"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi
15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.
Jahon
11.03.2026, 11:48
Ulashish:

2011 yil 11 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:46 da Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy qismida, 32 km (20 mil) sayoz chuqurlikda 9,1 magnitudali dengiz osti zilzilasi sodir boʻldi.
Taxminan olti daqiqa davom etgan ushbu zilzilaning epitsentri Yaponiyaning Tohoku mintaqasidagi Osíka yarimorolidan taxminan 72 km sharqda joylashgan.
Dastlab AQSh Geologiya xizmati zilzila magnitudasini 7,9 deb eʼlon qilgan, biroq koʻp oʻtmay bu koʻrsatkich avval 8,8 ga, soʻng 8,9 ga va nihoyat 9,0 magnitudaga oshirilgan.
2016 yil 11 iyulda esa zilzila magnitudasi 9,1 deb qayta baholandi. Zilzilaga eng yaqin yirik hudud Yaponiyaning Senday shahri boʻlib, u epitsentrdan 130 km masofada joylashgan edi. Zilzila poytaxt shahar Tokiodan esa 373 km shimoli-sharqda yuz berdi.
Zilzila Xonsyu orolini sharqqa 8 futga siljitdi, Yer oʻqini taxminan 10 santimetrdan 25 santimetrgacha ogʻdirdi va sayyoramizning aylanish tezligini kuniga 1,8 mikrosekundga oshirdi.
Zilzila shunchalik kuchli boʻldiki, uni Rossiyadagi Petropavlovsk-Kamchatskiy, Tayvandagi Kaosyun va Xitoydagi Pekin shaharlarida ham sezishgan.
Ushbu ofat Tohoku mintaqasida XIX asr oxiridan beri qayd etilgan eng kuchli zilzila boʻldi. Shu kuni hatto orbitadagi sunʼiy yoʻldoshlar zilzila natijasida yuzaga kelgan juda past chastotali tovushlarni qayd qilgan.
Yaponiya yaqinida Yevrosiyo plitasi ostiga sekin-asta siljib borayotgan Tinch okeani plitasining toʻsatdan gorizontal va vertikal surilishi oʻz ustidagi suv massasini siqib chiqarib, bir qator oʻta vayronkor sunami toʻlqinlarini yuzaga keltirdi.
Balandligi taxminan 10 metr boʻlgan toʻlqin qirgʻoqni bosib, Senday shahrining ayrim qismlarini, jumladan, uning aeroporti va atrofdagi hududlarni suv ostida qoldirdi.
Sunamidan qattiq jabr koʻrgan aholi punktlari orasida Sendaydan tashqari, Ivate, Miyagi va Fukusima prefekturasidagi bir qancha shaharlar ham bor edi.
Toshqin suvlari dengizga chekinganida, ular oʻzlari bilan katta miqdordagi chiqindilarni, shuningdek, suv toshqinida qolgan minglab qurbonlarni olib ketdi. Past joylashgan hududlardagi katta-katta maydonlar dengiz suvi ostida qoldi.
Zilzila tufayli Tinch okeani havzasi boʻylab sunami ogohlantirishlari berildi. Chunki u soatiga taxminan 800 km tezlikda tarqalayotgandi.
Bir necha soatdan keyin Shimoliy Amerikadagi Kaliforniya va Oregon qirgʻoqlariga balandligi 9 fut boʻlgan sunami toʻlqinlari yetib keldi.
Zilziladan taxminan 18 soat oʻtib, balandligi 1 fut (0,3 metr) atrofidagi toʻlqinlar Antarktida qirgʻoqlariga yetib bordi va Sulzberger muzligining bir qismini sindirib yubordi.
Ofatdan keyin
Yaponiya hukumatining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, ofatdan ikki hafta oʻtib, halok boʻlganlar soni 10 000 dan oshdi, yoʻqolgan va oʻldi deb taxmin qilinayotganlar esa bundan bir yarim baravar koʻp edi.
Qurbonlarni qidirish davom etar ekan, halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolganlar soni taxminan 28 500 ga yetdi. Biroq keyinchalik bedarak yoʻqolgan deb hisoblangan ayrim odamlar tirik topilgani sababli bu raqam kamaydi.
2011 yil yakuniga koʻra taxminan 19 300 kishi halok boʻlganligi qayd etilgan. Baʼzi hisob-kitoblarga qaraganda, bu falokat umumiy hisobda 20 000 dan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan.
Sunami yoʻlida joylashgan qirgʻoq shaharlari va qishloqlari, shuningdek, salmoqli qishloq xoʻjaligi yer maydonlari kuchli suv oqimlari ostida qoldi. Bu suv oqimlari bilan birga uylar, qayiqlar, avtomobillar, yuk mashinalari va boshqa koʻplab vayronalar ham oqib ketdi.
Oʻlimlarning deyarli barchasi va vayronagarchilikning katta qismi Yaponiya Tinch okeani qirgʻogʻidagi sunami toʻlqinlari tufayli yuz bergan boʻlsa-da, zilzilaning oʻzi ham katta hududlarga jiddiy zarar keltirdi. Senday shahridagi neft-kimyo zavodida, Kesennuma va Ichixara shahrining bir qismida, Tokioga yaqin joylashgan neftni qayta ishlash zavodida yongʻinlar sodir boʻldi.
