Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 17:50

Yoʻllarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish boʻyicha qatʼiy talablar oʻrnatiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisda "Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi. 

Yoʻllarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish boʻyicha qatʼiy talablar oʻrnatiladi

Qonun loyihasi bilan "Avtomobil yoʻllarini rejalashtirish" mexanizmi joriy etilib, yoʻl infratuzilmasini aholi va iqtisodiyotning oʻsib borayotgan ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirish nazarda tutilmoqda. Yoʻllarni loyihalashtirishda aholi fikri va atrof-muhitga taʼsirini inobatga olish hamda piyodalar uchun toʻsiqsiz muhitni yaratish boʻyicha qatʼiy talablar oʻrnatilmoqda.

 

Shuningdek, qonun loyihasiga kommunikatsiya tarmoqlarini qurishda yoʻllarning avvalgi holatini tiklash xarajatlarini qoplash sharti kiritilmoqda. Yoʻllarda katta hajmli va ogʻir vaznli transport vositalarining harakatlanishi tartibga solinmoqda. Ajratilgan va yoʻl boʻyi mintaqalarida xizmat koʻrsatish obʼektlarini joylashtirishga oid talablar belgilanmoqda.

 

Qonun loyihasining yana bir asosiy jihati, bu pulli yoʻllar tarmogʻini barpo etishning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Ushbu yoʻnalishda investorlarga imtiyozlar taqdim etilmoqda.

 

Munozaralar davomida deputatlar qonun loyihasining ahamiyati, ayni chogʻda zaruratiga alohida eʼtibor qaratib, unda nazarda tutilayotgan ayrim normalar boʻyicha bir qator savollarni oʻrtaga tashlashdi. Qonun tashabbuskorlari berilgan barcha savollar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib, bildirilgan ayrim takliflar qonun loyihasini takomillashtirish va maromiga yetkazishda eʼtiborga olinishini qayd etdilar.

 

Ushbu qonun loyihasi sohada davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, yoʻl sifatini yaxshilash orqali mavjud avtomobil yoʻllari tarmogʻini uzoq vaqtgacha soz holda saqlab turish, pulli yoʻllar tarmogʻini barpo etish hamda sohaga investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga qaratilgan.

 

Bahs-munozaralar va savol-javoblardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar rahbarlari Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qilishdi

XIV asr oxirida Amir Temur farmoyishiga binoan barpo etilgan ushbu maqbara bugungi kunda UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Markaziy Osiyodagi oʻrta asr islom meʼmorchiligining eng noyob va muhtasham namunalaridan biri hisoblanadi.

Madaniy

15.05.2026, 16:18

“Eron urushini davom ettirishdan ma’no yo‘q” – Xitoy

Oq uyning ma’lum qilishicha, Tramp va Si Pekindagi muzokaralar chog‘ida Hormuz bo‘g‘ozidagi kema qatnovi yo‘lini ochiq saqlash zarurligi borasida kelishib olgan.

Jahon

15.05.2026, 10:55

Chorvachilikni rivojlantirishda yangi qadam

Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Uning oldiga qoramollar sonini 16,5 milliontaga, qo‘y va echkilar sonini 30 milliontaga, parrandalar sonini 141 milliontaga yetkazish vazifalari qo'yilgan.

Oʻzbekiston

13.05.2026, 17:22

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi

Qaytarilgan artefaktlar Kushon davridan Temuriylargacha bo‘lgan davrlarga oid noyob yodgorliklardan iborat.

Madaniy

13.05.2026, 16:32

Andijon voqealari: 21 yil oldingi qonli kun

2005-yil hibsga olingan andijonlik 23 akramiylar a’zosi deya gumon qilingan shaxslarning yaqinlari va hamkasblari boshlagan namoyishlar pirovardida 13-may kungi qonli voqealariga olib keldi.

Oʻzbekiston

13.05.2026, 14:42

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida kuzatilgan qisqarishdan so‘ng aprel yakunida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1,9 milliard dollarga ko‘payib, jami 70 milliard 891,9 million dollarni tashkil etgan.

