updated: 22.03.2026, 06:47

Maktab yaqin: Bolalar salomatligi uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

Hademay yangi oʻquv yili boshlanadi. Qolaversa, kuz fasli yaqin. Demak, qariyb uch oylik tanaffusdan soʻng bolalar organizmi yana oʻquv mavsumiga, maktab rejimiga moslashishi kerak. Xoʻsh, buning uchun shifokorlar ota-onalarga qanday tavsiyalar beradi? Bolalar uchun maktab sumkalarini tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerak? Bu borada Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator tavsiyalar berildi.

Ulashish:

Maktab yaqin: Bolalar salomatligi uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

Maktab yaqin: Bolalar salomatligi uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

Immun tizimi — organizmni turli mikrob va infeksiyalardan himoyalovchi qalqon hisoblandi. Bolalarning tez-tez betob boʻlishi, xastalik koʻp qaytalanishi ularda immunitet zaifligining belgisi. Bunga koʻpincha maktab oʻquvchilari tanasida vitaminlar tanqisligi, yomon uyqu, notoʻgʻri ovqatlanish va doimiy psixologik stress sabab boʻladi. 

Pediatr-shifokor Noiba Azimovaning soʻzlariga koʻra, maktab yoshidagi oʻgʻil-qizlarning organizmi maʼlum ritmlarga moslashadi. Shu bois bolani yoshligidanoq rejimga koʻniktirgan maʼqul. 

"Boshlangʻich sinf oʻquvchilari kechqurun soat 21:00 da uyquga yotib, ertalab soat 7:00 da turishi maqsadga muvofiq. Kattaroq yoshdagi bolalar uchun yotish vaqti bir soat — 22:00 gacha surilishi mumkin. 

Uxlashdan avval kompyuter, planshet yoki telefondan foydalanish uyqu sifatiga salbiy taʼsir qiladi. Oqibatda bosh miyada melatonin gormoni ishlab chiqarish kamayadi. Bu esa tunda kortizol gormoni miqdorini oshiradi. Oqibatda bolada turli kasalliklarga moyillik paydo boʻladi", 

deydi shifokor. 

Qolaversa, meʼyoriy hordiq ham immunitetga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Uyqu paytida bola organizmidagi metabolizm jarayoni jadallashib, ayni shu soatlarda yaxshi rivojlanadi. 

Shifokorning qoʻshimcha qilishicha, bola kuniga kamida 4 marta taomolanishi, yaʼni soat 7:30-8:00 da nonushta, 10:30-11:30 da issiq nonushta, 14:00-15:00 da tushlik qilishi, 19:00-19:30 da kechki ovqat tanovul qilishi maqsadga muvofiq. 

Tezpishar taomlar, gazlangan ichimliklar, “snek”lar hamda turli shirinliklar esa oʻquvchilar organizmini tabiiy vitamin va minerallardan mahrum qilishidan tashqari, har jihatdan sogʻlom oʻsishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

"Yodlangan osh tuzi, sarxil meva-sabzavotlar isteʼmoli, suv balansi farzandlarimiz salomatligi uchun muhim. Immunitetni oshirishda tabiiy antioksidant vazifasini oʻtovchi asal va viruslarga qarshi samarali kurashadigan sarimsoq piyozning foydasi katta. "A" vitamini bilan boyitilgan sabzi va shirin kartoshka, gripp va nafas yoʻllarining yuqumli kasalliklariga qarshi kurashishda qoʻl keladigan "Ye" vitaminiga boy yongʻoqlar, albatta, bolalar ratsionida boʻlishi maqsadga muvofiq", 

deya maslahat bermoqda bolalar shifokori Noiba Azimova. 

Maktab sumkasini tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak? 

Yangi oʻquv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Hozirdanoq bozor-u doʻkonlarda oʻquv qurollari va kiyim-kechaklar savdosi avjida. Bunday vaziyatda eng koʻp xarid qilinadigan mahsulotlardan biri — maktab sumkalari. Ammo koʻpchilik bolalar ularni tanlashda portfelning tashqi koʻrinishiga, ota-onalar esa chidamliligi, qulayligi hamda bahosiga alohida eʼtibor qaratishadi. Xoʻsh, bu borada tibbiyot mutaxassislarining tavsiyalari qanday? 

Respublika bolalar ortopediya markazi direktori Akbar Tilyakovning fikricha, notoʻgʻri tanlangan va foydalanilgan ryukzaklar maktab yoshidagi bolalarning umurtqa pogʻonasi hamda mushaklari uchun ortiqcha yuklamani keltirib chiqaradi. Bu holat kelgusida skolioz kabi kasalliklarning rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. 

