Navoiyda fuqarolarni Ukrainaga qarshi urushga yollash orqali pul ishlamoqchi boʻlgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi
44 yoshli ayol fuqarolarni Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etsa, oyiga 4-7 ming AQSh dollaridan pul berilishini aytib, qiziqtirib kelgan. U bir fuqaroni yollab, Rossiyaga joʻnatish uchun Toshkent viloyatida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona posti orqali Qozogʻistonga oʻtayotganida DXX Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan ushlangan.
Oʻzbekiston
11.09.2025, 15:27
Ulashish:

Navoiyda fuqarolarni Ukrainaga qarshi urushda Rossiya tomonidan ishtirok etishga yollash orqali pul ishlamoqchi boʻlgan ayol jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Sud hukmida keltirilishicha, 1981 yilda tugʻilgan N.U. Navoiy shahrida yashab kelgan. U muqaddam firibgarlik jinoyati bilan sudlangan.
N.U. 2024 yil oktabr oyida jinoyat ishining unga oid qismi alohida ish yurituviga olingan shaxs taklifiga asosan Samara shahriga borgan. Ushbu shaxs va ayol Oʻzbekiston fuqarolarini Ukrainaga qarshi urushga jalb qilib, moddiy manfaatdor boʻlish haqida jinoiy reja tuzishgan.
Shundan soʻng ayol 2025 yil yanvar oyida yashash manziliga qaytib kelgan. U oyiga 4 ming dollardan 7 ming dollargacha pul berilishini, yil davomida 40 ming dollar ishlab olishini aytib, fuqaro A.P.ni Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etishga yollagan. Ayol fuqaroning chet elga chiqish pasporti maʼlumotlarini WhatsApp orqali Rossiyadagi sherigiga joʻnatgan. Soʻngra ushbu fuqaroni Rossiyaga joʻnatish uchun Toshkent viloyatida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona posti orqali Qozogʻistonga oʻtayotganida DXX Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan ushlangan.
N.U. sudda aybiga toʻliq iqror boʻlgan va qilmishidan afsusda ekanini aytib, suddan yengillik soʻragan.
JIB Karmana tuman sudi hukmi bilan N.U. Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 154-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni (yollanma shaxsni yollash, oʻqitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy taʼminot berish, xuddi shuningdek, undan harbiy toʻqnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish) sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllagan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Navoiy viloyati sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasi ajrimi bilan dastlabki sud hukmi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Oldinroq Rossiya armiyasiga yollangan navoiylik yigit 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga tortilgandi.
Oʻzbekiston
11.09.2025, 15:27
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Koʻngilli boʻlib Rossiya tomonidan urushga kirgan oʻzbekistonlik qamaldi
Oʻzbekiston
16.10.2025, 14:01

Ukraina Rossiyaning qariyb 1000 kvadrat metr hududini nazorat ostiga oldi
Jahon
13.08.2024, 16:08

Rossiya-Ukraina urushi: yoʻqotishlar, zarar va muzokaralar
Jahon
24.02.2026, 14:06

Ukrainaga hamdardlik: Yevropa Ittifoqi va Ukraina elchixonasi “Sariq va Koʻk” koʻrgazmasini taqdim etadi
Madaniy
20.02.2026, 11:45

Ukraina: Belarus Rossiya dronlariga havo hujumidan mudofaani chetlab oʻtishda yordam bermoqda
Jahon
27.12.2025, 16:39

Rossiya prezidenti kuzgi chaqiruv haqida farmon imzoladi
Jahon
30.09.2025, 19:06
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?
Fan-texnologiya
18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
Ta'lim
18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 09:46

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