Minglab uylar zilzila va keyingi silkinishlar natijasida toʻliq yoki qisman shikastlandi. Fukusima shahri yaqinida bir toʻgʻon yorilib ketdi.
“Fukusima-1” elektr stansiyasidagi talafot
Asosiy zilzila va sunamidan soʻng Tohoku mintaqasidagi bir nechta atom elektr stansiyalarining holati yuzasidan jiddiy xavotirlar uygʻondi.
Zilzila oʻchogʻiga eng yaqin joylashgan uchta atom elektr stansiyasidagi reaktorlar yer silkinishidan keyin avtomatik tarzda oʻchirildi, bu esa oʻz navbatida stansiyalar va ularning sovitish tizimlarini asosiy elektr taʼminotidan uzib qoʻydi.
Biroq sunami toʻlqinlari sababli yuzaga kelgan suv toshqini baʼzi stansiyalarning zaxira generatorlariga, xususan, Senday shahridan taxminan 100 km janubda, Tinch okeani sohilida joylashgan “Fukusima-1” stansiyasiga zarar yetkazdi.
Elektr energiyasi uzilishi sababli falokatning dastlabki bir necha kunida uchta reaktorning sovitish tizimi ishdan chiqdi. Bu esa yoqilgʻi sterjenlarining qisman erishiga olib keldi.
Erigan massa 1- va 2-reaktorlarning himoya qobiqlari tubiga tushib, har bir qobiq polida katta teshiklar hosil qildi. Bu teshiklar yadroviy materialning qisman ochilib qolishiga sabab boʻldi.
1, 2 va 3-reaktorlarni oʻrab turgan tashqi himoya binolarida bosimli vodorod gazining toʻplanishidan yuzaga kelgan portlashlar hamda 4-reaktorda saqlanayotgan ishlatilgan yoqilgʻi sterjenlari haroratining koʻtarilishi tufayli chiqqan yongʻin zilziladan keyingi kunlarda inshootdan katta miqdorda radiatsiya tarqalishiga olib keldi.
Ishchilar shikastlangan reaktorlarga dengiz suvi va borat kislotasini yuborib, ularni sovitishga hamda barqarorlashtirishga urindilar.
Ehtimoliy radiatsiya nurlanishidan xavotirlangan Yaponiya rasmiylari inshoot atrofidagi 30 km masofani parvozlar uchun yopiq hudud deb eʼlon qildi.
Zavod atrofidagi 20 km hududdan aholi evakuatsiya qilindi. Keyinchalik evakuatsiya zonasi 30 km radiusgacha kengaytirildi.
Mart oyi oxirida “Fukusima-1” yaqinidagi dengiz suvi yuqori darajadagi radioaktiv yod-131 moddasi bilan ifloslangani maʼlum boʻldi.
Aprel oyi oʻrtalarida Yaponiya yadroviy nazorat idoralari “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi favqulodda vaziyatning xavflilik darajasini 5 dan 7 ga, yaʼni xalqaro shkalaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtardi. Shu tariqa Fukusima falokati 1986 yilda Sovet Ittifoqida yuz bergan Chernobil halokati bilan bir darajada baholandi.
Bugungi vaziyat
“Japan Times” nashrining 2026 yilgi xabariga koʻra, taxminan 2519 kishi hanuzgacha bedarak yoʻqolgan hisoblanadi. Bu koʻrsatkich Miyagi prefekturasida 1213 nafarni, Ivate prefekturasida 1106 nafarni va Fukusima prefekturasida 196 nafarni tashkil etgan.
Ofatning 15 yilligi arafasida Yaponiya Qizil Xoch jamiyati tomonidan oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, mamlakat aholisining 80 foizdan ortigʻi 2011 yilgi zilzilaga oʻxshash falokat yaqin kelajakda yuz berishi mumkin deb hisoblaydi.
Soʻrov ishtirokchilarining qariyb 70 foizi esa kelajakdagi ehtimoliy ofatlarga tayyorgarlik yetarli darajada emasligini bildirgan.
Muallif: Isomiddin JUMANAZAROV
Mavzuga oid yangiliklar

Yaponiyada kuchli boʻron oqibatida 30 kishi halok boʻldi
Jahon
04.02.2026, 15:26

Tramp Yaponiya bayrogʻi yonida qotib qoldi, Oq uy uning sogʻligi haqida bayonot berdi
Jahon
28.10.2025, 16:09

Oʻzbekiston Osakadagi butunjahon koʻrgazmasida oltin medalni qoʻlga kiritdi
Oʻzbekiston
13.10.2025, 12:45

Oʻzbekiston va Yaponiya "yashil" iqtisodiyot va texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytiradi
Oʻzbekiston
16.09.2025, 17:44

Yaponiya bosh vaziri isteʼfoga chiqishga qaror qildi
Jahon
23.07.2025, 12:04

Yaponiya Tinch okeanini radioaktiv elementlar bilan zararlantirgan
Fan-texnologiya
27.08.2024, 13:45
Mashhur yangiliklar

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
