updated: 20.03.2026, 20:44

Yurist ogohlantiradi: koʻpchilik uy xaridida aynan shartnomada “tuzoq”lar borligini payqamaydi

Yangi qurilayotgan uydan kvartira xarid qilishni reja qilayotgan fuqarolarga yuristlar jiddiy ogohlantiruv bilan murojaat qilmoqda. Sababi — ayrim qurilish kompaniyalari tuzadigan shartnomalarda barcha huquq va rыchaglar kompaniya foydasiga yoziladi, xaridor esa deyarli himoyasiz qoladi.

Ulashish:

Yurist ogohlantiradi: koʻpchilik uy xaridida aynan shartnomada “tuzoq”lar borligini payqamaydi

Yurist tomonidan oʻrganilgan navbatdagi shartnomada ham xaridor uchun jiddiy xatarlar qayd etilgan. Quyida ularning asosiylarini keltiramiz.

 

1. Narxning kafolatlanmagani — eng katta tavakkal

Shartnomada qurilish materiallari yoki energiya narxi oʻzgarsa, yoxud texinventarizatsiyada maydon “koʻproq chiqsa”, kompaniya narxni oshirishi mumkinligi yozilgan.
 Bu xaridorni keyinchalik 10–20 mln emas, balki 50–100 mln soʻmgacha qoʻshimcha xarajat qilishga majbur qilishi mumkin.

 

2. Qurilish muddati cheklanmagan — kompaniya deyarli javobgar emas

Qurilish kechiksa, kompaniya turli sabablarni asos qilib muddatni oson uzaytira oladi.
 Xaridor esa kvartira uchun bir necha yil qoʻshimcha kutishga majbur boʻlishi mumkin.

 

3. Toʻlov kechiksa — ogʻir jarimalar, kompaniya bekor qilsa — javobgarlik yoʻq

Shartnomalarda aksar holatda:

  • har kuni uchun 0,5% penya,
  • ikki oy kechiksa, kompaniya shartnomani bir tomonlama bekor qilishi,
  • pulingizni 10–30% kamaytirib qaytarishi kabi bandlar bor.

Biroq kompaniyaning oʻzi shartnomani buzsa,
 deyarli hech qanday javobgarlik koʻzda tutilmagan.

 

4. Kamchilik boʻlsa ham xonani qabul qilishga majbur qilish

Shartnoma boʻyicha xaridor 10 kun ichida xonadonni qabul qilib olishi shart.
U yerda kamchiliklar boʻlsa ham, qurilish hali tugallanmagan boʻlsa ham:
 aks holda “ayb xaridorda” deb yozilgan.

 

5. Pul qanday ishlatilayotgani ustidan nazorat yoʻq

Shartnomada kompaniya pullarni “hech qanday cheklovsiz” ishlatishi mumkinligi qayd etilgan.
Bu mablagʻning boshqa loyihalarga yoʻnaltirilib, aynan siz tanlagan obʼektda qurilish toʻxtab qolishi xavfini kuchaytiradi.

 

Xulosa: uy olishda asosiy xavf — kvartira emas, ShARTNOMA

Yurist taʼkidlashicha, koʻpchilik uyning qavati, raqami yoki kvadrat metriga eʼtibor qiladi, ammo shartnoma bandlari eng muhim joydir.

Chiroyli maketlar, ishonchli reklama va shirin vaʼdalar — hech biri shartnomadagi birgina band qoʻygan xavfni qoplamaydi.

 

Mutaxassis tavsiyasi:

  • Imzo qoʻyishdan oldin har bir satrni ong bilan oʻqing,
  • Nimaga rozi boʻlayotganingizni aniq tushunib oling,
  • Iloji boʻlsa, hujjatni mutaxassis yuristga koʻrsating,
  • Shoshilmang — uy olish katta va uzoq muddatli majburiyat.

“Uy devorlari sizga himoya boʻlishi uchun, shartnoma ham sizga himoya boʻlishi kerak”, deydi mutaxassis.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Diyego Maradonaning “Xudoning qo‘li” to‘pi arzonga – 3,35 million dollarga sotildi

1986-yilgi Jahon chempionatida Argentina-Angliya o‘yinida ishlatilgan Adidas Azteca to‘pi kimoshdi savdosida taxmin qilingan 10 million dollarlik narxiga yeta olmadi.

Sport

25.08.2026, 15:08

Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirmoqchi bo‘ldi – Netanyahu

“Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirishga urindi, shuning uchun xavfsizlik choralari hashamat emas”, – dedi Isroil bosh vaziri.

Jahon

25.08.2026, 14:01

Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari 5 milliontaga yaqinlashdi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining qariyb 93 foizini yengil avtomobillar tashkil etadi.

Oʻzbekiston

24.08.2026, 14:53

AQSH sudi O‘zbekiston fuqarolariga immigratsion vizalar taqiqini bekor qildi

Nyu-York federal sudi AQSH Davlat departamentining 75 davlat fuqarolariga immigratsion vizalar berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topdi. Qaror O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolariga ham daxl qiladi.

Siyosat

24.08.2026, 09:36

Rossiyaning Ukrainaga oxirgi hujumlari oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 130 kishi jarohatlandi

“Bunday hujumlar terrorchilik harakatlaridan boshqa narsa emas. Biz albatta javob qaytaramiz”, — dedi Zelenskiy.

Jahon

22.08.2026, 10:47

Rossiya tinchlik bo‘yicha yangi takliflarni eshitishga tayyor — rossiyalik rasmiy

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha yangi takliflarni tinglashga ochiq, biroq har qanday taklif “mavjud voqelikni” aks ettirishi lozim.

Siyosat

21.08.2026, 14:32

Ukraina “Masha va ayiq” multserialiga sanksiya joriy etdi

Ukraina “Masha va ayiq” animatsion serialini yaratish va tarqatishga aloqador bo‘lgan besh nafar rossiyalik va to‘rtta tashkilotga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.

Jahon

21.08.2026, 10:40

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi

Eron tashqi ishlar vaziri Donald Trampning Tehronga qarshi yangi kampaniyasini AQSHga nisbatan nafratni kuchaytiradigan “muvaffaqiyatsiz siyosat” deb atadi.

Siyosat

20.08.2026, 16:33

AQSH mintaqa resurslarini talon-toroj qilishni ko‘zlagan — Eron spikeri

Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof Qo‘shma Shtatlarning Fors ko‘rfazidagi ishtiroki faqatgina mintaqa resurslarini talon-toroj qilish istagidan kelib chiqishini ta’kidlab, bundan ogohlantirdi.

Siyosat

20.08.2026, 14:50

Rossiya ballistik raketalari hujumi oqibatida Kiyevda kamida 5 kishi o‘ldi

Turar joy binolaridan birida odamlar qamalib qolgan, omborlar va bolalar shifoxonasiga ham zarar yetgan. Ikki slavyan davlati o‘rtasidagi yangi tinchlik muzokaralaridan esa darak yo‘q.

Jahon

20.08.2026, 09:51

Xitoy sun’iy intellekt sohasida raqamli suverenitetni hurmat qilishga chaqirdi

Vashington o‘nlab davlatlarga Xitoy va AQSH o‘rtasidagi sun’iy intellekt poygasida bir tomonni tanlashni aytishga hozirlanmoqda.

Jahon

19.08.2026, 14:34

Toshkent shahri uchun “Noqonuniy qurilish” maxsus Telegram-boti ishga tushdi

Ushbu (@noqonuniy_qurilish_bot) Telegram-bot orqali poytaxtdagi noqonuniy qurilishlar haqida tezkor ma’lumot berish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

Oʻzbekiston

19.08.2026, 12:03

BAA Erondan ikkita raketa uchirilganini ma’lum qildi

Raketalar dengiz transporti harakatini nishonga olgan. Ikkala raketa ham dengizga qulab tushgan.

Jahon

19.08.2026, 10:02

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi.

Oʻzbekiston

18.08.2026, 14:53

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon qamoqdan shifoxonaga ko‘chirilmoqda

Pokiston Oliy sudi qamoqdagi sobiq bosh vazir Imron Xonni tibbiy ko‘rik uchun shifoxonaga o‘tkazish haqida buyruq berdi. Aytishlaricha, u o‘ng ko‘zining ko‘rish qobiliyatini deyarli yo‘qotgan.

Jahon

18.08.2026, 14:20

Vaziyat: Eron yangi hujumlarga shay, AQSh sulhni uzaytirmoqchi emas

Eron va AQSh o‘rtasidagi anglashuv memorandumi samarasiz yakunlandi. Tehron Hormuz bo‘g‘ozida harbiy pozitsiyani egallamoqda, Vashington esa muzokaralarni uzaytirishni istamayapti. 

Siyosat

18.08.2026, 11:50

“G‘azo bizniki”: Isroil vaziri har kecha G‘azoda 30–40 nafar falastinlikni o‘ldirishga chaqirdi

Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir falastinliklarni G‘azodan butunlay ko‘chirib, Isroilni ushbu hududda yangi aholi punktlari qurishga chaqirdi. “U yerda yashashga noloyiq odamlar bor. Ular hatto odam ham emas”, – dedi  vazir.

Jahon

17.08.2026, 10:31

Tramp benzin qimmatlashishidan ogohlantirdi, Eron esa murosasiz pozitsiyada

Eron AQShni mag‘lubiyatni tan olishga chaqirdi. Tramp esa Tehronni “o‘ta yovuz” deb atab, amerikaliklarni yoqilg‘i narxi ko‘tarilishiga tayyor turishga undadi.

Siyosat

15.08.2026, 12:13

O'zbekistonga qayerdan köproq pul yuborilyapti?

2026-yilning birinçi yarim yilligida horijdan O'zbekistonga kelib tuşgan pul ötkazmalari 9,3 milliard dollarga yetdi.

Iqtisodiyot

14.08.2026, 16:32

Rossiya Ukraina temiryo‘l va port inshootlariga, Ukraina esa Rossiya neft markazi va omboriga hujum qildi

Moskvadagi barcha aeroportlarda parvozlar vaqtincha cheklangan. Mintaqaviy xatar ortgani uchun Latviya va Finlandiya ham xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Jahon

14.08.2026, 16:02

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →