“Davlat budjeti katta zarar ko‘rdi” – Rasul Kusherboyev 186 mlrd so‘mlik jinoyat ishi haqida gapirdi
Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunov 186 milliard so‘mlik budjet mablag‘larini o‘zlashtirish bo‘yicha sudlangan edi. Rasul Kusherboyev mazkur ish oqibatida davlat budjetiga yetkazilgan zarar haqida fikr bildirdi.
Oʻzbekiston
28.09.2026, 11:38
Ulashish:

Bekmurod Abdullayev 2021-yil aprel oyidan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan. U 2025-yil 3-noyabr kuni lavozimidan ozod etilgan. Shundan so‘ng tergov boshlanib, qamoqqa olingan.
Bekmurod Abdullayevga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari hamda 205-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari bilan ayblov qo‘yilgan.
Bekmurod Abdullayev tadbirkor, BA Holding asoschisi va hozirda “O‘zmetkombinat” rahbari bo‘lgan Baxodir Abdullayevning akasi hisoblanadi.
Ayblanuvchilar ichida Rustam Tursunov bo‘lib, u 2017–2018 yillarda Jizzax viloyati IIB boshlig‘i, 2018-yildan Navoiy viloyati IIB boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. 2021 yil fevral oyidan Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i sifatida ish boshlagan, 2025-yil noyabr oyi boshida, Bekmurod Abdullayev bilan bir kunda prezident farmoyishi bilan lavozimidan ozod etilgandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlari davomida 186 mlrd so‘m byudjet mablag‘larining o‘zlashtirilgani aniqlangani hamda bu ish doirasida ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va Jazoni ijro etish departamenti sobiq boshlig‘i Rustam Tursunovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilganini aytgandi.
Aprel oyida Bekmurod Abdullayev ozodlikka chiqqani ma’lum qilindi. U 200 mlrd so‘mdan ortiq zararni naqd pul shaklida to‘lab berganidan so‘ng, unga qo‘llangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi garovga o‘zgartirilgan.
Bekmurod Abdullayev, Rustam Tursunov va yana 28 kishiga oid sud ishi shaxsiy hayotga oid hamda qonun bilan muhofaza etiladigan boshqa ma’lumotlar mavjudligi sababli yozda yopiq tarzda ko‘rildi.
Sudning 11-sentyabrdagi hukmi bilan Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunov oqlangani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Sud jarayoni natijalari haqida esa hozircha rasmiy ma’lumot e’lon qilinmadi.
Qalampir.uz ayblovlar o‘z tasdig‘ini topmagani va ular oqlangani haqida xabar berdi.
Bekmurod Abdullayev yangi lavozimga tayinlandi
Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan general-mayor Bekmurod Abdullayev Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Davlat byudjeti katta zarar ko‘rdi - Rasul Kusherboyev
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining maslahatchisi, jamoatchilik faoli Rasul Kusherboyevning fikricha, ayblanuvchilarga qo‘yilgan zarar summasi juda katta – 186 mlrd so‘m ekanligi avval boshdan unda shubha uyg‘otgan.
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, oqlangan yoki jinoyat ishi reabilitatsiya qiluvchi asoslar bilan tugatilgan shaxsga qonunga xilof jinoiy ta’qib oqibatida yetkazilgan mulkiy ziyon to‘liq qoplanadi. JPKning 304-moddasiga ko‘ra, bunga yo‘qotilgan ish haqi, mol-mulk qiymati, sud va yuridik yordam xarajatlari kiradi. Ushbu moddiy zarar davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, ma’naviy zarar uchun ham kompensatsiya talab qilish mumkin.
“Ular haqida yolg‘on ma’lumotlarni tayyorlagan odamlar byudjetga, xalq to‘lagan soliq hisobidan yig‘ilgan g‘aznaga juda katta zarar yetkazishdi”, – dedi Rasul Kusherboyev.
Bunday katta ayblov uyushtiruvchilar jazolanishi yoki jazolanmasligi esa so‘roq ostida.
Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunovlar o‘rniga yangi tayinlovlar allaqachon amalga oshirib bo‘lingan.
Mavzuga oid yangiliklar

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Rossiyada migrantlar geolokatsiyasi kuzatilishi uchun maxsus smartfon sotib olishga majburlanishi mumkin
Jahon
16.07.2026, 10:52

Boʻzsuvdagi holat yuzasidan 1,5 mlrd soʻmlik kompensatsiya toʻlovi belgilandi
Oʻzbekiston
30.09.2025, 17:10

"Kvadrober"larning ota-onalari jarimaga tortiladi — IIV
Oʻzbekiston
14.10.2024, 11:41

Qachongacha Oʻzbekiston bolalari yoʻllarda o'lishda davom etadi?! — Rasul Kusherboyev
Oʻzbekiston
30.09.2024, 17:16
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim
07.09.2026, 10:52

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 11:24

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 09:25

Qozog'istonga kirish pullik bo'ladi
Iqtisodiyot
02.09.2026, 10:46
So'nggi yangiliklar

Kaspiydagi fojiadan soʻng Qozogʻiston mudofaa vaziri ishdan olindi
Jahon
28.09.2026, 11:10

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

Qozogʻistonda dengizda oqib ketgan soʻnggi askarlar jasadi topildi
Jahon
26.09.2026, 13:30

Toshkentda Yevropa Ittifoqining 30-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan ikkita tadbiriga jurnalistlar taklif etilmoqda
Oʻzbekiston
26.09.2026, 10:08

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36

«Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash şarmandalik»: Ukraina rasmiylari munosabati
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:48

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Alişer Usmonov sanksiyalar röyxatidan çiqarildi
Siyosat
24.09.2026, 14:07

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Hindiston maktablar atrofida fastfud savdosini cheklamoqchi
Jahon
24.09.2026, 11:32

“Bizga har bir davlatning ovozi eşitiladigan BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva
Oʻzbekiston
24.09.2026, 11:29

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»
Jahon
24.09.2026, 10:26

Elektron ruxsatnomasiz maşinani jarima maydonçasidan çiqariş taqiqlanadi
Oʻzbekiston
23.09.2026, 17:32

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Oʻzbekiston
23.09.2026, 12:23

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi
Iqtisodiyot
23.09.2026, 11:52

AQSh Eron aviakompaniyalarini butun dunyoda cheklay oladimi?
Jahon
23.09.2026, 11:33

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi
Jahon
23.09.2026, 10:20

AQShning F-16 qiruvchi samolyoti Germaniyadagi aviabazada halokatga uchradi
Jahon
23.09.2026, 09:55
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim
07.09.2026, 10:52

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 11:24

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 09:25

Qozog'istonga kirish pullik bo'ladi
Iqtisodiyot
02.09.2026, 10:46
