Oʻzbekistonda paqildoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi
Oʻzbekistonda pirotexnika buyumlari xavflik darajasiga koʻra 5 ta toifaga boʻlinmoqda. Qonunga koʻra, I toifaga kiruvchi, xavfli hudud radiusi 0,5 metrdan oshmaydigan pirotexnika buyumlari erkin muomalada boʻladi. Qolgan toifadagi pirotexnika vositalari muomalasi taqiqlanmoqda.
Oʻzbekiston
01.11.2025, 15:12
Ulashish:
1 noyabr kuni Senatning oʻn birinchi yalpi majlisida «Pirotexnika buyumlarining muomalasi toʻgʻrisida»gi qonun koʻrib chiqildi.
Qonun quyi palatada 15 iyul kuni birinchi oʻqishda, 29 iyul kuni esa ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qilingandi.
Muhokama qilinayotgan qonun bilan pirotexnika buyumlari tushunchasi ochib berilib, pirotexnik tarkibning yonishi (portlashi) yordamida optik, akustik, elektr va boshqa vizual effektlarni hosil qilish uchun moʻljallangan qurilmalar pirotexnika buyumlari toifasiga kirishi, pirotexnika buyumlari ularning xavflilik zonasi, shu jumladan atrofdagi fazoning zararlanish darajasidan kelib chiqib, xavflilikning I — V sinflariga boʻlinishi belgilanmoqda.
Pirotexnika buyumlarining erkin va cheklangan muomalasi belgilab qoʻyilmoqda. Jumladan, qonun bilan xavflilikning I toifasiga kiruvchi pirotexnika vositalari, yaʼni bengal mayoqchalari, stol fontanlari, xlopushka kabi xavfli hudud radiusi 0,5 metrdan oshmaydigan pirotexnika buyumlari erkin muomalada boʻlishi aniq qayd etilmoqda.
Yaʼni, mazkur toifaga kiruvchi pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, ularni saqlash, foydalanish va boshqa turdagi harakatlar uchun hech qanday taqiq boʻlmaydi.
Xavflilikning II toifasiga kiruvchi pirotexnika vositalari, yaʼni petardalar, ochiq maydonlarda foydalanishga moʻljallangan pirotexnik fontanlar kabi xavfli hudud radiusi 5 metrgacha boʻlgan pirotexnika buyumlari fuqarolar va jamoat xavfsizligiga yuqori xavf manbai hisoblanishi sababli, ularning muomalasi fuqarolar va yuridik shaxslar uchun toʻliq taqiqlanishi belgilanmoqda.
Xavflilikning II — V sinflariga kiruvchi pirotexnika buyumlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish, tayyorlash, Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tashish, joʻnatish, oʻtkazish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish taqiqlanmoqda. Biroq davlat ishtirokidagi mudofaa sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarishga, tayyorlashga, saqlashga, tashishga va oʻtkazishga ruxsat berilmoqda.
Maʼlumot uchun:
- xavflilikning III toifasiga — xavfli hudud radiusi 20 metrdan oshmaydigan pirotexnik sharlar, mushakbozlik batareyalari kabi qurilmalar;
- xavflilikning IV toifasiga — xavfli hudud radiusi 20 metrdan yuqori boʻlgan park feyerverklari, balandlikda foydalaniladigan feyerverklar va boshqalar;
- xavflilikning V toifasiga kiruvchi pirotexnika buyumlari gidrometeorologik, qutqaruv va boshqa maxsus maqsadlarga moʻljallangan buyumlar, jumladan, raketalar, signal mashʼallari, temir yoʻl petardalari kiradi.
Xavflilikning III — V sinflariga kiruvchi pirotexnika buyumlarini mushakbozlik tashkil etilishi belgilangan ommaviy tadbirlar oʻtkazish maqsadida, xavflilikning II — V sinflariga kiruvchi pirotexnika buyumlarini sanoat va harbiy maqsadlarda Oʻzbekiston hududiga olib kirishga, tashishga, saqlashga va ulardan foydalanishga ruxsat berilishi belgilanmoqda.
Pirotexnika buyumlarining mushakbozlik tashkil etilishi belgilangan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish maqsadidagi muomalasi aniq belgilab qoʻyilmoqda.
Xususan, xavflilikning III — V sinflariga kiruvchi pirotexnika buyumlarini Oʻzbekiston prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq mushakbozlik tashkil etilishi belgilangan ommaviy tadbirlar oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tashish, saqlash va ulardan foydalanish Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshirilishi, shuningdek, pirotexnika buyumlarini Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilmoqda.
Pirotexnika buyumlarining muomalasi ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi, ichki ishlar va bojxona organlari tomonidan amalga oshirilishi mustahkamlanmoqda.
Shu bilan birga, pirotexnika buyumlarining muomalasi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, Oʻzbekiston hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish, tashish, oʻtkazish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash hamda ularga barham berish, shuningdek, aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirishi belgilanmoqda.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga pirotexnika buyumlaridan noqonuniy foydalanganlik (185−1-modda) uchun belgilangan maʼmuriy jazo chorasi kuchaytirilmoqda. Jumladan, ushbu turdagi qonunbuzarlik uchun amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdordagi jarima jazosi — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 25 baravarigacha oshirilmoqda.
Oltinchidan, muhokama qilinayotgan Qonun bilan «Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida»gi, «Qurol toʻgʻrisida»gi, «Davlat boji toʻgʻrisida»gi va «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi qonunlarga pirotexnika buyumlari muomalasi boʻyicha litsenziya va ruxsatnoma turi bekor qilinayotganligi munosabati bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Qonunchilik palatasida qonun loyihasiga portativ lazer nurlantirgichlarning noqonuniy aylanmasi uchun maʼmuriy javobgarlikni joriy etish taklifi kiritilayotgani aytilgandi. Senatdagi muhokamada ushbu norma haqida gapirilmadi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Oʻzbekiston
01.11.2025, 15:12
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Qoʻqonda 1 milliard 35 million soʻmlik pirotexnika vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi
Oʻzbekiston
01.08.2025, 15:34
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
