«Mubashshir Ahmad jazoni oʻtay olmaydi» — advokat salomatlik holati ogʻirligini bildirdi

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov 2025 yil 8 oktabr kuni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U hozirda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazoni oʻtamoqda. 

Ulashish:

 Biroq uning salomatligi ogʻir ekani, jazoni oʻtashga toʻsqinlik qilayotgani aytilmoqda.

Advokat Abdulloh Sodiqning Kun.uz’ga maʼlum qilishicha, Alisher Tursunovga «Qandli diabet II tip, insulinga muhtoj turi», shuningdek, artroz, stenokardiya, yuqori qon bosimi va buyrak faoliyati bilan bogʻliq muammolar tashxislari qoʻyilgan. Ulamoning oyoqlari shishib ketgan, tanasida yaralar paydo boʻlayotgan boʻlsa-da, toʻliq davolanishiga ruxsat berilmayapti.

Advokatning aytishicha, 2025 yil noyabr oyida Tursunov rasman 3 marta ambulator davolangani koʻrsatilgan. Ammo 26 dekabr kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda mahbus bu muolajalar amalda berilmaganini, u faqat tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganini bildirgan. Shuningdek, dori-darmon bilan taʼminlanmagani va yotib davolanishiga ruxsat yoʻqligini aytgan.

Shunga qaramay, uni 16 soatlab ogʻir jismoniy mehnatga, xususan gʻisht zavodida ishlashga majburlashayotgani maʼlum qilindi. Advokat bu holat Tursunovning hayoti va sogʻligi uchun jiddiy xavf tugʻdirishini taʼkidlamoqda.

Advokatning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 75-moddasiga koʻra, jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan ogʻir kasallikka chalingan shaxs jazodan ozod qilinishi mumkin. «Qandli diabet II tip» ushbu modda asosida ozod qilishga sabab boʻladigan kasalliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Shu munosabat bilan advokat tomonidan IIV, Bosh prokuratura va boshqa mutasaddi idoralarga arizalar kiritilgan.

Mavzuga oid yangiliklar

“Demokrat.uz” rahbari va blogerga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

F.Mehmonov va bloger A.Gʻoipnazarov tovlamachilikda gumonlanmoqda. Ular tadbirkordan videomaterialni oʻchirish va eʼlon qilmaslik evaziga 50 ming AQSh dollari talab qilgani aytilmoqda. Mehmonov 17 ming dollar olayotgan vaqtida ushlangan. 

Oʻzbekiston

12.02.2026, 08:49

«Rayxon oilaviy milliy taomlari» taʼsischisi Odilxon qori qamoqqa olindi

«Rayxon oilaviy milliy taomlari» taʼsischisi Odilxon Ismoilov jinoiy ishlar boʻyicha hibsga olindi.

Oʻzbekiston

27.01.2026, 08:25

Dunyodagi eng qattiq rejimli 10 ta qamoqxona

Jinoyat sodir etgan shaxslarni jamiyatdan ajratish va davlat barqarorligini saqlash maqsadida turli darajadagi qamoqxonalar faoliyat yuritadi. Biroq dunyoda shunday muassasalar ham borki, ular oddiy jazoni ijro etish joyi emas, balki qattiq rejim, total nazorat va psixologik bosimning eng yuqori nuqtasiga aylangan tashkilotlardir.

Jahon

09.12.2025, 19:00

5 kunda ming kishini oʻldirgan «Al Fashir qassobi» qoʻlga olindi

Sudandagi qirgʻinlarning asosiy tashkilotchilaridan biri, «Al Fashir qassobi» laqabli  Abu Lulu hibsga olindi va qamoqxonaga joylashtirildi.

Jahon

01.11.2025, 09:44

Mubashshir Ahmadning advokati sud hukmidan rozimi? Videoreportaj

Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tumani sudida jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga oid sud majlisi boʻlib oʻtdi. 

Oʻzbekiston

08.10.2025, 22:14

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi

Jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga sud tomonidan 2 yil 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi.

Oʻzbekiston

08.10.2025, 17:56

So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26