Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan. Aslida nima bölgan?
Jahon
02.11.2026, 11:04
Ulashish:

Jaypur şahrida yaşovçi 22 yoşli muhandis döstlaridan olgan qarzini qaytariş uçun oilasini aldaşga urindi. U sun’iy intellekt yordamida özini garovda va şifoxonada aks ettiruvçi soxta tasvirlar tayyorlab, yaqinlaridan tovon puli talab qilgan.
Hindistonning Rajastan ştati Jaypur şahrida 22 yoşli muhandis Dipak Mali özining öğirlangani haqida yolğon xabar tarqatib, oilasidan pul undirişga uringan. U voqeani işonarli körsatiş uçun sun’iy intellekt (AI) yordamida soxta foto va videolar yaratgan.

The Times of India naşrining politsiya ma’lumotlariga tayanib xabar berişiça, yigit qarindoşlariga yuborgan tasvirlarda özini garovda uşlab turilgan, qiynoqqa solingan va şifoxonaga yotqizilgan holatda körsatgan. Şuningdek, u göyoki öğirlab ketganlar tovon puli tölanmagunça uni ozod qilmasligini aytgan.
Sakkizta şaharda qidiruv olib borilgan
Yigitning qarindoşlari uning öğirlab ketilgani haqida politsiyaga murojaat qilgan. Şundan söng Jaypur şahridagi Bxankrota politsiya bölimi xodimlari tergov boşlagan.
Politsiya ma’lumotlariga köra, tergovçilar uning harakat yönalişini aniqlaş uçun sakkizta şahardagi videokuzatuv kameralarini tekşirgan. Jaypur, Matxura, Ujayn, Dehli, Haldvani, Naynital, Haridvar va Rişikeş şaharlaridagi qariyb 200 ta kamera yozuvi örganilgan.
Qidiruv natijasida Dipak Rişikeş şahridagi Lakşman Jula köprigi yaqinidan topilgan. Politsiya uning telefoni va WhatsApp yozişmalarini tekşirgaç, öğirlaniş haqidagi voqea töliq soxtalaştirilganini aniqlagan.
Qarzini qaytariş uçun yolğon reja tuzgan
Tergov davomida yigitning bu harakatiga sabab bölgan moliyaviy muammo ham aniqlangan. Politsiya ma’lumotiga köra, Dipak şaxsiy xarajatlari va köngilxuşligi uçun döstlaridan qarz olgan, biroq uni qaytara olmagan.
Şundan söng u qarzlarini yopiş uçun oilasidan pul oliş rejasini tuzgan. Yigit sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan soxta foto va videolar orqali özining öğirlanganiga yaqinlarini işontirişga uringan.
The Times of India naşriga Bxankrota politsiya bölimi boşliği Dipak Tyagi ma’lum qilişiça, yigit dastlab tanasiga şprits sançilayotgandek va oğriqdan qiynalayotgandek körinadigan soxta video yaratgan. Keyinçalik şu kabi boşqa tasvir va videolarni ham tayyorlab, qarindoşlariga yuborgan.
Politsiya tekşiruvi natijasida yigitning öğirlanişi haqidagi xabar yolğon ekani aniqlangan.
Jahon
02.11.2026, 11:04
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

AI insoniyatni 2030-yilgacha yo‘q qilishi mumkinmi?
Fan-texnologiya
10.09.2026, 10:30

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Eng norozi avlod
Madaniy
12.10.2026, 10:05

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
