Keksalarni firibgarlardan himoya qilish zarur
Firibgarlikning eng keng tarqalgan usullaridan biri bank xodimi nomidan qoʻngʻiroq qilishdir.
Oʻzbekiston
29.08.2025, 14:36
Ulashish:

Keksa yoshdagi fuqarolarni aldashga qaratilgan firibgarliklar hozirgi kunda juda keng tarqalgan hodisaga aylanib, jabrlanuvchilarga jiddiy moliyaviy zarar yetkazmoqda. Tovlamachilar asosan keksa yoshdagi odamlarni nishonga olishadi. Chunki ular koʻpincha elektron amaliyotni yaxshi bilmaydilar va ishonchli tabiatga ega.
Xoʻsh, bu holatda ularni qanday himoyalash kerak? Bu borada TDYuU kiberhuquq kafedrasi katta oʻqituvchisi Madinabonu Yoqubova quyidagicha tushuntirish berdi.
– Firibgarlikning eng keng tarqalgan usullaridan biri bank xodimi nomidan qoʻngʻiroq qilishdir. Jumladan, asosan firibgarlar bank ishchisi deb oʻzlarini tanishtirib, "xavfsizlik xizmati" yoki "texnik xizmat" vakili ekanliklarini aytadilar. Ular "kartangizda shubhali harakatlar aniqlandi" yoki "kartangizni bloklash kerak" kabi bahonalarni keltirib, karta rekvizitlarini soʻraydilar.
"Farzandingiz yoki nabirangizda muammo boʻldi" degan qoʻngʻiroqlar orqali darhol pul oʻtkazishni talab qiladilar. Internet orqali aldash usulida yolgʻon veb-saytlar yaratib, bank sahifasining nusxasini tuzadilar va u yerda karta maʼlumotlarini kiritishni talab qiladilar. Bankomat yaqinida turgan tovlamachilar "texnik ishchi" sifatida oʻzlarini tanishtirib, kartani "tekshirish" uchun olib, maxfiy raqamni soʻraydilar.
Jabrlanuvchilarning asosiy xatolari shundan iboratki, ular telefon orqali karta maʼlumotlarini berishadi, notanish veb-saytlarda shaxsiy maʼlumotlarni kiritadi, bankomat yaqinida notanish odamlarga ishonadilar va maxfiy PIN-kodni boshqalarga aytishadi. Koʻp holatlarda jabrlanuvchilar vahima holatida tushunmay turib qarorlar qabul qiladilar. Shuningdek, keksa yoshdagi odamlar aldovchilarning taʼsiri ostida qolishga moyil boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasiga koʻra, firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki mulkka boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish jiddiy jazoga tortiladi.
Tovlamachilar sodir etgan harakatlar jinoyat sifatida kvalifikatsiyalanadi va ularga nisbatan Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllaniladi. Agar tovlamachilik axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, jazo yanada ogʻirlashtiriladi. Jinoyat kodeksining 168-moddasi turli qismlarida yetkazilgan zarar miqdoriga qarab turlicha jazolar belgilangan.
Keksa yoshdagi kishilarni himoyalash uchun eng muhim qoidalar quyidagilardan iborat. Hech qachon telefon orqali karta rekvizitlarini, PIN-kodni yoki SMS-kodni hech kimga aytmang, hatto bank xodimi deb oʻzini tanishtirgan shaxsga ham. Banklar hech qachon telefon orqali maxfiy maʼlumotlarni soʻramaydi. Agar bank nomidan qoʻngʻiroq kelsa, suhbatni tugating va bankka rasmiy raqam orqali qayta qoʻngʻiroq qiling. Notanish veb-saytlarda karta maʼlumotlarini kiritmang va faqat rasmiy bank sahifalaridan foydalaning. Bankomat ishlatayotganda atrofingizga diqqat qiling va notanish odamlardan "yordam"ni rad eting. Agar qarindoshlaringizda muammo boʻldi degan qoʻngʻiroq kelsa, avval shu qarindoshlarga bevosita qoʻngʻiroq qilib, holatni aniqlang.
Agar oilada keksa yoshdagi odamlar boʻlsa, ularga ushbu mavzuda muntazam ravishda tushuntirish berish zarur. Ularga tovlamachilarning asosiy usullarini tushuntirib, hech qanday shoshilinch qarorlar qabul qilmaslikni oʻrgatish maqsadga muvofiq. Shubhali vaziyatda darhol yaqin qarindoshlari yoki bankka murojaat qilishlari kerak. Keksa yoshdagi odamlarga internetdan xavfsiz foydalanish qoidalarini oʻrgatish va ular bilan muntazam muloqot qilish talab etiladi.
Oʻzbekiston
29.08.2025, 14:36
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Onlayn kredit firibgarligiga uchragan fuqarolardan qarz undirish toʻxtatiladi
Iqtisodiyot
21.01.2026, 12:06

