updated: 22.03.2026, 08:38

Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegara hududlari infratuzilmasi rivojlantiriladi

Muzokaralar davomida bojxona tartibotlarini soddalashtirish va yana bir qator masalalar koʻrib chiqildi.

Ulashish:

Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegara hududlari infratuzilmasi rivojlantiriladi

Oʻzbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozogʻiston Moliya vazirligi qoshidagi Davlat daromadlari qoʻmitasi raisi Jandos Duysembiyev bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat avvalida Jandos Duysembiyev Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi izchil surʼatlarda rivojlanayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlarning ijobiy dinamikasini taʼkidladi.

Muzokaralar davomida bojxona tartibotlarini soddalashtirish, bojxona axborot tizimlarini uygʻunlashtirish, zamonaviy logistika markazlarini qurish, shuningdek, yuk tashish va yetkazib berishda vaqt hamda moddiy xarajatlarni kamaytirish uchun chegara oʻtish punktlarini modernizatsiya qilish masalalari koʻrib chiqildi.

Gʻishtkoʻprik (Oʻzbekiston) – Jibek Joli (Qozogʻiston) va Davut-ota (Oʻzbekiston) – Tajen (Qozogʻiston) asosiy chegara oʻtkazish punktlarida taʼmirlash ishlarini tezlashtirish orqali savdo hajmini va turizm koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Sirdaryo viloyati hududida tashkil etilayotgan Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi yaqinida joylashgan Sirdaryo – Atameken chegara oʻtkazish punkti infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar meva-sabzavot va boshqa tez buziladigan yuklarni tashishda qulayliklar yaratish, ularning tezkor harakatlanishini taʼminlash maqsadida "yashil yoʻlak" tizimini joriy etish istiqbollarini muhokama qildilar.

Boʻlib oʻtgan uchrashuv Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, logistika va transchegaraviy hamkorlikni kengaytirish, ikki davlat oʻrtasidagi tovar aylanmasi va transport-tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Oʻzbekiston

06.08.2025, 15:23

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

Pokiston va Afgʻoniston mojarosi urushga aylandi

Toʻqnashuvlar olti viloyatni qamrab olgan. Tomonlar artilleriya va pulemyotlardan foydalanmoqda, quruqlikdagi boʻlinmalar esa bir-birining hududiga kirgani aytilmoqda.

Jahon

27.02.2026, 15:35

Qozogʻistonda osh markazida portlash: 7 kishi halok boʻldi

Qozogʻistonning Oqmoʻla viloyatida 27 fevralga oʻtar kechasi osh markazida gaz portlashi sodir boʻldi. Oqibatda 7 kishi halok boʻldi. 

Jahon

27.02.2026, 12:22

Qozogʻistonda ayollar uchun ish vaqti qisqarishi mumkin

Qozogʻistonda parlament deputatlari bolalar, kasal yoki keksa qarindoshlariga qarayotgan ayollar uchun ish soatini qisqartirish taklifini ilgari surdi. Qozogʻistonda ayollar har kuni oʻrtacha 480 daqiqa ish vaqtini, qoʻshimcha ravishda esa 246 daqiqa uy yumushlari va qarindoshlarga gʻamxoʻrlik qilishga sarflayapti.

Jahon

20.11.2025, 15:03

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda

Qoʻshni Qozogʻistonda 2026 yil uchun diniy bayramlar taqvimi tasdiqlandi. Unda Ramazon, Qadr kechasi, Ramazon hayiti va Qurbon hayiti kunlari aks etgan.

Madaniy

11.11.2025, 09:23

Qozogʻiston "Ibrohim kelishuvlari"ga qoʻshilmoqchi

Oq uyda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatning asosiy mavzusi Qozogʻistonning «Ibrohim kelishuvlari»ga qoʻshilish niyati boʻldi. Toqayevning taʼkidlashicha, ushbu qaror mamlakatning xalqaro tinchlik va muloqotni rivojlantirish, BMT Nizomi asosida xalqaro huquqni qoʻllab-quvvatlashga boʻlgan intilishini koʻrsatadi.

Siyosat

07.11.2025, 11:25

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45