Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 08:44

Quvvalantiruvchi ichimliklar “quvvatsiz” qilsa-chi?!

Energetik ichimliklar qisqa muddatda tetiklik va kuch berayotgandek tuyulsa-da, ularning tarkibida inson organizmi uchun zararli boʻlgan moddalar mavjud.

Ulashish:

Quvvalantiruvchi ichimliklar “quvvatsiz” qilsa-chi?!

Soʻnggi yillarda quvvatlantiruvchi ichimliklarga boʻlgan talab sezilarli darajada oshmoqda. Ayniqsa, maktab yoshidagi bolalar va oʻsmirlar orasida bu ichimliklarning isteʼmoli kundan-kunga ortmoqda. Energetik ichimliklar qisqa muddatda tetiklik va kuch berayotgandek tuyulsa-da, ularning tarkibida inson organizmi uchun zararli boʻlgan moddalar mavjud. Shu boisdan, bu mahsulotni 18 yoshdan kichiklarga sotish qatʼiy taqiqlangan boʻlishiga qaramay, bu qoidaga barcha savdo doʻkonlari toʻliq amal qilmayapti. Natijada, yoshlar orasida energetik ichimliklarga qaramlik holatlari keng tarqalmoqda.

Energetik ichimliklar tarkibida kofein, shakar, taurin, B guruhi vitaminlari, oʻsimlik ekstraktlari hamda qoʻshimcha ingrediyentlar mavjud boʻlib, ular organizmga qisqa muddatli energiya beradi. Kofein – bu nerv tizimini qoʻzgʻatuvchi asosiy modda hisoblanib u diqqatni oshiradi va charchoqni kamaytiradi. Lekin koʻp isteʼmol qilinganda uyqusizlik, asabiylashish va yurak urishining tezlashishiga olib kelishi mumkin. Quvvatlantiruvchi ichimliklar tarkibidagi yuqori miqdordagi shakar organizm uchun zararli hisoblanadi. Shuningdek, ushbu ichimlikning yuqori kislotaliligi tish emalini yemirishi va oshqozon shilliq qavatining shikastlanishiga sabab boʻlishi mumkin.

Energetik ichimlikka qaramlik holatlari oʻrta yoshli va keksa insonlarga qaraganda yoshlar orasida juda ommalashgan. Buning asosiy sabablaridan biri kuchli marketing strategiyasi hisoblanadi. Energetik ichimliklar koʻpincha tetiklik, kuch-quvvat va muvaffaqiyat ramzi sifatida koʻrsatiladi, bu esa bolalar va oʻsmirlarni ularni sinab koʻrishga undaydi. Qolaversa, muhit ham katta rol oʻynaydi. Chunki, oʻsmirlar orasida tez-tez quvvatlantiruvchi ichimliklar isteʼmol qilish “avtoritet” vazifasini ham oʻtamoqda.

Quvvatlantiruvchi ichimliklarga qaramlik faqat jismoniy salomatlikka zarar yetkazmaydi, balki ruhiy holatga ham salbiy taʼsir qiladi. Yoshlarda bezovtalik, depressiya va xotira bilan bogʻliq muammolar koʻpayadi. Ularning oʻrganishga boʻlgan qiziqishi pasayadi, ijtimoiy faoliyatlari cheklanadi.

Aslida qonunchilikda energetik ichimliklarni 18 yoshdan kichik shaxslarga sotish qatʼiyan taqiqlangan. Ammo ushbu qoidaga faqatgina yirik-yirik supermarketlar va litsenziyaga ega doʻkonlar amal qilmoqda. Baʼzi sotuvchilar esa ushbu qonunni mensimay, faqatgina iqtisodiy foyda evaziga quvvatlantiruvchi ichimliklarni yosh toifaga qaramay pullashmoqda. 

Aholi orasida quvvatlantiruvchi ichimliklarga boʻlgan qiziqishni pasaytirish va yoshlar orasida ushbu mahsulot sotilishini cheklash doirasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur. Axborot maydonida ushbu mahsulot orqali jinsiy zaiflikka uchrash, yurak qon-tomir kasalliklari, asab tizimi buzilishi, tishdagi emal qatlamining yemirilishi va buyraklarda zaiflik holatlarini keltirib chiqarishi haqida maʼlumotlar kunda bong urmoqda. 

Bu kabi holatlarning oldini olish uchun, avvalo, 18 yoshdan kichiklarga energetik ichimliklarni sotishni qatʼiy taqiqlash va nazoratni kuchaytirish lozim. Har qanday savdo nuqtalari bu qoidalarga qatʼiy rioya qilishi kerak.

Marketing va reklama tizimini tartibga solish va insonni aldashga olib keladigan, ularni energetik ichimliklarga qiziqtiradigan reklama va targʻibotni cheklash kerak.