Maktab sumkasi bolaning orqa qismiga qulay joylashadigan oʻlchamda, tasmalari yelka qismiga botmaydigan keng va yumshoq yostiqchali qoplamalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.

"Matosi suv oʻtkazmaydigan, orqa astari esa yupqa boʻlmasligi kerak. Aks holda, sumka ichidagi qattiq buyumlar, kitoblar jildining burchaklari kuraklar hamda bel sohasida ogʻriq va jarohatlarni keltirib chiqarish xavfi bor. Ryukzaklarni ikki yelkaga baravar osish tavsiya etiladi. Bu ogʻirlikning tana boʻylab muvozanatli taqsimlanishiga xizmat qiladi va umurtqa pogʻonasi egriligi bilan bogʻliq patologiyalar kelib chiqishidan asraydi", 

deydi u. 

Mutaxassisning aytishicha, maktab sumkasi beldan pastga tushmagan holatda, lekin undan 5 santimetrdan kam boʻlmagan uzunlikda taqib yurilishi maqsadga muvofiq. Ryukzakning umumiy ogʻirligi bola vaznining 10-15 foizidan oshmasligi kerak. Bu meʼyor kichik yoshdagi oʻquvchilar uchun taxminan 3-5 kilogrammga, oʻrta sinfdagi bolalar uchun 6-8 kilogrammga teng. 

Sumkaga oʻquv qurollari va jihozlarini joylashtirish ham muhim jarayon hisoblanar ekan. Jumladan, ogʻir narsalar ryukzak oʻrtasiga, yengillari har ikki tomoniga muvozanatli solingani maʼqul. Qolaversa, katta hajmdagi, ogʻir va noqulay ryukzaklardan foydalanish bolalarning zinapoya va yoʻlaklarda yiqilish xavfini oshiradi.

Fan-texnologiya

15.08.2024, 11:31

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Revmatizm bolalarning hayotiga qanday taʼsir qiladi?

Revmatizm bolalarning hayotiga qanday taʼsir qiladi?

Qish mavsumi qator mavsumiy kasalliklar avj oladigan davr boʻlib, shulardan biri — revmatizm. Bu xastalikka koʻproq maktab yoshidagi bolalar chalinadi va u kattalarga nisbatan ogʻir kechadi. Xoʻsh, revmatizm qanday paydo boʻladi, uni keltirib chiqaruvchi omillar qaysilar? Kasallikning asosiy belgilari, asoratlari nimalardan iborat? Sogʻliqni saqlash vazirligining bolalar bosh kardiologi Bunyod Akbarxonov ushbu savollarga javob berdi.

Fan-texnologiya

14.01.2025, 10:27

Oʻzbekistonda Yadro tibbiyoti markazi qurilishi boshlandi

Dushanbe shahridagi “Markaziy Osiyo – Rossiya” va MDH sammitlari doirasida Oʻzbekistonda atomdan tinch maqsadlarda foydalanishga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi. 

Fan-texnologiya

10.10.2025, 19:05

Sogʻliqni saqlash tizimini transformatsiya qilish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 avgust kuni sogʻliqni saqlash tizimini transformatsiya qilish va tibbiy yordam sifatini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Siyosat

20.08.2025, 12:05

Davolanish uchun imtiyozli yoʻllanma kimlarga va qay tartibda beriladi?

Dastlab mijoz yashash joyidagi oilaviy shikofor punktiga yoki poliklinikaga boradi.

Oʻzbekiston

16.08.2025, 10:20

Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?

Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?

Oziq-ovqat allergiyasi — dunyoda tobora keng tarqalayotgan patologiyalar sirasidan boʻlib, tahlillarga koʻra, bundan asosan bolalar, ayniqsa, emizikli goʻdaklar koʻp aziyat chekadi. Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikova kuchli allergen hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Fan-texnologiya

24.02.2025, 10:40

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Oʻzbekistonga qish mavsumi kirib kelishi bilan havo harorati sezilarli darajada pasaydi. Bunday sharoitda tetik va sogʻlom yurish uchun ovqatlanish ratsioniga alohida eʼtibor qaratish lozim. Xoʻsh, sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak? Mazkur savolga Tibbiyot fanlari doktori Ilhom Otajonov Sogʻliqni saqlash vazirligiga bergan intervyusida javob berdi. 

Fan-texnologiya

17.12.2024, 10:53

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45