Iqtisodiyot

12.05.2026, 15:49

Davomli xantavirus — Infeksiyadan keyingi hayot tashvishlimi?

Ushbu kasallikdan omon qolish to‘liq sog‘ayishni anglatmaydi. Ko‘plab bemorlar xantavirusdan tuzalganidan so‘ng ham COVID kabi uzoq muddatli jismoniy va ruhiy muammolardan aziyat chekmoqda.

Jahon

12.05.2026, 15:09

BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazi tashkil etadi

BAAning “Unison Capital Investment” kompaniyasi respublika bo‘ylab 100 ta to‘liq siklli diagnostika markazlarini tashkil etish rejalarini taqdim etdi.

Oʻzbekiston

12.05.2026, 11:25

Moliyaviy xizmatlar sohasida 22,4 foizlik o‘sish qayd etildi

2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 46,8 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,4 foizga oshgani bilan e’tiborli.

Iqtisodiyot

11.05.2026, 16:08

Hindiston bosh vaziri masofaviy ishlashga qaytishni taklif qildi

Narendra Modi koronavirus pandemiyasi davrida qo'llaniladigan masofaviy ish, virtual uchrashuvlar va videokonferensiyalar amaliyotini qayta joriy etish zarurligini aytdi.

Jahon

11.05.2026, 15:40

O‘zbek qizi malay tili bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi

20 yoshli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Madinabonu Abdullayeva Xalqaro malay tili bo‘yicha Malayziya Bosh vaziri musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.

Ta'lim

11.05.2026, 14:01

Qiymati 50 mln dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tadi

Adliya vazirligi Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Iqtisodiyot

11.05.2026, 12:55

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi

“Samsung Electronics” kompaniyasi Dua Lipa suratidan televizor sotishda ruxsatsiz foydalangan. Xonanda zararni qoplash uchun 15 million dollar talab qilmoqda.

Jahon

11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi

Fransiyalik professor Florent Montakler filologiya bo‘yicha soxta mukofot joriy etganlikda ayblanmoqda. U shuningdek, soxta “Xalqaro filologiya jamiyati”ni tuzgan va amerikalik tilshunos Noam Chomskiyni ham mukofotlagan.

Jahon

09.05.2026, 16:06

Nega “Pivo o‘lkasi”da ichkilik darajasi pasayib ketdi?

Pivo iste’moli bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Chexiyada rekord darajadagi pasayish qayd etildi. Pivo zavodlari xavotirda bo‘lsa-da, mutaxassislar bu o‘zgarishga ijobiy baho bermoqda.

Jahon

08.05.2026, 17:11

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi

Kolumbiyalik xonanda Shakira payshanba kuni 2026-yilgi Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini ommaga namoyish qildi.

Sport

08.05.2026, 10:48

Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz Markaziy Osiyoni logistika markaziga aylantirishi mumkin

Markaziy Osiyo koridorlari dengiz yo‘llariga nisbatan uzunroq va qimmatroq bo‘lsa-da, barqarorlikni ta’minlay oladi. Yo‘lning arzonligi muhim emas. Muhimi – yo‘lning ishonchliligi.

Jahon

07.05.2026, 13:30

O‘zbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Pokiston xalqaro transport aloqalarini rivojlantirish hamda Xunjarob dovoni orqali o‘tuvchi “Pokiston–Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” yo‘lagi bo‘ylab hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. 

Iqtisodiyot

07.05.2026, 12:06

Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida

Qamoqda saqlanayotgan  tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti  sovrindori Narges Muhammadiy yurak xastaligi tufayli og‘ir ahvolda.

Jahon

06.05.2026, 17:11

FIFA rahbari Infantino jahon chempionati chiptalari narxini himoya qildi

Muxlislarning tanqidlari kuchayib borayotgan bir paytda Infantinoning aytishicha, juda baland narxlar Jahon chempionatini tomosha qilishga bo‘lgan talabni aks ettiradi.

Sport

06.05.2026, 16:09

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →