Oʻzbekistonlik migrantlar 10 oyda 15,8 milliard dollar pul joʻnatgani maʼlum qilindi

Xususan, xorijda ishlayotgan oʻzbekstanliklarning soni 2016 yildan buyon kamaygan boʻlsa-da, ular tomonidan yuborilgan pul mablagʻlari sezilarli darajada oshib, 2025 yilning oʻn oyi yakuni boʻyicha 15,8 milliard dollarga yetgan. Bu koʻrsatkich 2016 yildagi 3,8 milliard dollardan qariyb toʻrt barobar yuqori.

Ulashish:

Prezident Shavkat Mirziyoyevga mehnat migratsiyasi tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot taqdim etildi.

Soʻnggi yillarda fuqarolarning chet elga tartibli joʻnatilishi boʻyicha olib borilayotgan islohotlar natijasida mehnat bozori diversifikatsiya qilinmoqda. 

Taqdimotda xorijiy mehnat bozorida malakali mutaxassislarga talab oshgani qayd etildi. Hozirda 140 ming nafar mutaxassisga buyurtma mavjud, biroq til va kasbiy koʻnikmalarga qoʻyiladigan talablar yuqoriligi tufayli yetarli kadrlar tayyorlashda hali muammolar borligi bildirildi. Shuningdek, migratsiya xizmatlarining tarqoqligi fuqarolar uchun ortiqcha ovoragarchilik keltirmoqda.

Sohadagi xizmatlarni birlashtirish maqsadida Toshkentning Uchtepa tumanida “Xorijga ishga tayyorlash markazi”, Termizda esa “Yagona migratsiya xizmatlari” markazi tashkil etilishi belgilandi. Yashnobod tumanida esa xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda nemis va yapon tillari boʻyicha oʻquv maktablari ochiladi.

Oʻzbekistonliklarning Yevropa mamlakatlariga migratsiya oqimi oxirgi yillarda 4 barobar oshgani taʼkidlanib, bu yoʻnalishda huquqiy himoyani kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Ayrim Yevropa davlatlari bilan mehnat migratsiyasi boʻyicha kelishuvlar mavjud emasligi sababli, tegishli hukumatlararo hujjatlarni imzolash jarayonini tezlashtirish topshirildi.

Shuningdek, xorijda migratsiya attashelari va agentlik vakolatxonalarini koʻpaytirish, mamlakat ichida viza markazlarining koʻchma ofislarini ochish rejalashtirilgan.

Taqdimotda migratsiya xizmatlarini raqamlashtirish masalasi ham muhokama qilindi. “Xorijda ish” platformasida 25 ta servis taklif etilmoqda, joriy yil boshidan buyon 524 ming fuqaro onlayn xizmatlardan foydalangan. Ammo barcha jarayonlar toʻliq raqamlashtirilmagan. 

Prezident sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish zarurligini taʼkidlar ekan, biometrik identifikatsiya, real vaqt rejimida xorijdagi ish oʻrinlarini kuzatish va masofadan maslahat berish boʻyicha rejalarga eʼtibor qaratildi. Migratsiya agentligida 24/7 ishlaydigan situatsion markaz ochish taklif qilindi.

Shuningdek, noqonuniy migratsiya va firibgarlik bilan shugʻullanuvchi konsalting xizmatlarining koʻpaygani qayd qilindi. Aeroportlarda interaktiv infokiosklar oʻrnatish va litsenziyasiz tashkilotlar uchun jarimalarni oshirish taklif etildi. Noqonuniy migratsiyani tashkil etish uchun javobgarlikni Jinoyat kodeksiga kiritish masalasi ham koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston

19.11.2025, 19:27

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Zohran Mamdani: reperdan Nyu-York merigacha

2025 yil Nyu-York siyosiy tarixida oʻchmas iz qoldirdi. Shahar oʻppa-oʻrtaga kelib, oʻziga xos rekordlar bilan yoʻlboshchi almashtirdi: 34 yoshli Zohran Mamdani bu lavozimga saylanib, birdaniga bir nechta tarixiy marrani zabt etdi.

Jahon

19.11.2025, 18:38

Tergov hibsxonalarida ayrim tartib-qoidalar qayta koʻrib chiqiladi

Xususan, tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarga tatbiq etilayotgan ayrim tartib-qoidalarni qayta koʻrib chiqish, ularning kundalik ehtiyojlarini yaxshiroq taʼminlash va insonparvarlik standartlarini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston

19.11.2025, 17:41

Sinoptiklar Rossiyada rekord darajadagi qattiq qish kuzatilishini prognoz qilmoqda

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bu yilgi qish soʻnggi 250 yil ichidagi eng sovuq mavsum boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Markaziy va Volgaboʻyi hududlarida havo harorati –35°C gacha pasayishi, qor yogʻishi 400 millimetrgacha, shamol esa soniyasiga 22 metr tezlikda etishi kutilmoqda.

Jahon

19.11.2025, 16:26

Angrenda zoʻravonlikka uchragan 15 yoshli qizning ahvoli haqida xabar berildi

2025 yil iyul oyida Angrenda toʻrt nafar yigit tomonidan voyaga yetmagan qizga nisbatan zoʻravonlik sodir etilgan edi. Qiz maxsus maktabda taʼlim olgan va buvisi bilan yashagan. Onasi uning hayotida ishtirok etmagan, otasi esa boʻlmagan. Taʼkidlanishicha, qiz 2024 yil avgust–oktabr oylarida bir necha bor zoʻravonlikka duch kelgan. Gumonlanuvchilardan biri voyaga yetmagan oʻsmir boʻlgan. 

Oʻzbekiston

19.11.2025, 13:27

«AL-FAShIR QASSOBI» DEB ATALGAN ShAXS — ABU LULU KIM?

2025 yil oktabr oyida, 18 oylik qamaldan soʻng, Shimoliy Darfurda joylashgan Al-Fashir shahri «Tezkor harakat kuchlari» deb nomlangan harbiylashtirilgan guruh tomonidan egallandi. Ular shaharga kirishlari bilan zoʻravonlik avj oldi. Internetda tarqalgan videolarda ushbu guruh jangchilari qurolsiz tinch aholini shafqatsizlik bilan qatl etayotgani aks etgan.

Jahon

19.11.2025, 11:52

Endi Rossiya oʻz qoʻshinlarida jang qilgan chet elliklarni topshirmaydi

Rossiya qonunchiligiga kiritilayotgan oʻzgarishlarga koʻra, endilikda rus qoʻshinlarida shartnoma asosida xizmat qilgan yoki qilayotgan, shuningdek, Rossiya qoʻshinlari tarkibida jang harakatlarida qatnashgan chet elliklar ekstraditsiya qilinmaydi. 

Jahon

19.11.2025, 11:40

Toshkent bozorlarida tijoriy videotasvirga olish uchun 5 million soʻmlik toʻlov joriy qilindi

Toshkent shahridagi bozorlar va savdo majmualarda koʻrsatiladigan ayrim xizmatlar uchun yangi tariflar belgilandi. Bu poytaxt hokimi qarorida nazarda tutilgan boʻlib, avtoturargoh toʻlovlari hamda tijoriy suratga olish narxlari yangilandi.

Oʻzbekiston

19.11.2025, 10:29

Trampning Gʻazo boʻyicha rejasi BMT tomonidan maʼqullandi

17 noyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan Gʻazo boʻyicha 20 banddan iborat rejaning rezolyutsiyasini maʼqulladi. Rezolyutsiyani 13 davlat, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya va Somali qoʻllab-quvvatlagan, qarshi ovoz boʻlmagan, Rossiya va Xitoy esa betaraf qolgan.

Jahon

19.11.2025, 09:52

Jahongir Otajonovni aldagan doʻsti 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

JIB Yakkasaroy tumani sudi qashqadaryolik fuqaro X.H.ni xonanda Jahongir Otajonovga nisbatan koʻp yillik firibgarlik harakatlari uchun 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Oʻzbekiston

18.11.2025, 15:38

Toshkentda dronlar shouci va keng koʻlamli bayram tadbirlari oʻtkaziladi

18 noyabr — Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi qabul qilingan sana munosabati bilan poytaxtda keng koʻlamli bayram tadbirlari tashkil etiladi. Shu munosabat bilan 18 noyabr kuni 15:00–17:00 orasida poytaxtning markaziy koʻchalarida avtotransport harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Oʻzbekiston

18.11.2025, 12:51

Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan yangi qaror qabul qilindi

Hukumatning “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 727-son qarori (17.11.2025) qabul qilindi. Qarorga koʻra, 2025 yil 1 dekabrdan loyihalashtirish jarayonlarida zilzilalar kuchini aniq koʻrsatuvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazasidan foydalanish amaliyoti joriy etiladi.

Oʻzbekiston

18.11.2025, 11:20