updated: 22.03.2026, 08:41

OAVlar yoritayotgan 328 ta reklama qonunchilikka toʻgʻri kelmaydi — Rakobat komitasi

OAV tomonidan yoritilayotgan BFQ (biologik faol qoʻshimcha)lar reklama qonunchiligiga toʻgʻri kelmasligi aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi

Ulashish:

OAVlar yoritayotgan 328 ta reklama qonunchilikka toʻgʻri kelmaydi — Rakobat komitasi

OAVlar yoritayotgan 328 ta reklama qonunchilikka toʻgʻri kelmaydi — Rakobat komitasi

Qayd etilishicha, qoʻmita tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi reklama materiallarining qonun hujjatlariga qay darajada rioya qilinayotgani koʻzdan kechirilgan. Oʻrganishlar davomida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida jami 2205 ta reklama ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgani aniqlangan. 

Shundan 328 ta reklamada qonunchilikka nomuvofiqlik holatlari kuzatilib, tegishli koʻrsatmalar bilan bartaraf etilgan. Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini ixtiyoriy bartaraf etmagan xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan. 

Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi "Taraqqiyot TV" telekanali orqali "Qomus kapsulalari" biologik faol qoʻshimchasi reklamasi eʼlon qilinayotgani kuzatilgan. Mazkur reklama oʻrganilganda unda chalgʻituvchi va boʻrttiruvchi iboralar qoʻllanilgani aniqlangan. 

Soʻng ushbu telekanal "Reklama toʻgʻrisida"gi qonunning 16-, 34- va 35-moddalari talablari buzganlikda ayblanib, hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan "Taraqqiyot TV"ga  nisbatan ish qoʻzgʻatilgan va efirida ketayotgan mahsulotining reklamasi olib tashlangan. 

Shu kabi holat Toshkent shahrida ham kuzatilgan. "Jit Zdorovo" gazetasida chop etilgan "Neoflex" BFQ reklamasi tekshiruvdan oʻtkazilganda qonunbuzarlik holatlari yuzaga chiqqan. Hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan "PAKSTAMPA" MChJga nisbatan jarima belgilagan hamda masʼullariga nisbatan maʼmuriy choralar koʻllagan.

Shuningdek, Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan "Mahalla" telekanali orqali "Fitoplyus" hamda "Gemorroid" mahsulotlari reklamasida ham qonun buzilish holatlari ochiqlangan. Soʻng hududiy boshqarmaning tegishli koʻrsatmasiga asosan "HERBAL MED" MChJ tomonidan qonun talablariga zid boʻlgan holatlar bartaraf etilgan.

Yana Samarqand va Sirdaryo viloyatlari hududida ham turli Telegram-kanallari ("Sirdaryo moshina bozor", "Gulistonliklar Rasmiy", "Guliston Olx Sirdaryo ", "Samarqandliklar_Samarqand24", "Samarqand100", "Nurobod OLX")  orqali biologik faol qoʻshimchalarning ("Gemoroydan xalos etuvchi", "Disaar", "Stop diabet-No diabet") qonunga zid reklamalari tarqatilgan holatlar aniqlangan. Soʻng kanal adminlariga tushuntirish va ogohlantirish berilgan va reklama materiallari kanallardan olib tashlangan.

Oʻzbekiston

08.11.2024, 11:26

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

“ALHADAYA” biologik faol qoʻshimchasi reklamasi uchun moliyaviy jarima qoʻllanildi

Reklama materiallarida taʼsirli daʼvolar va mahsulot haqida toʻliq maʼlumot yoʻqligi aniqlandi. Bu esa isteʼmolchilarda mazkur qoʻshimchani dori vositasi sifatida qabul qilish ehtimolini yuzaga keltirgan.

Iqtisodiyot

13.02.2026, 12:39

Taftish.uz xodimlarining ushlanishi yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy munosabat bildirdi

Taftish.uz internet nashrining barcha xodim va jurnalist-operatorlari nomaʼlum sabablarga koʻra Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga olib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Oʻzbekiston

16.01.2026, 18:45

Oʻzbekistonda OAV va noshirlik sohasi ustidan nazorat boshqa tashkilotga topshirildi

Oʻzbekistonda OAV, noshirlik va raqamli axborot sohasida monitoring va nazorat vakolatlari RTV huzuridagi inspeksiyaga berildi. Prezident qarori bilan tizim yangilandi.

Oʻzbekiston

12.12.2025, 15:29

Bosh prokuratura OAV vakillarini ogohlantirdi

Bosh prokuratura OAV vakillarini ogohlantirdi

Bosh prokuratura OAV vakillari hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan prokuratura faoliyatiga tegishli boʻlgan tergov tadbirlarini yoritishda faqat vakillik organining axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy maʼlumotlar asosida yoritishni soʻradi.

Oʻzbekiston

28.10.2024, 09:57

"Yomgʻirdan soʻng chiqadigan chuvalchanglar, bir tiyinga qimmat blogerchalar". Oʻrmon xoʻjaligi agentligi matbuot rahbari nimaga shama qildi?

"Yomgʻirdan soʻng chiqadigan chuvalchanglar, bir tiyinga qimmat blogerchalar". Oʻrmon xoʻjaligi agentligi matbuot rahbari nimaga sha'ma qildi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi axborot xizmati rahbari Yulduz Oripovaning blogerlarni yomgʻirdan keyin chiqadigan chuvalchangga oʻxshatib, jurnalist-muxbirlarni bir tiyinga qimmat kasb egalari deya haqorat qilib yozgan posti tarqaldi. Xoʻsh, nega davlat ishida ishlaydigan hukumat vakili bunday haqoratli soʻzlar bilan chiqdi, bunga arzigulik sababi bordir dersiz. Agar sizni shu savol oʻylantirgan boʻlsa, unga PARADIGMA.UZ'ning eʼtiboringizga havola etayotgan quyidagi maqolasi orqali javob olishingiz mumkin.

Oʻzbekiston

02.10.2024, 16:01

Markaziy Osiyo davlatlari yagona media platformasini yaratmoqchi

Markaziy Osiyo davlatlari yagona media platformasini yaratmoqchi

Joriy yilning 8 avgust kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyoda axborot makonini rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash doirasida Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlarning OAV masalalari boʻyicha vakolatli organlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda Qozogʻiston Madaniyat va axborot vazirligi xabar berdi.

Siyosat

12.08.2024, 09:51

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45