Malayziya kompaniyalari konsorsiumi Oʻzbekistonga savdo missiyasini amalga oshiradi

Savdo missiyasidan maqsad – Oʻzbekistonda savdo va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish.

Ulashish:

Malayziya oʻrta darajadagi kompaniyalar konsorsiumi (MCMTC – Malaysian Consortium Mid-tier Companies) vakillari bilan videokonferensiya koʻrinishida uchrashuv oʻtkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda MCMTC ijrochi direktori Karen Feyrklauf bilan 2025 yil 5-8 noyabr kunlari MCMTC va unga aʼzo kompaniyalar vakillaridan iborat (jami 20 kishi) delegatsiyaning Oʻzbekistonga savdo missiyasini tashkil etishga kelishib olindi.

Savdo missiyasidan maqsad – Oʻzbekistonda savdo va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish, davlat va mahalliy korxonalar bilan ikki tomonlama hamkorlik muzokaralarini oʻtkazish.

Malayziya tomoni Oʻzbekistonga tashrifi davomida Savdo-sanoat palatasi aʼzolari bilan "B2B" uchrashuvlarini oʻtkazish, Toshkent shahrida joylashgan chakana savdo, logistika va omborxona, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalarga tashrif buyurib, hamkorlik boʻyicha muzokaralarini olib borishni rejalashtirmoqda.

Ikki mamlakat savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun MCMTC vakili Oʻzbekistonlik yetakchi tadbirkor ayollarini 2025 yil 25-27 noyabr kunlari Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtadigan "WE2025: Future in Motion – Women in Trade, Investment, Leadership" koʻrgazmasida MCMTC pavilonida oʻz mahsulot va xizmatlari, texnologiya va ishlanmalari bilan ishtirok etishga taklif qildi.

Malayziya oʻrta darajadagi kompaniyalar konsorsiumi (Malaysian Consortium of Mid-Tier Companies) 2017 yilda MATRADE – Malayziya tashqi savdoni rivojlantirish korporatsiyasi oʻrta darajadagi kompaniyalarni rivojlantirish dasturi bitiruvchilari boʻlgan 19 aʼzodan iborat guruh sifatida tashkil etilgan. Bugungi kunda tashkilot aʼzolari 150 taga yetgan.

Iqtisodiyot

06.08.2025, 10:05

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari ostidagi kichik boʻrtma tepalikchalar bejiz joylashtirilmagan. Ularning asosiy vazifasi — qoʻl barmoqlarini klaviaturaga qaramasdan toʻgʻri joylashtirishga yordam berish.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin

Oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga muhim oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti sanasiga oid dastlabki maʼlumotlar eʼlon qilindi. Unga koʻra, bayram 20 mart kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi

Ishdan noqonuniy boʻshatilgan fuqaro oʻz huquqlarini tiklash yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga murojaat qildi. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 09:46

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 13:40

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52