Qolaversa, aholi orasida energetik ichimliklarning zararli tomonlari haqida batafsil maʼlumot berish, ularning sogʻliq uchun xavflarini tushuntirish muhimdir.

Quvvatlantiruvchi ichimliklarga qaramlik insonlar orasida keng tarqalib borayotgan jiddiy muammo hisoblanadi. Ularning tarkibidagi zararli moddalar organizmga koʻplab nojoʻya taʼsirlar keltirib chiqaradi, ayniqsa, oʻsish davrida boʻlgan bolalar va oʻsmirlarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir qiladi. Shu sababli, bu mahsulotlarni yoshlar uchun cheklash va ular orasida maʼrifat ishlarini kuchaytirish zarur. Jamiyat, ota-onalar, maktablar va davlat organlari birgalikda ishlash orqali yosh avlodning sogʻligini himoya qilish va ularni zararli odatlardan uzoqlashtirish mumkin.

Oʻzbekiston

30.08.2025, 12:35

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati ayrim toifadagi talabalar va abituriyentlar uchun 10-iyunga qadar uzaytirildi 

Ta'lim

25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”

Joriy yilning 26-may — 1-iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi.

Oʻzbekiston

25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi

Dushanba kuni Pokistonda furgon to‘xtab turgan avtobusga urilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi tan jarohati oldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Hayit arafasida uylariga qaytayotgan edi.

Jahon

25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Namangan shahri “Bir oy ichida jamoa tomonidan ekilgan eng ko‘p gul” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritildi.

Madaniy

25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?

Eron AQSh prezidenti Donald Trampning ikki mamlakat o‘rtasidagi muqarrar kelishuv haqidagi so‘nggi so‘zlariga javoban tarixdagi janglarni misol qilib keltirdi.

Jahon

25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi

Loyihaning umumiy qiymati 6,3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.

Jahon

23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi

Juma kuni kechqurun Sinyuan okrugidagi “Lyushenyu” ko‘mir konida gaz portlashi sodir bo‘ldi. 

Jahon

23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. 

Ta'lim

22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

“Sen yahudiylarni o‘ldiraman!” deb baqirgani uchun hibsga olingan, ozodlikka chiqqanidan bir soat o‘tib esa yahudiy maktablarini portlatish bilan tahdid qilgan erkak juma kuni London sudida antisemitizmga asoslangan jinoyatlarini tan olgach, qamoqqa olindi.

Jahon

22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda

Hozirga qadar kasallikning tarqalishi natijasida gumon qilingan 670 ta holatdan 160 tasi o‘lim bilan yakunlandi.

Jahon

22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi uch yillik urush davomida 8 000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. 

Jahon

22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

O‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ilk ko‘rgazmasi Smitson institutida namoyish etilmoqda. Unda videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Madaniy

22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy

Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi buyrug‘i Donald Tramp hafsalasini pir qilishi va AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarini boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.

Jahon

21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsizlikka rioya qilgan holda soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish kabi holatlar man etilgan.

Ta'lim

21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi

Mazkur kitob Rui Gonsales de Klavixo  yozgan mashhur o‘rta asr xronikasi – “Temur huzuriga elchilik” asari asosida yaratilgan. 

Madaniy

21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti

Oq uy Tayvanga qurol-yarog‘ sotish masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytda, chorshanba kuni Tramp jurnalistlarga Tayvan prezidenti Lay Ching-te bilan gaplashishini ma’lum qildi.

Jahon

21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi

1-iyuldan “Yagona davlat nazorati” tizimi ishga tushadi. Endi tadbirkor va mansabdor shaxs o‘rtasidagi muloqotlar nazorat qilinadi. Qoidabuzar tekshiruvchi esa “Insofsiz tekshiruvchilar reyestri”ga kiritiladi.

Oʻzbekiston

21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti

Qisqartirishlardan tashqari, Instagram, Facebook va WhatsApp'ga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi 6000 kishini ishga yollash rejalarini bekor qiladi hamda 7000 nafar xodimni sun’iy intellekt bilan bog‘liq ish jarayonlariga o‘tkazadi.

Iqtisodiyot

21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati

Markaziy Osiyoni ko‘pincha Rossiya imperiyasining xotiralari, Xitoyning ta’sir doirasi, Ipak yo‘li jozibasi yoki gigant davlatlar raqobati kabi tashqi qarashlar prizmasi orqali ko‘rishgan. Endi eski qolip darz ketib, mintaqa o‘z tarixini so‘zlab berishning yangi yo‘llarini kashf etyapti.

Madaniy

20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi

Yangi xalqaro tadqiqotga ko‘ra, juda kam yoki haddan tashqari ko‘p uyqu miya, yurak, o‘pka va immun tizimining qarishini tezlashtirishi hamda bir qator kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Madaniy

20.05.2026, 12:33

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →