updated: 22.03.2026, 18:33

Oʻzbekiston va Yaponiya "yashil" iqtisodiyot va texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Yapon kompaniyalari  onlayn biznes muloqot davomida Oʻzbekistonda “yashil” texnologiyalar va innovatsion startaplarga investitsiya kiritishdan manfaatdor ekanini bildirdilar. 

Ulashish:

Oʻzbekiston va Yaponiya "yashil" iqtisodiyot va texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Yaponiyaning MDH mamlakatlari va Rossiya bilan savdoni rivojlantirish uyushmasi hamkorligida "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha onlayn biznes muloqot oʻtkazildi.

Tadbirda Yaponiyaning Sojitz Corporation, Toyota Tsusho Corporation, Mitsubishi Corporation, Nippon Steel Engineering, Fuji Electric, Mizuho Bank kabi 50 dan ortiq yirik kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, karbon chiqindilarini kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya, chiqindilarni qayta ishlash va zamonaviy shahar muhitini barpo etish kabi yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yapon kompaniyalari Oʻzbekistonda “yashil” texnologiyalar va innovatsion startaplarga investitsiya kiritishdan manfaatdor ekanini bildirdilar. Oʻz navbatida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent davlat texnika universiteti yosh olimlari sanoat ehtiyojlari uchun elektrotexnika mahsulotlarini qayta ishlash asosida kumush nanozarrachalar olish boʻyicha startap loyihalari va innovatsion ishlanmalarini hamda plastik chiqindilarni qayta ishlash asosida yoʻl qoplamalarini olish boʻyicha innovatsion ishlanmalarini taqdim etdilar.

Tomonlar yaqin kelajakda qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish va Yaponiya biznesining “yashil” loyihalarga kirib kelishini yanada qoʻllab-quvvatlashga kelishib oldilar.

Oʻzbekiston

16.09.2025, 17:44

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48

Yaponiyada kuchli boʻron oqibatida 30 kishi halok boʻldi

20 yanvardan boshlab yogʻgan yomgʻir va qor oqibatida 100dan ortiq odamlar jabrlandi. Qariyb ikki metrli qor toʻplamini tozalashda hukumatning himoya kuchlari yordam bermoqda.

Jahon

04.02.2026, 15:26

Tramp Yaponiya bayrogʻi yonida qotib qoldi, Oq uy uning sogʻligi haqida bayonot berdi

Yaponiyaga rasmiy tashrif bilan kelgan  AQSh Prezidenti Donald Tramp kutilmagan harakati bilan hammani hayratda qoldirdi. Kutib olish marosimi paytida ikki mamlakat bayroqlari oldida toʻxtab, taʼzim qilishi kerak boʻlgan Tramp bir muddat joyida qotib qoldi va yoʻlida davom etdi.

Jahon

28.10.2025, 16:09

Oʻzbekiston Osakadagi butunjahon koʻrgazmasida oltin medalni qoʻlga kiritdi

Yaponiyaning Osaka shahrida boʻlib oʻtayotgan EKSPO butunjahon koʻrgazmasida Oʻzbekiston paviloni “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oltin medalga sazovor boʻldi.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 12:45

Yaponiya bosh vaziri isteʼfoga chiqishga qaror qildi

Saylovdagi magʻlubiyat ortidan partiya ichida Ishibaning isteʼfosini talab qiluvchi chaqiriqlar kuchaydi.

Jahon

23.07.2025, 12:04

Yaponiya Bosh vaziri Oʻzbekistonga kelmaydigan boʻldi

Yaponiya Bosh vaziri Oʻzbekistonga kelmaydigan boʻldi

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida yapon orollari yaqinida kuchli zilzila xavfi mavjudligi sababli Markaziy Osiyo davlatlariga safarini bekor qildi. Bu haqda uning oʻzi jurnalistlarga maʼlum qildi, deya xabar bermoqda TACC agentligi.  

Oʻzbekiston

09.08.2024, 11:00

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45