Londonda paydo bo‘lgan ko‘zi to‘silgan odam haykali muallifi aniq
Yarim tunda London markazida noma’lum haykal paydo bo‘ldi — ertalab esa uning ortida dunyoga mashhur sirli rassom Benksi turgani ochiqlandi.
Madaniy
01.05.2026, 17:19
Ulashish:

Mashhur ko‘cha rassomi Benksi payshanba kuni London markazida paydo bo‘lgan, hilpirayotgan bayroq yuzini to‘sib qo‘ygan va poydevordan tushayotgan odam tasvirlangan yangi haykal o‘zining ijodi ekanligini tasdiqladi.
O‘zining Instagram sahifasida e’lon qilingan hajviy videoda Benksi haykalning yarim tunda qanday o‘rnatilganidan lavhalar ko‘rsatdi.
Rassom bu haqda post qo‘yishidan avval ham, poydevor asosiga uning imzosi tushirilgani uchun haykalni Benksiniki deb taxmin qilgan mahalliy aholi va sayyohlar uni ko‘rish uchun to‘planishgan edi.

Britaniya poytaxtida yangi asar haqidagi gap-so‘zlar avj olgan bir paytda, Benksining matbuot kotibi AFP agentligiga shunday dedi: “Rassom kecha tong saharda ruxsatsiz o‘rnatilgan yodgorlikni namoyon qildi. U Pall-Mall ko‘chasidagi yo‘l o‘rtasidagi orolchada joylashgan bo‘lib, Benksining aytishicha, bu yerda ozgina bo‘sh joy bo‘lgan”.
Ushbu haykal 1901–1910-yillarda hukmronlik qilgan qirol Edvard VII va afsonaviy hamshira Florens Naytingeyl haykallari hamda Qrim urushi yodgorligi yaqinida joylashgan.
Benksi odatda haykallari bilan tanilgan emas. U ko‘proq binolarga purkagich yordamida chizgan rasmlari bilan mashhur bo‘lib, uning ilk ijod namunalari 1990-yillar boshida Angliyaning janubi-g‘arbidagi ona shahri Bristol ko‘chalarida paydo bo‘lgan.
Shundan so‘ng Benksi butun dunyoga tanildi va uning asarlari hamda installyatsiyalari kimoshdi savdolarida millionlab dollarga sotildi. Rassomning ko‘cha san’ati ko‘pincha o‘g‘rilar va vandallarning nishoniga aylanadi.
Hozirgacha shaxsini oshkor etmagan Benksi o‘z san’atini jamoat joylarida yashirincha namoyish etishni “isyonkor ifoda shakli” deb bilgan ko‘cha rassomlari an’analarining bir qismidir.
“Biz Benksining navbatdagi haykaltaroshlik asarini ko‘rganimizdan xursandmiz... u shaharning jo‘shqin ommaviy san’at sahnasiga qo‘shilgan yorqin hissa bo‘ldi”, - yangi haykal paydo bo‘lgan hududga mas’ul Vestminster Kengashi vakili.
Kengashning qo‘shimcha qilishicha, haykalni himoya qilish bo‘yicha dastlabki choralari ko‘rilgan, biroq hozircha asar omma tomosha qilishi va zavqlanishi uchun ochiq qoladi.
Avvalroq Benksi taxallusini olgan ko‘cha rassomi shaxsi haqida xabar bergandik.
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
