AQSh siyosatiga norozilik bildigan 17 mingga yaqin muxlis JCh–2026 chiptalarini bekor qildi

2026 yil futbol boʻyicha Jahon chempionati arafasida minglab muxlislar avval xarid qilingan chiptalaridan voz kechmoqda.

Jahon

15.01.2026, 12:31

Ulashish:

Musobaqa 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanadada oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlsa-da, chiptalarni bekor qilish sabablari sportga emas, balki siyosiy omillarga bogʻliq ekani aytilmoqda.

Soʻnggi kunlarda taxminan 16 800–17 000 nafar muxlis Jahon chempionati oʻyinlari uchun olingan chiptalarini qaytargan. Ular bu qarorni AQShning tashqi siyosati, xususan Venesuela va migrantlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatdan norozilik bilan izohlamoqda. Kuzatuvchilar mazkur holatni turnirga bormaslik orqali amalga oshirilayotgan ramziy boykot sifatida baholamoqda.

Muxlislar noroziligining asosiy sabablari sifatida AQShning ayrim xalqaro siyosiy qarorlari, mamlakatdagi xavfsizlik va immigratsiya siyosati, shuningdek, faollar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan boykot chaqiriqlari keltirilmoqda. Ayniqsa, AQSh Migratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) faoliyati bilan bogʻliq holatlar muxlislar orasida xavotirni kuchaytirgan.

FIFA mazkur vaziyat yuzasidan tashkilot rahbariyati ishtirokida favqulodda yigʻilish oʻtkazishni rejalashtirgan. Unda chiptalarning ommaviy ravishda bekor qilinishi, turnir nufuziga ehtimoliy taʼsirlar hamda muxlislar xavfsizligi masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda. Biroq FIFA hozircha rasmiy bayonot bermadi, faqat vaziyatni barqarorlashtirish choralari koʻrib chiqilayotganini maʼlum qildi.

Shu bilan birga, chiptalardan ommaviy voz kechish ikkillamchi bozorga ham taʼsir koʻrsatmoqda. Taklif oshgani sabab chipta narxlari pasaya boshlagan. FIFA qoidalariga koʻra, chiptani osonlikcha qaytarish imkoniyati cheklangani uchun ayrim muxlislar ularni qayta sotuvga chiqarishga majbur boʻlmoqda.

Jahon

15.01.2026, 12:31

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Gap oddiylikda: dunyoni kaftida oʻynata oladigan 7 nafar inson

Baʼzan boylik shov-shuvda yoki dabdabali hayotda emas, oddiylikda namoyon boʻladi. Ularning turishiga qarab, uy-joyiga nazar tashlab, “bu odam qanday qilib milliarder boʻlishi mumkin?” degan savol tugʻiladi.

Madaniy

08.01.2026, 11:18

NYT: Maduroning ommaviy raqslari harbiy tahdidga sabab boʻlgan

Tramp maʼmuriyatining ayrim aʼzolari Maduroning bunday harakatlarini “Venesuela prezidenti AQShni masxara qilmoqda” deb xulosa qilishgan.

Jahon

06.01.2026, 11:30

Maduro qoʻlga olindi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hamda uning rafiqasi bor samolyot Nyu-York shahriga kelib qoʻndi. Maʼlumotlarga koʻra, ular bu yerda mahkama jarayonlariga tortiladi.

Jahon

04.01.2026, 15:00

«Green Card» lotereyasi dasturi toʻxtatildi

AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Braun universitetida sodir etilgan otishma bilan bogʻliq holatdan soʻng «Green Card» (DV-1) lotereya dasturi vaqtincha toʻxtatilganini maʼlum qildi.

Jahon

19.12.2025, 15:51

Kechikkan adolat: 14 yoshli bolaning qatli

«Qatl qilinsin… Bu nima degani?»Bu savolni bergan paytda Jorj Stinni hali bor-yoʻgʻi oʻn toʻrt yoshda edi. U bu soʻzning maʼnosini anglab ulgurmasidan, AQShning Janubiy Karolina shtatida elektr stulida qatl etildi. Uning «aybi» — oʻzi qilmagan jinoyat uchun javob berish edi.

