updated: 22.03.2026, 10:30

Revmatizm bolalarning hayotiga qanday taʼsir qiladi?

Qish mavsumi qator mavsumiy kasalliklar avj oladigan davr boʻlib, shulardan biri — revmatizm. Bu xastalikka koʻproq maktab yoshidagi bolalar chalinadi va u kattalarga nisbatan ogʻir kechadi. Xoʻsh, revmatizm qanday paydo boʻladi, uni keltirib chiqaruvchi omillar qaysilar? Kasallikning asosiy belgilari, asoratlari nimalardan iborat? Sogʻliqni saqlash vazirligining bolalar bosh kardiologi Bunyod Akbarxonov ushbu savollarga javob berdi.

Ulashish:

Revmatizm bolalarning hayotiga qanday taʼsir qiladi?

Revmatizm bolalarning hayotiga qanday taʼsir qiladi?

Shifokorning soʻzlariga koʻra, oyoqda oʻtkazilgan surunkali tonzillit — kasallikni keltirib chiqaruvchi eng asosiy omil. Yaʼni tez-tez tomogʻi ogʻrib turadigan bolalar anginasi oʻz vaqtida davolanmasa, 10-14 kun oʻtib, ularda revmatizm rivojlanishi mumkin. 

Kasallikning oʻtkir shaklida anginadan tuzalgan bemorni maʼlum muddat oʻtib, yana yuqori harorat bezovta qiladi. Tirsak, bilak-kaft usti, tizza, boldir-oyoq panjasi boʻgʻimlari va tanasining boshqa qismlari qizarib, shishadi. 

10-12 kun oʻtgach, poliartritga xos barcha simptomlar yoʻqoladi. Biroq mazkur holat vaqtinchalik boʻlib, xastalik chogʻida yurakning mushak qavati, klapanlari, tashqi pardasi zararlanadi. Bu esa yurak nuqsoniga olib kelishi mumkin. 

Revmatizm boshqa aʼzo va toʻqimalar, masalan, nerv tizimida ham jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi xavfi yuqori. Bunda bolaning oyoq-qoʻllari uchib turadi, oʻta qoʻzgʻaluvchanlik, tez toliqish kuzatiladi. 

"Xastalikning oʻtkir bosqichida bemor, odatda, shifoxonada davolanadi. Statsionardan chiqqandan soʻng ham uzoq vaqt shifokor kuzatuvida boʻladi. 

Holsizlanish, tez charchash, rangparlik, ishtaha pasayishi, kechqurun tana harorati koʻtarilishi, baʼzan bosh ogʻrigʻi, yurak oʻynashi, hansirash, boʻgʻimlar sohasidagi teri ostidagi mayda, qattiq va ogʻriqsiz “revmatik tugunchalar” hamda pushti, halqasimon toshmalar revmatizmga xos alomatlardir", deya mutaxassis Bunyod Akbarxonov qoʻshimcha qilgan.

Bu kasallikdan asab tizimi shikastlanganda, bolaning kayfiyati va xulq-atvori oʻzgarib, behalovat, eʼtiborsiz va serjahl boʻlib qoladi. Uning xotirasi pasayadi. 

Bemor beixtiyor tartibsiz, beoʻxshov harakatlar qiladi. Koʻzlari pirillab, yuz mushaklari tortiladi. Natijada u oʻzi mustaqil kiyinib-yechina, ovqatlana olmaydi. Shuningdek, turtinib-surtinib yura boshlaydi. 

Qaytalama revmatizm davrida organizmda immunologik va biokimyoviy buzilishlar kuzatiladi, yurakda yalligʻlanish jarayoni kuchayadi. 

Revmatizmga faqat mutaxassis tomonidan tegishli tekshiruvlardan soʻng aniq tashxis qoʻyilishi mumkin. Agar oʻz vaqtida shifokorga murojaat qilinsa, bemorni muvaffaqiyatli davolasa boʻladi. 

Mavzuga oid yangiliklar

Maktab yaqin: Bolalar salomatligi uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

Maktab yaqin: Bolalar salomatligi uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

Hademay yangi oʻquv yili boshlanadi. Qolaversa, kuz fasli yaqin. Demak, qariyb uch oylik tanaffusdan soʻng bolalar organizmi yana oʻquv mavsumiga, maktab rejimiga moslashishi kerak. Xoʻsh, buning uchun shifokorlar ota-onalarga qanday tavsiyalar beradi? Bolalar uchun maktab sumkalarini tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerak? Bu borada Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator tavsiyalar berildi.

Fan-texnologiya

15.08.2024, 11:31

Oʻzbekistonda Yadro tibbiyoti markazi qurilishi boshlandi

Dushanbe shahridagi “Markaziy Osiyo – Rossiya” va MDH sammitlari doirasida Oʻzbekistonda atomdan tinch maqsadlarda foydalanishga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi. 

Fan-texnologiya

10.10.2025, 19:05

Sogʻliqni saqlash tizimini transformatsiya qilish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 avgust kuni sogʻliqni saqlash tizimini transformatsiya qilish va tibbiy yordam sifatini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Siyosat

20.08.2025, 12:05

Davolanish uchun imtiyozli yoʻllanma kimlarga va qay tartibda beriladi?

Dastlab mijoz yashash joyidagi oilaviy shikofor punktiga yoki poliklinikaga boradi.

Oʻzbekiston

16.08.2025, 10:20

Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?

Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?

Oziq-ovqat allergiyasi — dunyoda tobora keng tarqalayotgan patologiyalar sirasidan boʻlib, tahlillarga koʻra, bundan asosan bolalar, ayniqsa, emizikli goʻdaklar koʻp aziyat chekadi. Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikova kuchli allergen hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Fan-texnologiya

24.02.2025, 10:40

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Oʻzbekistonga qish mavsumi kirib kelishi bilan havo harorati sezilarli darajada pasaydi. Bunday sharoitda tetik va sogʻlom yurish uchun ovqatlanish ratsioniga alohida eʼtibor qaratish lozim. Xoʻsh, sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak? Mazkur savolga Tibbiyot fanlari doktori Ilhom Otajonov Sogʻliqni saqlash vazirligiga bergan intervyusida javob berdi. 

Fan-texnologiya

17.12.2024, 10:53

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45