«Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash şarmandalik»: Ukraina rasmiylari munosabati

Ukraina va Yevropaning ayrim rasmiylari rossiyalik milliarderlarga qarşi cheklovlar bekor qilinganini qoraladi. Aksariyat davlat Usmonovga milliy sanksiya qö‘llamoqçi.

Ulashish:

«Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash şarmandalik»: Ukraina rasmiylari munosabati

Yevropa Ittifoqi 22-sentyabr kuni rossiyalik milliarderlar Alişer Usmonov va Mixail Fridmandan sanksiyalarni olib taşladi. Buning evaziga 3000 nafar jismoniy va yuridik şaxslarga nisbatan sanksiyalarni uç yilga uzaytirişga erişildi. Ukraina va Yevropa rasmiylari milliarderlarga qarşi cheklovlarni bekor qilis qarorini keskin qoraladi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi tufayli sanksiyalar rö‘yxatini tuzgan. Unda uç mingdan ortiq kişi va kompaniya bor. Ilgari Yevropa davlatlari bu rö‘yxatni har olti oyda qayta kö‘rib çiqardi. Ammo 22-sentyabr kuni ular bu jarayonni birdaniga uç yilga uzaytirdi. Buning uçun Mixail Fridman va Alişer Usmonovni rö‘yxatdan çiqarişi şarti qö‘yildi.

Fridman undan sanksiyalarni olis uçun katta miqdorda da’vo arizasi bilan Lyuksemburgga murojaat qilgan. Usmonov tomonida esa Ozarbayjon bosimi sababli Fransiya turgan. Yevropa Ittifoqi rossiyalik milliarderlarga qarşi sanksiyalarni bekor qilgaç, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev hibsdagi fransuz tadbirkori Martin Rayanni afv etdi.

Yevropa cheklovlarining olib taşlanişi quvğindagi Rossiya muxolifatçilarini ham, Ukraina rasmiylari va ba’zi Yevropa siyosatçilarini ham ğazablantirdi. «Meduza» ularning munosabatini taqdim etdi.

Yuliya Navalnaya
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş jamğarmasi rahbari

Yevropa uçun uruşni qö‘llab-quvvatlaysanmi yoki yö‘qmi, Putin bilan dö‘stmisan yoki unga qarşi çiqasanmi, farqi yö‘q ekan. Oxir-oqibat, bank hisob raqamingizda qança pul borligi muhimroq körinadi.

Agar boy bölsang, bir-ikkita yaxtang va taniş-bilişlaring bö‘lsa, sendan sanksiyalarni heç qanday muammosiz olib taşlaş mumkin. Agar siyosiy ta’qib yoki safarbarlik tufayli uruşni qö‘llab-quvvatlamaganing uçun Rossiyadan qoçib ketgan bö‘lsang, unda hammasi boşqaça: senga viza bermaslik, hisob raqam oçmaslik, köplab tösiqlar yaratiş va amalda Putin tizimi bağriga itariş mumkin. Şu bilan birga, uruşni qö‘llab-quvvatlaşda ham ayblaş mumkin.

Katta siyosatda pul hali ham prinsiplardan balandroq gapirişi va oddiy odamlar taqdiri kö‘pinça ustuvorliklar rö‘yxatining pastki qismida ekanini yana bir bor eslatgani uçun Yevropa Komissiyasiga rahmat.

Leonid Volkov
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş jamğarmasi rahbari

Fridman masalasida — bu şunçaki xato. U heç narsa qilmadi, heç narsani özgartirmadi, hatto öz fikrini ham aytmadi. Undan «şunçaki» sanksiyalarni olib taşlaş ahmoqlikdir. Tö‘rt yil oldin men Fridman kabi tadbirkorlar uçun sanksiyalardan çiqişning tuşunarli va şaffof mexanizmlari yaratilişi kerakligini taklif qilgandim va hozir ham şunday deb hisoblayman: Putin rejimini zaiflaştiradigan aniq qadamlar evaziga: uruşni qoralaşdan tortib Ukrainaga sezilarli yordam berişgaça. Buni amalga oşiriş mumkin edi, lekin bunday qilinmadi.

