Mirziyoyev AQShda kimlar bilan uchrashdi?

Shavkat Mirziyoyev 20–24 sentabr kunlari BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun AQShning Nyu-York shahrida boʻlib turmoqda. Tashrif doirasida davlat rahbari mamlakatning qator kompaniyalari va mutasaddilarini qabul qildi.

Ulashish:

Mirziyoyev AQShda kimlar bilan uchrashdi?

Foto: Preziden.uz

Davlat rahbari kimlar bilan uchrashdi

 

22-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi. 

 

Foto: Prezident.uz

 

Tomonlar XVJ bilan hamkorlikni kengaytirish, makroiqtisodiy siyosat, byudjet va soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.

 

Uchrashuvda mamlakat moliya sohasining barqarorligi, «yoʻl xaritasi»ni amalga oshirish hamda XVJ markazlarida oʻzbekistonlik mutaxassislarning malaka oshirishi ijobiy baholandi.

 

Foto: Prezident.uz

Prezident oʻziga ajratilgan qarorgohda AQShning Traxys kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Alan Dokter, Kolorado Geologiya maktabi vitse-prezidenti Jon Bredford, FLSmidth kompaniyasi katta vitse-prezidenti Piter Flanagan, McKinsey kompaniyasi katta hamkori va Markaziy Osiyo boʻyicha ofisi rahbari Ermolay Soljenitsin, shuningdek, Go Green Partners bosh direktori Mixail Sedoy bilan uchrashdi.

 

Foto: Prezident.uz

 

Shavkat Mirziyoyev BlackRock kompaniyasi katta boshqaruvchisi Adebay Ogunlesi bilan ham uchrashdi.

 

Uchrashuvda energetika, transport va suv infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha strategik hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, qoʻshma fond va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.

 

Foto: Prezident.uz

 

Mirziyoyev Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Bangani qabul qildi.

Uchrashuvda strategik sheriklikni kengaytirish, barqaror iqtisodiy oʻsish, kambaqalilikni kamaytirish va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, Markaziy Osiyo infratuzilmasini rivojlantirish va qoʻshma loyiha portfelini kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

 

Foto: Prezident.uz

 

Oʻzbekiston rahbari AQShning yirik moliyaviy korporatsiyasi Citigroup raisi Jon Dugan bilan koʻrishdi.

 

Uchrashuvda bank va davlat korxonalari uchun obligatsiyalarni joylashtirish, IPO bitimlari, yevroobligatsiyalar chiqarish hamda moliyaviy yechimlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha «yoʻl xaritasi»ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shu bilan birga, davlat rahbari quyidagi shaxslarni ham qabul qildi:

  • Franklin Templeton kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonson;
  • BNY kompaniyasi bosh tijorat direktori Katinka Vals;
  • Jefferies kompaniyasi rahbari Brayn Fridman;
  • NASDAQ fond birjasi raisi Adena Fridman;
  • Oppenheimer Holdings kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Robert Lovental;
  • Boeing Global kompaniyasi prezidenti Brendan Nelson;
  • AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor;
  • Air Products kompaniyasi bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes; 
  • Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala.
  •  

Maʼlumot uchun, Shavkat Mirziyoyev bugun, 23-sentabr kuni, Nyu-York vaqti bilan 13:00–15:00 (Toshkent vaqti bilan 22:00–00:00) oraligʻida BMTning 80 yilligiga bagʻishlangan yigʻilishda nutq soʻzlaydi. Bu Oʻzbekiston rahbarining BMT Bosh Assambleyasidagi 5-chi chiqishi boʻladi.

 

Siyosat

23.09.2025, 15:00

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekiston prezidentining AQShga qilgan tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston prezidentining AQShga qilgan tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga tashrifi yakunlandi.

Siyosat

25.09.2025, 09:00

AQSh Oʻzbekistondan foydalanmoqchi

AQSh Oʻzbekistondan foydalanmoqchi

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin baʼzi davlatlarga AQShdan toʻgʻridan toʻgʻri reyslar bekor qilingan. Tramp administratsiyasi AQShdan deportatsiya qilingan Sobiq Ittifoq tarkibidagi davlatlarning fuqarolari uchun Oʻzbekistondan tranzit nuqtasi sifati foydalanish uchun mamlakat bilan muzokaralar oʻtkazgan. Bu haqda "Washington Post" maʼlum qildi.

Siyosat

07.05.2025, 17:33

Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp

Donald Trampning Oʻzbekistonga tashrifi: strategik manfaatlar va diplomatik signallar ortidagi haqiqat

Donald Trampning Markaziy Osiyoga, xususan Oʻzbekistonga tashrif buyurishi ehtimoli hanuz dolzarb boʻlib qolmoqda. Rasmiy ravishda eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, mavjud diplomatik vaziyat va strukturaviy omillar bunday tashrifning yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda.

Siyosat

29.04.2025, 17:39

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi

AQSh va Isroilning Eronga hujumlaridan soʻng Hurmuz boʻgʻozi va boshqa mintaqalarda elektron signallarni buzish holatlari aniqlandi. 

Jahon

07.03.2026, 14:12

Yaqin Sharq alangada: Eronning 6 toʻlqinli zarbalari ortidan keng koʻlamli urush xavfi kuchaydi

Amerika fuqarolari Nyu-York shahri markazida Amerika harbiy operatsiyalariga qarshi norozilik bildirmoqda. 

Jahon

02.03.2026, 10:18

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi

Eronning oliy rahbari, 86 yoshli oyatulloh Ali Xominaiy 28 fevral kuni Tehrondagi qarorgohiga berilgan zarbalar oqibatida vafot etdi.

Jahon

01.03.2026, 08:32

So‘nggi yangiliklar

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 10:14

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03