Oʻzbekiston prezidentining AQShga qilgan tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga tashrifi yakunlandi.

Ulashish:

Oʻzbekiston prezidentining AQShga qilgan tashrifi yakunlandi

Foto: Prezident.uz

Prezident AQShga tashrifi chogʻida Bosh Assambleyaning umumsiyosiy munozaralarda soʻzga chiqib, BMTning eng dolzarb global muammolarni hal etish uchun asosiy platforma sifatidagi oʻrniga, shuningdek, Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

 

Oʻzbekiston yetakchisi xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik eng dolzarb masalalarni hal etish, tinchlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

Oʻzbekiston rahbarining AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi tashrifning markaziy voqeasi boʻldi. Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

 

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, BMT Bosh kotibi A.Guterrish, Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon, Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn, Chexiya Respublikasi Prezidenti Petr Pavel, Albaniya Prezidenti Bayram Begay, shuningdek, XVF boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga va Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okondjo-Iveala bilan ham muzokaralar oʻtkazdi.

 

Oʻzbekiston Prezidenti AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gorni, AQSh Kongressidagi "Oʻzbekiston bilan hamkorlik boʻyicha kokus" raisi, kongressmen Trent Kellini qabul qildi.

 

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi ham sermazmun boʻldi. Oʻzbekiston yetakchisi AQSh ishbilarmonlari ishtirokida davra suhbati, shuningdek, qator yetakchi transmilliy kompaniyalar, korporatsiyalar, investitsiya fondlari va moliyaviy institutlar - "Traxys", "FLSmidth", "McKinsey", "Go Green Partners", Kolorado geologiya maktabi, "BlackRock", "Boeing Global", "Franklin Templeton", "Citigroup", "Air Products", "BNY", "Jefferies", "NASDAQ", "Oppenheimer", "Air Products" va boshqa koʻplab kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazdi.

 

Uchrashuv va muzokaralar natijasida oʻrta muddatli loyihalar dasturi shakllantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va AQSh Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor huzurida muhim minerallar, fuqaro aviatsiyasi, kimyo sanoati, energetika va boshqa ustuvor sohalarda imzolangan ikki tomonlama savdo shartnomalari va investitsiya bitimlarini almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrifi yakunida davlatimiz rahbari, anʼanaga koʻra, AQShda ishlayotgan va yashayotgan bir guruh vatandoshlarimiz, shuningdek, Amerikaning yetakchi universitetlarida tahsil olayotgan "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga joʻnab ketdi.

Siyosat

25.09.2025, 09:00

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Mirziyoyev AQShda kimlar bilan uchrashdi?

Mirziyoyev AQShda kimlar bilan uchrashdi?

Shavkat Mirziyoyev 20–24 sentabr kunlari BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun AQShning Nyu-York shahrida boʻlib turmoqda. Tashrif doirasida davlat rahbari mamlakatning qator kompaniyalari va mutasaddilarini qabul qildi.

Siyosat

23.09.2025, 15:00

AQSh Oʻzbekistondan foydalanmoqchi

AQSh Oʻzbekistondan foydalanmoqchi

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin baʼzi davlatlarga AQShdan toʻgʻridan toʻgʻri reyslar bekor qilingan. Tramp administratsiyasi AQShdan deportatsiya qilingan Sobiq Ittifoq tarkibidagi davlatlarning fuqarolari uchun Oʻzbekistondan tranzit nuqtasi sifati foydalanish uchun mamlakat bilan muzokaralar oʻtkazgan. Bu haqda "Washington Post" maʼlum qildi.

Siyosat

07.05.2025, 17:33

Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp

Donald Trampning Oʻzbekistonga tashrifi: strategik manfaatlar va diplomatik signallar ortidagi haqiqat

Donald Trampning Markaziy Osiyoga, xususan Oʻzbekistonga tashrif buyurishi ehtimoli hanuz dolzarb boʻlib qolmoqda. Rasmiy ravishda eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, mavjud diplomatik vaziyat va strukturaviy omillar bunday tashrifning yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda.

Siyosat

29.04.2025, 17:39

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17