Usmonov masalasida bu şunçaki xato emas balki ma’naviy falokatdir, buning ustiga ikki karra falokat. Birinçidan, Usmonov heç qanday «oddiy oligarx» emas, u tizim uçun asosiy odamlardan biri. Gap faqat uning sobiq prezident va amaldagi içkilikboz Medvedevni ta’minlab turganida emas, balki Usmonov Kreml nomidan va uning topşiriği bilan senzura va ö‘zboşimçalik uçun qanday aktivlarni sotib olganida: «Megafon»dan «Kommersant»gaça. Eslaysizmi: «Men internetdan foydalanmayman, men uni rivojlantiraman»? Ana şu internetni hozirgi holatiga yetkazganlardan biri Usmonovdir.

Ikkinçidan, Usmonov garovga olingan odamlar orqali sanksiyalarni olib taşlaşga eriştdi. Aliyev döstona munosabat yuzasidan yordam berdi, Fransiya fuqarolarini hibsga oldi va Fransiya masalani hal etişga kirişdi. Juda yaxşi! Sanksiyalardan çiqiş yöli körsatildi — endi yangi garovdagilarni kuting!

Ukraina hukumatidagilarning munosabati

Prezident Vladimir Zelenskiy

Rossiya odamlarimizga şafqatsiz zarbalar berayotgan bir paytda... Rossiyaning ayrim oligarxlaridan sanksiyalarni olib taşlaş haqidagi signallar ö‘zni ö‘ldiriş va kontrproduktiv körinadi. Uruşlar tajovuzkorning yaqinlariga yon bosiş bilan emas, balki qat’iyat va kuç bilan yakunlanadi. Yevropa Ittifoqining sanksiyalar rö‘yxatiga qö‘şimça rus familiyalarini kiritiş ustida işlaşga tayyorligi uçun (Yevrokomissiya rahbari) Ursula fon der Lyayendan minnatdorman. Aynan şunday qadamlar munosib tinçlikka va kafolatlangan xavfsizlikka yaqinlaştiradi.

Andrey Sibiga
Ukraina taşqi işlar vaziri

Usmonov va Fridmanni sanksiyalar röyxatidan çiqariş qarori şarmandali va heç qanday asosga ega emas. Moskvada bayram qilişmoqda, çunki ular özlari istagan narsaga eriştdi: jazosizlik hissi, Yevropa Ittifoqining kamsitilişi va yevropaliklar ö‘rtasidagi bö‘liniş. Barça YI davlatlarini hoziroq uşbu ikki şaxsga qarşi milliy sanksiyalar joriy etişlarini e’lon qilişga çaqiraman.

Vladislav Vlasyuk
Ukraina prezidentining sanksiyalar siyosati bö‘yiça vakili

Biz Yevropa Ittifoqining Alişer Usmonov va Mixail Fridmanga qarşi sanksiyalarni uzaytirmaslik qarorini juda ğalati deb hisoblaymiz. Ayrim rossiyalik tadbirkorlarga nisbatan cheklovlarni bekor qilis yangi amaliyotga aylanmasligi kerak. Aynan şuning uçun yangi sanksiya yeçimlarini, xususan, Rossiya harbiy-sanoat kompleksi bilan boğliq rossiyalik oligarxlarga nisbatan qöllaşni taklif etamiz.

Yevropa siyosatçilari

Pina Piçerno
Yevropa parlamenti raisining örinbosari

Usmonov va Fridmanni sanksiyalar röyxatidan çiqariş qarori şarmandali, qörqoqlik va mutlaqo qabul qilib bö‘lmaydigan holdir. Ammo keling, siyosiy mas’uliyat kimning zimmasida ekanini aniq belgilab olaylik: Yevropa Komissiyasi emas, balki Yevropa Kengaşi tarkibidagi a’zo davlatlar zimmasida.

Yevropa Ittifoqi qoidalariga kö‘ra (özgarişi kerak bölgan qoidalar!), Oliy vakil sanksiyalarni joriy etiş taşabbusi bilan çiqadi va komissiya bilan iqtisodiy masalalar bö‘yiça hamkorlik qiladi. Biroq cheklovçi çoralar Kengaş tomonidan faqat bir ovozdan qabul qilinişi mumkin.

