Mahmud Abbos: “Olti davlatning Falastinni tan olishi — adolatli tinchlik oʻrnatish yoʻlida muhim qadam boʻldi”

Falastin rahbari Mahmud Abbosning taʼkidlashicha, olti davlatning Falastin davlatini tan olishi «adolatli va barqaror tinchlikka erishish yoʻlida muhim va zarur qadam» hisoblanadi.

Jahon

24.09.2025, 10:02

Ulashish:

Falastin axborot agentligi WAFA tarqatgan maʼlumotga koʻra, Abbos Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, Malta, Monako va Andorra rasman mustaqil hamda suveren Falastin davlatini tan olganidan mamnunligini bildirdi.

Unga koʻra, xalqaro hamjamiyat qarorlariga uygʻun boʻlgan mazkur qadam ikki davlatli yechimni amalga oshirish yoʻlini ochadi hamda Falastinning Isroil bilan «xavfsizlik, tinchlik va qoʻshnichilik munosabatlari» asosida yashashiga sharoit yaratadi.

Falastin rahbari shuningdek, asosiy ustuvor maqsad sifatida quyidagilarni sanab oʻtdi:

otashkesimga erishish;

Gʻazoga gumanitar yordam yetkazish;

barcha asir va garovdagilarni ozod qilish;

Isroil qoʻshinlarini toʻliq chiqarib yuborish;

barcha falastinlik tuzilmalarning masʼuliyatini taʼminlash;

hududni tiklash va qayta qurish;

mustamlakachilik va isroillik koʻchmanchilar terrorini toʻxtatish.

Abbos yana bir bor taʼkidladiki, Falastin davlati oʻzining barcha majburiyatlari va islohotlarini bajaradi.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, Malta, Monako va Andorra rasman Falastin davlatini tan oldi.

Jahon

24.09.2025, 10:02

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Portugaliya BMT konferensiyasini kutmasdan Falastin davlatini tan oladi

“Rasmiy tan olish” Nyu-Yorkda dunyo davlatlari ishtirokida doʻstona uchrashuv doirasida boʻlib oʻtadigan yuqori darajadagi konferensiyadan oldin amalga oshiriladi, deyiladi Portugaliya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Jahon

20.09.2025, 10:19

Isroil 10 ming falastinlikka Al-Aqso masjidiga kirishga ruxsat berdi

Buning uchun ular oldindan maxsus kunlik ruxsatnoma olishi shart, deyiladi Isroil mudofaa vazirligining bayonotida.

Jahon

19.02.2026, 16:29

Falastin qoʻmitasi Gʻazoni boshqarish boʻyicha asosiy rejalarini eʼlon qildi

Tramp rejasiga koʻra, Gʻazoni qayta tiklash jarayoni “Tinchlik kengashi” tomonidan nazorat qilinadi.

Jahon

19.01.2026, 09:42

Erdoʻgʻan: Muammoni hal qilish yoʻli — mustaqil Falastin davlatini tuzishdir

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning taʼkidlashicha, Falastin muammosini faqatgina 1967 yilgi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil va suveren Falastin davlatini tashkil etish orqali hal qilish mumkin.

Jahon

14.10.2025, 17:48

Hukumat: Isroil 4 kunda Gʻazoda 118 falastinlikni oʻldirdi

Isroil armiyasi AQSh prezidenti Donald Tramp va xalqaro hamjamiyatning oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi chaqiriqlariga qaramasdan, 4–7 oktabr kunlari Gʻazo sektoriga 230 dan ortiq zarba berdi.

Jahon

09.10.2025, 12:05

Raqamlarga aylangan falastinliklar: 7 oktabr voqealariga 2 yil toʻldi

Raqamlarga aylangan falastinliklar: 7 oktabr voqealariga 2 yil toʻldi

Roppa-rosa 2 yil muqaddam – 2023 yilning 7 oktabr kuni HAMAS Isroil harbiy bazalariga keng koʻlamli hujumlarni amalga oshirdi. Mazkur hujum Isroilning Gʻazo sektorida mislsiz qatliomni amalga oshirishiga sabab boʻldi. Oʻn minglab falastinliklar, shu jumladan, bolalar va ayollar qurbon boʻldi, jarohatlandi, uysiz, oziq-ovqatsiz, tibbiy yordamsiz qoldi. Gʻazoliklar butun insoniyat koʻz oʻngida raqamlarga, statistik maʼlumotlarga va tarixga aylanib bormoqda...

Jahon

07.10.2025, 15:01

So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17