli faolning shaxsi fosh etilganini da’vo qilmoqda.
Hisobotdagi dalillar rassomning 2022-yilda Ukrainaga qilgan safari, sobiq sheriklari e’lon qilgan fotosuratlar hamda 2000-yilda Nyu-Yorkda hibsga olinganida yozib qoldirgan iqrornomasiga asoslanadi.
Ularga ko‘ra, Benksi aslida bristollik 51 yoshli Robin Ganningem bo‘lib, 2008-yilda shaxsi oshkor bo‘lishining oldini olish uchun ismini “Devid Jons”ga o‘zgartirgan.
Biroq rassomning advokatlari Benksining shaxsi sir bo‘lib qolishini qat’iy ta’kidlamoqda.
Benksining advokati Mark Stivens “Reuters” surishtiruvidagi ko‘plab tafsilotlarning to‘g‘ri emasligini bildirgan.
Stivens bu xabar rassomning shaxsiy daxlsizligini buzishi, ijodiga xalaqit berishi va uni xavf ostiga qo‘yishi mumkinligini aytgan. Ayniqsa, taxallus ostida ijod qilish jamiyat manfaatlariga xizmat qilishini alohida qayd etgan.
“Anonimlik ijodkorlarga suiqasd, senzura yoki ta’qiblardan qo‘rqmasdan, hokimiyatga haqiqatni dadil aytish imkonini beradi. So‘z erkinligini himoya qiladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Benksining tinchlik kabutari
Reuters agentligining xulosasiga ko‘ra, madaniyat, san’at va siyosiy munozaralarga doimiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgan bunday shaxsning kimligi jamoatchilik uchun qiziq.
“Sharli qiz” voqeasi
Qahramonimiz Buyuk Britaniya bo‘ylab binolarda paydo bo‘lgan satirik va hukmron doiralarga qarshi mavzulari bilan ajralib turuvchi graffiti asarlari turkumi orqali shuhrat qozongan.

2018-yilda uning “Sharli qiz” nomli asari bilan bog‘liq ajoyib hodisa bo‘lgan edi: asarning ramkadagi nusxasi kimoshdi savdosida 1,4 million dollarga sotilgach, Benksining ramka ichiga yashirgan bo‘laklash qurilmasi uni mayda-mayda qilib tashlaydi.
Keyinroq Benksi o‘zgartirilgan ushbu asarga “Love Is In The Bin” (Sevgi axlat qutisida) deb nom bergan va u rekord darajada – 25,4 million dollarga sotilgan.
Falastinga xayrixoh rassom
Benksi talaygina joylarda, jumladan, Ukraina va G‘arbiy Sohilda ham o‘z asarlarini yaratgan. Ular orqali Falastin tarafdori ekanligini ochiq namoyon etgan.

G‘arbiy Sohildagi Baytlahm shahrida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasida Benksi chizgan devoriy surat va uning ostida dam olayotgan falastinlik ishchi. 2022-yil.
Oxirgi ijod namunalaridan biri Buyuk Britaniya Qirollik adliya sudining devoriga chizilgan. Ushbu suratda sudyaning namoyishchini bolg‘a bilan urayotgani tasvirlangan.

Talqinlarga qaraganda, bu rassomning Buyuk Britaniyada taqiqlangan “Palestine Action” guruhini qo‘llab-quvvatlagani uchun hibsga olingan faollarga nisbatan hamdardlik belgisi hisoblanadi.
Chunki surat paydo bo‘lishidan sal oldin London markazida “Palestine Action”ning terrorchilik guruhi sifatida taqiqlanishiga qarshi namoyishlar o‘tkazilib, unda 900 ga yaqin faol hibsga olingan edi.
Rassom shaxsiga oid mish-mishlar
Mashhurlik turli cheklovlarga sabab bo‘lgani uchun Benksi doim o‘z shaxsini sir tutishni ma’qul ko‘rgan. Bu anonimlik uni politsiya ta’qibidan himoya qilishda ham asqatadi.

Angliyaning Dover shahrida Benksi tomonidan chizilgan, Yevropa Ittifoqi bayrog‘idan yulduzni o‘yib olayotgani ishchi tasvirlangan Brexitga oid devoriy surat.
Sirli ko‘cha rassomining kimligi haqidagi esa taxminlar bisyor.
Ko‘pchilik Benksini “Massive Attack” guruhi asoschisi va ayni paytda graffiti rassomi bo‘lgan Robert del Naja deb hisoblagan.

Britaniyaning “Massive Attack” guruhi a’zosi Robert Del Naja (chapda)
Boshqalar Benksi “Gorillaz” guruhining hammuassisi Jeymi Xyulett bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan.
Britaniya televideniyesidagi san’at shoularining boshlovchisi Nil Byukenen esa pandemiya paytida Banksi shaxsiga aloqadorligini rad etib bayonot berishga majbur bo‘lgan.
Shuningdek, bu ishlar ortida bitta ijodkor emas, rassomlar jamoasi borligi haqida ham farazlar ilgari suriladi.
So‘nggi taxminlar orasida Banksi ayol kishi boshchiligidagi jamoa bo‘lishi mumkinligi ham bor. Bundan tashqari, uch yil avval BBC telekanalining rassom bilan bog‘liq yo‘qolgan intervyusi topildi. Unga ko‘ra, Banksining asl ismi Robert (yoki Robbi) Banks bo‘lishi mumkin.

Benksining tibbiyot xodimlariga bag‘ishlagan asari.
Robin Ganningem? Robbi? Yoki Robert?
Garchi Reuters jamoatchilik rassomning shaxsiga katta qiziqish bildirishini ta’kidlaganda, haq bo‘lsa-da, asarlarning jozibasi qisman ularning jumboqligidadir.
Bu topishmoq yechilgan zahoti beixtiyor rassomning mohirona tutqich bermasligiga va uning kutilmagan harakatlar qilish qobiliyatiga putur yetadi, shuningdek, uning harakatlanish va ijod erkinligi xavf ostida qoladi.
Benksi har kim bo‘lishi mumkin, ehtimol, hamma gap shunda. San’at asarlari ortida kim turgani haqidagi taxminlarning davom etavergani ma’qul, - deyiladi Euronews maqolasida.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
So'nggi yangiliklar

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Özbekistonda gaz ballonlari noqonuniy sotilmoqda
Oʻzbekiston
23.10.2026, 09:20

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?
Iqtisodiyot
17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

