“Devorga yopishtirilgan banan” — 5,8 million yevrolik asar yana o‘g‘irlandi
Mauritsio Kattelanning devorga skotch bilan yopishtirilgan banandan iborat bo‘lgan “Komik” nomli san’at asari Fransiyadagi Pompidu-Mets markazidan o‘g‘irlandi. Muzey o‘g‘irlik yuzasidan noma’lum shaxslar ustidan shikoyat qildi.
Madaniy
02.06.2026, 15:24
Ulashish:

Fransiya sharqida joylashgan, Parijdagi mashhur Pompidu markazining filiali — Pompidu-Mets muzeyi Mauritsio Kattelanning ko‘pchilikka “devorga yopishtirilgan banan” laqabi bilan tanish bo‘lgan “Komik” nomli provokatsion san’at asari o‘g‘irlangani haqida xabar berdi.
Taniqli italiyalik rassomning 5,8 million yevroga baholangan konseptual san’at asari oxirgi dam olish kunlari g‘oyib bo‘lgan, qo‘riqchi esa o‘g‘irlikni yakshanba kuni payqab qolgan.
Endilikda Pompidu-Mets muzeyi nafaqat bananni almashtirdi (mevaning yangiligini saqlash uchun bu har uch kunda qilinadi), balki noma’lum shaxslarga nisbatan o‘g‘rilik bo‘yicha jinoiy ish ham ochdi.
Jinoyatchining shaxsi aniqlanmagani va shu bois “muloqot qilish imkoni yo‘qligi” sababli shikoyat qilishga qaror qilingan. Shuningdek, muzey ma’muriyati ikkinchi marta sodir bo‘layotgan bu hodisa san’at asariga hurmatsizlik ekanini ta’kidladi.
O‘tgan yilning iyul oyida muzeyga kelgan bir tashrif buyuruvchi mevaning tanovul qilgan. O‘shanda muzey qonuniy chora ko‘rmagandi.
Kattelanning san’at tushunchasi va uning qiymatini shubha ostiga qo‘yishga qaratilgan iste’molga yaroqli asari 2019-yilda Mayami-Bichdagi “Art Basel” ko‘rgazmasida 120 000 dollar narx bilan ilk bor namoyish etilganidan beri bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda.
O‘sha ko‘rgazmada performans-rassom Devid Datuna “Komik”ni yeb qo‘yib, bunga sabab sifatida “qorni ochganini” aytgan.
2023-yilda ham san’at asarini Seuldagi muzeyga tashrif buyurgan mehmonlardan biri yeb qo‘ygan edi.
“Komik” asari atrofidagi bahs-munozaralarga qaramay, yillar o‘tib uning qiymati faqat oshib bordi.
Xitoylik kriptovalyuta asoschisi Jastin San 2024-yilda ushbu asarning bir nusxasi uchun 5,8 million yevro sarfladi.
Oradan bir necha kun o‘tib, u Gonkongda kameralar qarshisida bananni yeb, ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Asarning qiymati – haqiqiylik sertifikati va ilib qo‘yish bo‘yicha o‘ta aniq yo‘riqnomasida. Banan (istalgan banan) poldan 1,72 metr balandlikka, 37 daraja qiyalikda yopishtirilishi shart.
Kattelan, shuningdek, san’atning qadri va davrimiz bema’niligiga e’tibor qaratuvchi, odamni o‘yga toldiradigan boshqa asarlar muallifi sifatida ham tanilgan.
Bular qatoriga Donald Trampga Oq uydagi ilk prezidentlik muddati chog‘ida taklif etilgan, 18 karatli, to‘liq ishlaydigan “Amerika” nomli tilla hojatxona ham kiradi.
Hozircha bananning qayerdaligi, och o‘g‘rining kimligi haqida boshqa xabar yo‘q.
Mavzuga oid yangiliklar

Eng norozi avlod
Madaniy
12.10.2026, 10:05

«Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash şarmandalik»: Ukraina rasmiylari munosabati
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:48

Alişer Usmonov sanksiyalar röyxatidan çiqarildi
Siyosat
24.09.2026, 14:07

Fransiyada erkak uç ayolga piçoq bilan hujum qildi
Jahon
28.07.2026, 10:48

Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda
Jahon
27.07.2026, 12:22

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