Uşbu yakdillik qoidasi Yevropa Ittifoqini zaif qilib qö‘yadi. Bizga siyosiy jihatdan kuçli, suveren Yevropa kerak — bu Yevropa unga a’zo davlatlar yiğindisidan köra köproq narsani ifodalasin.

Andris Kulbergs
Latviya hukumatining rahbari

Latviya murosaga rozi böldi, ammo özining prinsipial pozitsiyasini özgartirmaydi. Biz Alişer Usmonov va Mixail Fridmanning Yevropa Ittifoqi sanksiyalar röyxatidan çiqarilişiga oxirigaça qarşi çiqdik. Biroq hukumat mas’uliyatli qaror qabul qilişga majbur bö‘ldi. Tanlov ikki kişining maqomini özgartiriş yoki butun sanksiyalar rejimini yöqotiş xavfi örtasida edi. Şuning uçun Latviya vakili ovoz berişda betaraf qoladi.

Şu bilan birga, Latviya çekinmaydi. Taşqi işlar vazirligiga Usmonov va Fridmanga qarşi milliy sanksiyalar joriy etiş uçun huquqiy asos tayyorlaş topşirildi.

Mindougas Sinkyaviçyus
Litva bosh vaziri

Oligarxlar — Rossiya harbiy maşinasining bir qismi. Rejim «hamyonlari» ukrainaliklarni öldirayotganda Yevropada özlarini qulay his qilmasligi kerak. Men Alişer Usmonov va Mixail Fridmanga nisbatan milliy çeklov çoralarini joriy etiş jarayonini boşlaş böyiça körsatma berdim.

Margus Saxna
Estoniya taşqi işlar vaziri

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning tajovuziga aloqador uç ming jismoniy va yuridik şaxsga nisbatan sanksiyalarni yana uç yilga uzaytirdi. Bu muhim yutuq, çunki kelgusida sanksiyalarni uzaytiriş siyosiy savdolaşuv vositasiga aylaniş xavfini kamaytiradi.

Biroq bu kelişuvga eriştiş uçun Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzi tarafdorlari sifatida tanilgan ikki taniqli rossiyalik tadbirkor — Alişer Usmonov va Mixail Fridmanga nisbatan sanksiyalar bekor qilindi. Estoniya bu qarorni qö‘llab-quvvatlamadi va ovoz berişda betaraf qoldi. Endi har ikki şaxsga nisbatan milliy sanksiyalarni joriy etamiz. Rossiya ö‘z yö‘nalişini ö‘zgartirmadi. Biz ham şunday qilişimiz kerak.

Maçey Vonsik
Yevroparlamentning polşalik deputati

Yevropa Ittifoqi obrösiga putur yetkazdi. Rossiyalik milliarderlar Usmonov va Fridman sanksiyalar röyxatidan çiqarildi. Faqat Latviya norozilik bildirdi. Polşa hukumati qayerda edi? Polyaklarning noroziligi qayerda qoldi?

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.

Jahon

31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 noyabrdan Özbekistonda gaz ta’minoti, bojxona rasmiylaştiruvi, mobil reklama, tadbirkorlar uçun kommunal tölovlar hamda pensiya tayinlaş tartibiga oid bir qator özgarişlar joriy etiladi.

Oʻzbekiston

31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi

Rossiya budjet taqçilligi 5,8 trillion rublga yetdi. Hukumat bir qator sohalarni qamrab oladigan yangi soliq çoralarini taklif qilmoqda.

Jahon

30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi

Yordam pulini qanday oliş mumkin?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi

Kelişuvlar nimalarni özgartiradi?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi

Binance xavfsizlik buzilişi gumoni bilan barça mablağlarni kiritiş va yeçib oliş operatsiyalarini vaqtinça töxtatdi.

Iqtisodiyot

30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi

Ikkinçi jahon uruşi davomida Yaponiya foydalangan 56 ta «dözax kemasi»dan 19 tasi Ittifoqçilar tomonidan çöktirildi. Bu kemalarda 126 mingdan ortiq harbiy asir taşilib, ularning har uç nafaridan biri halok bölgan.

Madaniy

29.10.2026, 19:35

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →