Oʻzbekiston va Pokiston strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 fevral kuni Islomobod shahrida Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan tor doirada muzokaralar hamda Oʻzbekiston—Pokiston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishini oʻtkazdi.
Oʻzbekiston
06.02.2026, 12:25
Ulashish:

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, 2025 yil yakunlariga koʻra oʻzaro savdo hajmi qariyb 500 million dollarga yetgan. Bugungi kunda Oʻzbekistonda Pokiston kapitali ishtirokidagi 230 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Ikki mamlakat oʻrtasida aviaqatnovlar soni oshgan, banklararo korrespondentlik munosabatlari izchil mustahkamlanmoqda.
Tomonlar tashrif arafasida oʻtkazilgan siyosiy maslahatlashuvlar va Hukumatlararo komissiya yigʻilishining samarali natijalarini yuqori baholadi. Shuningdek, tashqi ishlar vazirliklari Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasining birinchi yigʻilishini yaqin kunlarda Toshkentda oʻtkazish zarurligi taʼkidlandi.

Iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish rejalari
Ishbilarmon doiralar oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston—Pokiston Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Yaqin istiqbolda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qoʻyildi. Shu doirada Imtiyozli savdo bitimiga kiritilgan mahsulotlar turini kengaytirish, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun fitosanitariya ruxsatnomalari roʻyxatini oshirish hamda Lahor va Karachidagi Oʻzbekiston savdo uylari faoliyatidan keng foydalanishga kelishib olindi.
Tashrifga tayyorgarlik jarayonida qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika, geologiya, farmatsevtika, yengil sanoat, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kabi sohalarda 3,5 milliard dollarlik loyihalar portfeli shakllantirildi.
Transport, hududlararo va madaniy aloqalar
Transport va logistika sohasida hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Transafgʻon temir yoʻli loyihasini jadallashtirish hamda «Pokiston—Xitoy—Qirgʻiziston—Oʻzbekiston» transport yoʻlagini rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.
Hududlar oʻrtasidagi hamkorlik iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning asosiy drayverlaridan biri sifatida belgilandi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston—Pokiston hududlararo forumini tashkil etish va uning birinchi yigʻilishini joriy yilda Xorazm viloyatida oʻtkazish taklif etildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Boburiylar merosini targʻib qilish maqsadida Lahor shahrida qoʻshma madaniyat markazini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Imzolangan hujjatlar
Uchrashuv yakunida davlat rahbarlari Qoʻshma deklaratsiyani imzoladi. Shuningdek, ular ishtirokida keng qamrovli hujjatlar toʻplami almashildi.
Jumladan, Oʻzbekiston—Pokiston Ekspertlar kengashini tuzish, port xizmatlari, konchilik va geologiya, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika mahsulotlarini nazorat qilish, toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati, raqamli texnologiyalar, madaniyat va sport, ekologiya, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik hamda tabiiy ofatlarning oldini olish sohalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar imzolandi.
Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, mahbuslarni topshirish, Buyuk Boburiylar sulolasi merosini saqlash va targʻib qilish, hududiy va taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikka oid qator kelishuvlar qabul qilindi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarni boshqarish, mudofaa vazirliklari oʻrtasida yoʻl xaritasi, Imtiyozli savdo bitimiga yangi tovarlar kiritish hamda Oʻzbekistondan Pokistonga olma, anjir, limon va achchiq qalampir eksporti uchun fitosanitariya talablari toʻgʻrisidagi protokollar imzolandi.
Oʻzbekiston
06.02.2026, 12:25
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56
So‘nggi yangiliklar

Tramp Eronga yangi rahbar tanlovi haqida bayonot berdi
Jahon
06.03.2026, 16:56

Eron nega Ozarbayjonni nishonga oldi?
Jahon
06.03.2026, 16:44

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Oʻzbekistonda kambagʻallik chegarasi 715 ming soʻm etib belgilandi
Oʻzbekiston
06.03.2026, 11:20

Braziliyalik futbolchi Rodrigo uzoq muddatli jarohat oldi.
Sport
06.03.2026, 10:12

Yoʻl-transport hodisalari: dunyo va Oʻzbekistondagi vaziyat
Oʻzbekiston
06.03.2026, 09:24

Xosilbek Eshnazarov oilasiga poytaxtdan 3 xonali kvartira topshirildi
Oʻzbekiston
06.03.2026, 07:38

Myunxen Olimpiadasi: sport tarixidagi qora kun
Sport
05.03.2026, 14:47

Minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi
Oʻzbekiston
05.03.2026, 12:56

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?
Iqtisodiyot
05.03.2026, 11:01

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?
Jahon
05.03.2026, 09:23

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda
Iqtisodiyot
04.03.2026, 16:47
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56