Jahon

17.12.2025, 13:41

Fabio Kannavaro: “Umid qilamanki, qurʼa natijalari oʻzbekistonliklarni xursand qiladi”

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi uchun qurʼa tashlash marosimi oldidan oʻz fikrlari bilan boʻlishdi.

Sport

05.12.2025, 15:07

So‘nggi yangiliklar

«Yangi bank» litsenziyasi bekor qilindi. Omonat pullari nima boʻladi?

2026 yil 15 yanvar kuni Markaziy bank qaroriga muvofiq «Yangi bank» aksiyadorlik jamiyatining bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi chaqirib olindi.

Iqtisodiyot

15.01.2026, 16:50

Aholini roʻyxatga olish uchun 150 milliard soʻm ajratildi

2026 yil 15 yanvar soat 00:00 dan Oʻzbekistonda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi. 

Oʻzbekiston

15.01.2026, 11:50

Eron havo hududi yopilishi sabab bir qator reyslar ortga qaytdi

Eron havo hududi yopilgani sababli 15 yanvar kuni Oʻzbekistondan uchgan va Oʻzbekistonga yoʻnalgan bir qator aviareyslar joʻnash aeroportlariga qaytishga majbur boʻldi.

Oʻzbekiston

15.01.2026, 10:09

AQSh 75 davlat fuqarolari uchun viza berishni vaqtincha toʻxtatdi

Viza berish vaqtincha toʻxtatilgan davlatlar roʻyxatiga Somali, Rossiya, Afgʻoniston, Braziliya, Eron, Iroq, Misr, Nigeriya, Tailand, Yaman va boshqa mamlakatlar kiritilgan. Cheklovlar 21 yanvardan kuchga kiradi.

Jahon

15.01.2026, 08:46

Dunyodagi eng qulay aeroportlar

Hozirgi zamonaviy aviatsiya tizimida aeroportlar faqat samolyot qoʻnadigan joy emas, balki millionlab yoʻlovchilar uchun xizmat, qulaylik va xavfsizlik markaziga aylangan.

Jahon

14.01.2026, 18:04

Gʻazoda isitish vositalari yetishmasligi bolalar oʻlimiga olib kelmoqda

Gʻazoda sovuq ob-havo va isitish vositalarining yetishmasligi oqibatida yana uch nafar bola hayotdan koʻz yumdi. Rasmiylarga koʻra, qish fasli anklavdagi gumanitar inqirozni yanada chuqurlashtirmoqda.

Jahon

14.01.2026, 16:23

Baland minorali uylar qanday quriladi?

Dunyoda qurilgan eng baland binolar tajribasi shuni koʻrsatadiki, osmonoʻpar uylar yagona qolip asosida emas, balki har bir hududning iqlimi, zilzila xavfi va shamol bosimiga mos holda loyihalanadi.

Jahon

14.01.2026, 13:09

Chet tili oʻqituvchilariga sertifikat olish uchun yana imkoniyat berildi

Soʻnggi kunlarda umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan, tegishli til sertifikatiga ega boʻlmagan xorijiy til fani oʻqituvchilarining kelgusi mehnat faoliyati masalasi jamoatchilik eʼtiborida boʻlib kelmoqda.

Ta'lim

14.01.2026, 11:38

Sudyalar sud ostida: Akmaljon Shukurov ishi Oʻzbekiston sud tizimi uchun nodir pretsedentga aylandi

Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda jamoatchilik eʼtiborini tortgan eng muhim huquqiy voqealardan biri yuz berdi.

Oʻzbekiston

14.01.2026, 08:49

Endi tank, samolyot va askarlar soniga tayanib gʻalabaga erishib boʻlmaydi — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi yigʻilishida zamonaviy urushlar sunʼiy intellekt, kiber va raqamli texnologiyalar asosida olib borilayotganini qayd etdi.

Oʻzbekiston

13.01.2026, 17:15

Oʻzbekistonliklar boʻlgan sayyohlik kateri halokatga uchradi

Taylandning Pxuket oroli yaqinida sayyohlarni olib ketayotgan kater halokatga uchradi. Hodisa vaqtida kema bortida Oʻzbekiston fuqarolari ham boʻlgan.

Oʻzbekiston

13.01.2026, 15:52