Moskvada “Crocus City Hall”dagi hujum boʻyicha sud jarayoni boshlandi. Asosiy aybdor sifatida tojikistonliklar koʻrilmoqda

Bugun, 4 avgust kuni Moskvada oʻtgan yili “Crocus City Hall”da sodir etilgan terrorchilik hujumida ayblanuvchilarga qarshi sud jarayoni boshlandi. Hujum oqibatida 147 kishi halok boʻlgan edi.  Bu haqda BBC xabar qildi.

Jahon

04.08.2025, 12:37

Ulashish:

Moskvada "Krokus Siti Xoll"dagi hujum boʻyicha sud jarayoni boshlandi. Asosiy aybdor sifatida tojikistonliklar koʻrilmoqda

Foto: BBC

Qayd etilishicha, sudga 19 kishi jalb qilingan. Ulardan toʻrt nafari toʻgʻridan-toʻgʻri hujumni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan boʻlsa, 15 nafari ularni yashirgan yoki ularga yordam berganlikda ayblanmoqda. Ulardan biri jinoyatchilarni yashirish uchun uyini yashashga ijaraga bergan.

 

Maʼlum boʻlishicha, tergov ikki xil versiyada olib borilmoqda. Biri “Islomiy davlat — Xuroson viloyati”* guruhi uyushtirgan deb taxmin qilinayotgan boʻlsa, ikkinchi versiyada Ukraina oliy rahbariyati tomonidan amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda. Hujumga deyarli bir yil boʻlgan boʻlsa-da hali ham tashkilotchilar aniqlanmagan.

 

BBC'ning yozishicha, asosiy ayblanuvchilarning toʻrt nafari ham Tojikiston fuqarolari: Dalerjon Mirzoev, Saidakrami Rajabali, Shamsiddin Fariduniy va Muhammadsobir Fayzov. Ularning yoshi 20 dan 30 yoshi.

 

Hujum 2024 yil  mart oyida kechqurun sodir boʻlgan edi. Krokusda oʻsha vaqtda “Piknik” guruhi konserti boʻlishi kerak edi. Tomoshabinlar konsertdagi oʻrinlarini egallayotgan bir paytda, toʻrt qurollangan shaxs “Crocus Expo”ning 14-paviloniga avtomobilda yetib kelgan.

 

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, hujum 147 kishi halok boʻlgan, 300 dan ortigʻi tan jarohati olgan, yana uch kishi bedarak yoʻqolgan. Bu voqea Rossiya tarixidagi eng koʻp qurbon qilgan terror hujumlaridan biri boʻldi.

 

Tergov maʼlumotlariga koʻra, 31 yoshli Dalerjon Mirzoyev ushbu hujumning asosiy ijrochilaridan biri boʻlgan va xorijda yashirinayotgan tashkilotchilarning koʻrsatmasi asosida harakat qilgan. Uning radikallashuviga oid yagona dalil — akasining bir necha yil avval Suriyaga borib, “Islomiy davlat”* safida jang qilgani va halok boʻlgan.

 

Toʻrt ayblanuvchining uch nafari oilali boʻlgan. Ular oddiy sohalarda mehnat qilgan. Kimdir taksichilik qilgan, boshqasi zavod yoki qurilishda ishlagan. 20 yosh eng yosh ayblanuvchi Muhammadsobir Fayzov Ivanovo viloyatida sartarosh sifatida ishlab, oyligini Tojikistondagi oilasiga yuborib turgan.

 

Ish materiallarida aytilishicha, uning katta akasi ijrochilar va tashkilotchilar oʻrtasida vositachi boʻlgan, biroq u ayblanuvchilar kursisida yoʻq - u qidiruvga eʼlon qilingan. Jabrlanuvchilarning advokati katta Fayzov Turkiyada yashirinib yashamoqda.

 

Huquq-tartibot organlari "yordamchilar" deb aytayotgan yana yigirmaga yaqin kishi ishga jalb etilgan. Ularning ayrimlari hamon qidiruvda boʻlsa, yana bir nechtasi chet elda qamoqqa olingan.

 

Rasmiy ayblovga koʻra, ikki nafar tashkilotchi aniqlangan. Hozircha bu shaxslar Rossiya “Xuroson viloyati”* guruhi nomidan uchta terrorchi hujra tuzgan, qolgan ayblanuvchilarni radikal qarashlarga erkin gʻoyalar bilan aldab, hujumga undagan.

 

Ikki kishi — Ingushetiyalik Xusen Medov va Jabroil Aushov — qurolni jangovar holga keltirishda ayblanmoqda.

Besh kishi — Shaxromjon Gadoyev, Zubaydullo Ismoilov, Xusayn Hamidov va Soliyevlar (Umidjon va Mustakim) — hujumchilar uchun qurol va oʻq-dorilarni yetkazib berishda  ayblanmoqda. Ular Dogʻistonda qoʻlga olingan.

Maʼlum boʻlishicha, yana toʻrt kishi ularga yordam koʻrsatganlikda ayblanmoqda. Uch farzandi bor Yoqubjon Davlatxon Yusufzoda  hujumchilar uchun yashashga ijara toʻlovlarini toʻlashda yordam berib kelgan.  

 

Alisher Qosimov ismli shaxs oʻziga tegishli xonadonni jinoyatchilarga ijaraga bergan.

 

Yana uch kishi — Isroil Islomov va uning ikki oʻgʻli Dilor va Aminjon — televizorda hujumchilarning “Reno” mashinasida qochayotganini koʻrib, ushbu avtomobilni bir necha kun avval sotganini tan olib, politsiyaga murojaat qilgan. Shunga qarab, himoya hujumga yordam berganlikda ayblanmoqda.

 

Sud hukmi hali eʼlon qilinmagan, biroq barcha ayblanuvchilar allaqachon Rossiyada terrorchilar roʻyxatiga kiritib boʻlingan.

So‘nggi yangiliklar

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi

Moskvadagi “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan terakt boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi. Jinoyat ishi sudda yetti oy davomida koʻrib chiqildi. 

Jahon

12.03.2026, 15:15

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?

Eron Ekspertlar kengashi 8 mart kuni Seyid Mojtabo Husayniy Xomanaiyni mamlakatning yangi Oliy rahnamosi etib sayladi.

Jahon

12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda

BAAning Masdar kompaniyasi 2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda quvvati 1 GVt boʻlgan uzluksiz (24/7) toza energiya loyihasini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Iqtisodiyot

12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi

Tadqiqotchilar NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi maʼlumotlaridan foydalanib, hozirgacha kuzatilgan eng olis “meduza galaktikalaridan” biri boʻlishi mumkin boʻlgan obʼektni aniqladilar.

Fan-texnologiya

11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

10 martdan boshlab Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Oʻzbekiston

11.03.2026, 11:16