Koʻngilli boʻlib Rossiya tomonidan urushga kirgan oʻzbekistonlik qamaldi
40 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Ukraina urushida Rossiya tomonida turib qurolli janglarda ishtirok etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.
Oʻzbekiston
16.10.2025, 14:01
Ulashish:

Joriy yil 24 sentabr kuni JIB Gʻallaorol tuman sudida koʻrib chiqilgan mazkur «ish»da aniqlanishicha, Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi va 227-moddasi 2- qismi «a» bandi bilan ayblangan B.M. ishlab pul topish maqsadida 2023 yilning may oyida Rossiyaga borgan.
U yerda turli mavsumiy ishlarda ishlab kelib, RF Samara viloyati Tolyatti tumanidagi harbiy qismda Ukraina urushiga borish haqidagi shartnomani tuzgan va 2023 yil 10 iyundan 2024 yil 11 iyunga qadar oddiy askar unvonida Rossiya tomonidan Ukrainaning vaqtincha bosib olingan Lugansk va Donetsk viloyatlari hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan.
Shundan soʻng, B.M. harbiy harakatlardagi ishtirokini yashirish maqsadida Jizzax viloyati Baxmal tumani IIB tomonidan berilgan «qizil pasport»ini qasddan yirtib tashlagan va ichki ishlar organlari hamda Oʻzbekistonning xorijdagi konsullik va elchixona muassasalariga fuqarolikdan chiqish boʻyicha murojaat qilmasdan, RF fuqaroligini olgan.
Sud tergovida maʼlum boʻlishicha, B.M. 2024 yil 12 iyuldan 2025 yil 9 fevral kuniga qadar Moskvada qurilish ishlarida ishlagan, biroq qurilish ishlari yaxshi boʻlmaganligi sababli yana 2025 yil 10 fevral kuni Rossiya MV bilan qayta shartnoma tuzgan.
2025 yil 20 mart kuni esa tishi ogʻrib, Moskva shahridagi harbiy gospitalga borgan va u yerda 18 aprelga qadar davolangan. Shundan soʻng Oʻzbekistonga qaytishni maqsad qilib, 19 aprel kuni Moskva-Samarqand yoʻnalishida aviachipta xarid qilib, ertasi kuni Samarqandga yetib kelgan. Shundan soʻng uni huquqni muhofaza qilish xodimlari ushlagan.
Sud B.M.ni Jinoyat kodeksining yuqorida koʻrsatilgan moddalari boʻyicha aybdor deb topdi va JKning 57-moddasini qoʻllab, 3 (uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Maʼlumot uchun, B.M. Oʻzbekistondagi harbiy xizmatni oʻtab, 2010-2018 yillarda bir nechta harbiy qismlarda ishlab kelgan.
Oʻzbekiston
16.10.2025, 14:01
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Navoiyda fuqarolarni Ukrainaga qarshi urushga yollash orqali pul ishlamoqchi boʻlgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi
Oʻzbekiston
11.09.2025, 15:27

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik
Jahon
25.02.2026, 13:51

Rossiya prezidenti kuzgi chaqiruv haqida farmon imzoladi
Jahon
30.09.2025, 19:06

Shimoliy Koreya Rossiyaga urushda qancha yordam bergan?
Jahon
30.05.2025, 10:41

Ukraina Rossiyaning qariyb 1000 kvadrat metr hududini nazorat ostiga oldi
Jahon
13.08.2024, 16:08

Ukraina va Rossiya oʻrtasidagi urush Kursk viloyatiga koʻchdi
Jahon
08.08.2024, 10:42
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
