updated: 22.03.2026, 10:42

Oʻzbekistonda Yadro tibbiyoti markazi qurilishi boshlandi

Dushanbe shahridagi “Markaziy Osiyo – Rossiya” va MDH sammitlari doirasida Oʻzbekistonda atomdan tinch maqsadlarda foydalanishga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi. 

Ulashish:

Oʻzbekistonda Yadro tibbiyoti markazi qurilishi boshlandi

Shu doirada Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Yadro tibbiyoti markazi qurilishiga start berildi.

Tadbirda Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, S.Berezin nomidagi tibbiyot instituti raisi Arkadiy Stolpner va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Yadro tibbiyoti markazi — klinikagina emas, balki ilmiy va ijtimoiy ahamiyatga ega yirik loyiha boʻlib, u saraton va boshqa ogʻir kasalliklarni erta aniqlash va davolash imkonini yaratadi.

Markaz MIBS instituti hamkorligida investitsiya asosida barpo etiladi. 12 ming kvadrat metrlik binoda yadro diagnostikasi, radiojarrohlik va proton terapiyasi yoʻlga qoʻyiladi. Birinchi bosqichda PET/KT markazi, siklotron majmuasi va radiofarmpreparatlar laboratoriyasi ishga tushiriladi.

Markaz ish boshlashi bilan fuqarolar xorijga chiqmasdan zamonaviy davolanish imkoniga ega boʻladi. Har yili 8 minggacha bemorda kasallik ilk bosqichda aniqlanishi kutilmoqda. Bu nafaqat sogʻliqni saqlash samaradorligini, balki tibbiy turizmni ham rivojlantiradi.

Fan-texnologiya

10.10.2025, 19:05

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Sogʻliqni saqlash tizimini transformatsiya qilish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 avgust kuni sogʻliqni saqlash tizimini transformatsiya qilish va tibbiy yordam sifatini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Siyosat

20.08.2025, 12:05

Davolanish uchun imtiyozli yoʻllanma kimlarga va qay tartibda beriladi?

Dastlab mijoz yashash joyidagi oilaviy shikofor punktiga yoki poliklinikaga boradi.

Oʻzbekiston

16.08.2025, 10:20

Revmatizm bolalarning hayotiga qanday taʼsir qiladi?

Revmatizm bolalarning hayotiga qanday taʼsir qiladi?

Qish mavsumi qator mavsumiy kasalliklar avj oladigan davr boʻlib, shulardan biri — revmatizm. Bu xastalikka koʻproq maktab yoshidagi bolalar chalinadi va u kattalarga nisbatan ogʻir kechadi. Xoʻsh, revmatizm qanday paydo boʻladi, uni keltirib chiqaruvchi omillar qaysilar? Kasallikning asosiy belgilari, asoratlari nimalardan iborat? Sogʻliqni saqlash vazirligining bolalar bosh kardiologi Bunyod Akbarxonov ushbu savollarga javob berdi.

Fan-texnologiya

14.01.2025, 10:27

Maktab yaqin: Bolalar salomatligi uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

Maktab yaqin: Bolalar salomatligi uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

Hademay yangi oʻquv yili boshlanadi. Qolaversa, kuz fasli yaqin. Demak, qariyb uch oylik tanaffusdan soʻng bolalar organizmi yana oʻquv mavsumiga, maktab rejimiga moslashishi kerak. Xoʻsh, buning uchun shifokorlar ota-onalarga qanday tavsiyalar beradi? Bolalar uchun maktab sumkalarini tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerak? Bu borada Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator tavsiyalar berildi.

Fan-texnologiya

15.08.2024, 11:31

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45