Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 13:21

Oʻzbekistonda oilaviy zoʻravonlikka doir qancha ish sudda koʻrilgani aytildi

Oʻzbekistonda oilaviy (maishiy) zoʻravonlik holatlaridan qanchasi sudda koʻrib chiqilgani hamda taraflarga qanday jazolar berilgani boʻyicha "Sukut saqlama" ("NeMolchi.uz") loyihasi oʻzining olib borgan tadqiqotini eʼlon qildi. Mazkur oʻrganish Oʻzbekiston Oliy sudi tomonidan internetda eʼlon qilingan sud qarorlarining ochiq bazasiga tayangan holda amalga oshirilgan.

Ulashish:

Oʻzbekistonda oilaviy zoʻravonlikka doir qancha ish sudda koʻrilgani aytildi

Oʻzbekistonda oilaviy zoʻravonlikka doir qancha ish sudda koʻrilgani aytildi

Tadqiqotga koʻra, 2023 yil aprel oyining ikkinchi yarmidan hozirga qadar Respublika boʻylab oilaviy (maishiy) zoʻravonlik holatlariga aloqador 413 ta ish koʻrib chiqilgan. Shulardan eng koʻpi Fargʻona (117 ta), Toshkent (75 ta), Namangan (46 ta) viloyatlariga toʻgʻri kelsa, eng kami Navoiy (7 ta), Jizzax (6 ta) hamda Xorazm (6 ta) viloyatlarida qayd etilgan. 

"Aholi soni boʻyicha maʼlumotlar meʼyorga solinganida 500 000 kishi orasida eng koʻp holatlar qayd etilgan hududlar Fargʻona viloyati (15,14 ta ish) va Toshkent viloyati (13,09 ta ish) ekanligini koʻrish mumkin. Biroq ushbu raqamlar asosida oilaviy (maishiy) zoʻravonlik eng koʻp tarqalgan hududlar sifatida Fargʻona va Toshkent viloyatlarini belgilash toʻgʻri boʻlmaydi. Bu muammo haqida xabardorlik, huquqiy koʻmakdan foydalanish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining ish tartibi, hududlarda vakolatli organlarning mavjudligi va boshqa omillarga bogʻliq", deyiladi tadqiqot matnida.

Sudda koʻrib chiqilgan 413 ta ishdan 165 tasida jazo tayinlangan. Sudlanuvchilardan 55 nafari axloq tuzatish ishlariga, 51 nafariga ozodlikdan cheklash, 42 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 9 nafariga shartli jazo, 5 nafariga jarima, 1 nafariga jamoat ishlariga hukm qilingan. 

Axloq tuzatish ishlari jazosi qoʻllanilgan 55 nafar fuqaroning jazoni oʻtash oʻrtacha muddati taxminan 1,67 yilni (1 yil 8 oy) tashkil qilgan. Ozodlikni cheklash jazosi qoʻllanilgan 50 ta qonunbuzarning jazoni oʻtash oʻrtacha muddati taxminan 2,51 yil (2 yil 6 oy) boʻlgan. 

Shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilgan 42 ta jinoyatchining jazoni oʻtash oʻrtacha muddati taxminan 3,13 yilni (3 yil 1 oy) tashkil qilgan boʻlsa, 9 ta jinoyat ishida shartli hukmga mahkum qilinganlarning jazoni oʻtash oʻrtacha muddati taxminan 2,35 yilni (2 yil 4 oy) keltirib chiqargan.

"Oʻrtacha maʼlumotlardan koʻrinib turibdiki, aksariyat hollarda oilaviy (maishiy) zoʻravonlik ishlari boʻyicha jazolar moddada nazarda tutilgan sanksiyalarning eng quyi chegarasidan boshlab tayinlanadi. Bu jazoni liberallashtirish tamoyilini aks ettiradi, bunda sudlar, hatto ogʻirlashtiruvchi holatlar mavjud boʻlganda ham, shartli qamoq yoki ozodlikni cheklash kabi yengilroq choralarni tanlaydilar. Bunday yondashuv sudlarning oilani saqlab qolish istagidan dalolat berishi mumkin, ammo shu bilan birga, bu zoʻravonlik takrorlanishining oldini olish qanchalik samarali boʻlishi haqidagi savolni tugʻdiradi", deyiladi "NeMolchi.uz" tadqiqotida.

Ushbu tadqiqot Oʻzbekistonda oilaviy (maishiy) zoʻravonlikka oid ishlarda huquqni qoʻllashning amaldagi holatini chuqurroq tushunishga imkon beradi. Sud amaliyoti tahlili bir qator tizimli muammolarni, jumladan, oʻzini oʻzi himoya qilish doirasidagi harakatlarning yetarli darajada malakalanmaganligi, qonun hujjatlari himoyasiga tushadigan shaxslarning cheklangan doirasi, yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni qoʻllashda nomutanosiblik, shuningdek, taraflarni yarashtirishda vaziyatga kompleks baho bermaslik holatlarini aniqlab beradi. 

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs

O‘zbekistonda sel xavfi mavjud 60 ta yirik soy orqali yiliga 690 million kub metr suv samarasiz oqib ketmoqda.

Oʻzbekiston

26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi

Moskvaning ta’kidlashicha, agar Armaniston undan yuz o‘girib, Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashsa, arzon gazdan mahrum bo‘ladi.

Jahon

26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi

Shuningdek, endi tadbirkorlar kredit olish uchun barcha bank takliflarini yagona platformada ko‘ra olishi mumkin. Garovsiz mikrokredit limitini esa 200 million so‘mgacha oshirilish taklif etildi.

Iqtisodiyot

26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin

Toshkent shahar hokimligi va “China Railway Construction Corporation” kompaniyasi rahbariyati Toshkent shahrida qo‘shimcha pulli avtomobil yo‘llari qurish loyihalarini muhokama qilishdi.

Oʻzbekiston

26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati ayrim toifadagi talabalar va abituriyentlar uchun 10-iyunga qadar uzaytirildi 

Ta'lim

25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”

Joriy yilning 26-may — 1-iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi.

Oʻzbekiston

25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi

Dushanba kuni Pokistonda furgon to‘xtab turgan avtobusga urilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi tan jarohati oldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Hayit arafasida uylariga qaytayotgan edi.

Jahon

25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Namangan shahri “Bir oy ichida jamoa tomonidan ekilgan eng ko‘p gul” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritildi.

Madaniy

25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?

Eron AQSh prezidenti Donald Trampning ikki mamlakat o‘rtasidagi muqarrar kelishuv haqidagi so‘nggi so‘zlariga javoban tarixdagi janglarni misol qilib keltirdi.

Jahon

25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi

Loyihaning umumiy qiymati 6,3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.

Jahon

23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi

Juma kuni kechqurun Sinyuan okrugidagi “Lyushenyu” ko‘mir konida gaz portlashi sodir bo‘ldi. 

Jahon

23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. 

Ta'lim

22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

“Sen yahudiylarni o‘ldiraman!” deb baqirgani uchun hibsga olingan, ozodlikka chiqqanidan bir soat o‘tib esa yahudiy maktablarini portlatish bilan tahdid qilgan erkak juma kuni London sudida antisemitizmga asoslangan jinoyatlarini tan olgach, qamoqqa olindi.

Jahon

22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda

Hozirga qadar kasallikning tarqalishi natijasida gumon qilingan 670 ta holatdan 160 tasi o‘lim bilan yakunlandi.

Jahon

22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi uch yillik urush davomida 8 000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. 

Jahon

22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

O‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ilk ko‘rgazmasi Smitson institutida namoyish etilmoqda. Unda videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Madaniy

22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy

Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi buyrug‘i Donald Tramp hafsalasini pir qilishi va AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarini boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.

Jahon

21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsizlikka rioya qilgan holda soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish kabi holatlar man etilgan.

Ta'lim

21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi

Mazkur kitob Rui Gonsales de Klavixo  yozgan mashhur o‘rta asr xronikasi – “Temur huzuriga elchilik” asari asosida yaratilgan. 

Madaniy

21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti

Oq uy Tayvanga qurol-yarog‘ sotish masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytda, chorshanba kuni Tramp jurnalistlarga Tayvan prezidenti Lay Ching-te bilan gaplashishini ma’lum qildi.

Jahon

21.05.2026, 14:01

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →