Malayziya aviakompaniyasi "Kuala-Lumpur -Toshkent" yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi
Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida "Air Asia X" aviakompaniyasining "Kuala-Lumpur – Toshkent" yoʻnalishi boʻyicha muntazam reysining birinchi parvozini tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston
17.10.2025, 10:07
Ulashish:

Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi koʻmagida tashkil etilgan tadbirda "Air Asia X" aviakompaniyasi rahbariyati, "Malaysia Airports Holdings Berhad" kompaniyasi, "Tourism Malaysia" agentligi, sayyohlik kompaniyalar, mahalliy OAV vakillari hamda Oʻzbekistonga uchib ketayotgan sayyohlar ishtirok etdi.
Oʻzbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev ishtirokchilarga Oʻzbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, zamonaviy sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar, xorijiy sayyohlarga yaratilgan qulayliklar haqida soʻzlab berdi.
Haftasiga 3 marotaba amalga oshiriladigan mazkur aviaqatnovlar Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, turizm, taʼlim, madaniyat va sport sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga hamda respublikaga Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan kelayotgan sayyohlar oqimini oshirishga hissa qoʻshishi taʼkidlandi.
"Air Asia X" aviakompaniyasi bosh ijrochi direktori Benyamin Ismoil oʻz navbatida, yil davomida intiqlik bilan kutilgan ushbu reys 220 nafar yoʻlovchilarni, shu jumladan malayziyalik ziyoratchilarni "Airbus A330" samolyotida Toshkent xalqaro aeroportiga olib borishini taʼkidladi.
"Ushbu birinchi reys bilan Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrining turizm salohiyati bilan yaqindan tanishish maqsadida bir qator sayyohlik guruhlari Oʻzbekistonga ketayapti. Mazkur aviaqatnovlar, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi sayyohlar oqimi koʻpayishiga, ishbilarmon doira vakillarining hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga hamda Oʻzbekistonni Markaziy Osiyo va Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqalarini bogʻlovchi xabga aylanishiga xizmat qiladi", – dedi Benyamin Ismoil.
Tadbir yakunida mazkur aviaqatnov yoʻlovchilari tantanali ravishda Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyildi.
Oʻzbekiston
17.10.2025, 10:07
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekiston – Malayziya: 5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot
17.09.2025, 16:26

Oʻzbekiston va Honkong oʻrtasida aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi mumkin
Oʻzbekiston
03.09.2025, 10:50

Malayziya kompaniyalari konsorsiumi Oʻzbekistonga savdo missiyasini amalga oshiradi
Iqtisodiyot
06.08.2025, 10:05

Rossiya Malayziya samolyotini urib tushirishda aybdor deb topildi — BMT
Jahon
13.05.2025, 11:43
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?
Fan-texnologiya
18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
Ta'lim
18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 09:46

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