Yurist ogohlantiradi: koʻpchilik uy xaridida aynan shartnomada “tuzoq”lar borligini payqamaydi
Oʻzbekiston
12.12.2025, 11:39

Oʻzbekistonda soxta raqamlar orqali qilinayotgan qoʻngʻiroqlar avtomatik bloklanadi
Fan-texnologiya
22.10.2025, 16:44

Qoraqalpogʻiston va Qashqadaryoda ishga joylashtirib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi
Oʻzbekiston
10.09.2025, 16:48

Germaniya banki Oʻzbekistondagi loyihalarni moliyalashtirish hajmini kengaytiradi
Iqtisodiyot
27.08.2025, 09:02

Bankdan 90 ming dollarni talon-toroj qilganlar qoʻlga olindi – poytaxt IIBB
Oʻzbekiston
03.07.2025, 16:34
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27
So'nggi yangiliklar

Moliyaviy xizmatlar sohasida 22,4 foizlik o‘sish qayd etildi
Iqtisodiyot
11.05.2026, 16:08

Hindiston bosh vaziri masofaviy ishlashga qaytishni taklif qildi
Jahon
11.05.2026, 15:40

O‘zbek qizi malay tili bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Ta'lim
11.05.2026, 14:01

Qiymati 50 mln dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tadi
Iqtisodiyot
11.05.2026, 12:55

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06

Nega “Pivo o‘lkasi”da ichkilik darajasi pasayib ketdi?
Jahon
08.05.2026, 17:11

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz Markaziy Osiyoni logistika markaziga aylantirishi mumkin
Jahon
07.05.2026, 13:30

O‘zbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Iqtisodiyot
07.05.2026, 12:06

Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida
Jahon
06.05.2026, 17:11

FIFA rahbari Infantino jahon chempionati chiptalari narxini himoya qildi
Sport
06.05.2026, 16:09

Yilning birinchi choragida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 18 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
06.05.2026, 14:58

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida Ukrainaning biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Oʻzbekiston
06.05.2026, 14:20

Sobiq birinchi xonimning qamoq muddatini uzaytirgan janubiy koreyalik sudya o‘lik holda topildi
Jahon
06.05.2026, 13:51

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatini Xitoy va Hindiston ko‘rolmasligi mumkin
Sport
05.05.2026, 15:59

Trampning “Ozodlik loyihasi” – bu boshi berk ko‘cha loyihasidir - Abbos Aroqchi
Jahon
05.05.2026, 13:24

Rossiya 9-mayga “jiddiy bo‘lmagan” sulh e’lon qildi
Jahon
05.05.2026, 11:20

Osiyo taraqqiyot banki: 2025-yilda moliyalashtirish hajmi 44 milliard dollarga yetdi
Oʻzbekiston
04.05.2026, 16:40

Niderlandiyaga qarashli kemada xantavirus tarqaldi
Jahon
04.05.2026, 15:06
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27
