Endi Rossiya oʻz qoʻshinlarida jang qilgan chet elliklarni topshirmaydi

Rossiya qonunchiligiga kiritilayotgan oʻzgarishlarga koʻra, endilikda rus qoʻshinlarida shartnoma asosida xizmat qilgan yoki qilayotgan, shuningdek, Rossiya qoʻshinlari tarkibida jang harakatlarida qatnashgan chet elliklar ekstraditsiya qilinmaydi. 

Jahon

19.11.2025, 11:40

Ulashish:

Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy qismlari bilan shartnoma orqali xizmatga kirgan xorijlik shaxslar boshqa davlatlarga jinoyat ishi yuritish uchun topshirilmaydi, deb xabar qiladi DW.

Rossiya Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan ushbu oʻzgartish qonun ijodkorligi boʻyicha hukumat komissiyasi tomonidan maʼqullangan. Oʻzgartish xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yoʻq shaxslarga taalluqli boʻlib, ular Rossiya qoʻshinlarida shartnoma asosida xizmat qilgan yoki qilayotgan, shuningdek, Rossiya qoʻshinlari tarkibida jang harakatlarida qatnashgan boʻlishi mumkin.

Rossiya hukumati bunday shaxslarning mamlakatda turishiga oid bir qator yangi qonun loyihalarini ham tayyorlagan. Ularning biri mamlakatdan chiqarib yuborish chorasini 50 ming rublgacha jarima va 200 soatgacha majburiy mehnat bilan almashtiradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq oxirgi 4 yilda Oʻzbekistonda xorijiy davlatlardagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan 338 kishiga jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan besh yildan yetti yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish choralari koʻrilgan.

 

 

Mavzuga oid yangiliklar

Urushda Rossiya 1,2 mln, Ukraina 600 ming askarini yoʻqotdi

AQShdagi «Center for Strategic and International Studies» (CSIS) tadqiqot markazi Rossiya–Ukraina urushi davomida halok boʻlgan va yaralangan harbiy xizmatchilar soni boʻyicha hisobot eʼlon qildi.

Jahon

29.01.2026, 08:18

Yana bir oʻzbekistonlik yigit Rossiyadagi urushga borib, Ukrainada asirga tushdi

Yana bir oʻzbekistonlik yigit Rossiyadagi urushga borib, Ukrainada asirga tushdi

Rossiyaga urushga borgan 31 yoshli buxorolik yigit frontga yetib borishi bilan Ukrainaga taslim boʻldi. U Oʻzbekiston hukumatidan mamlakatga qaytishga yordam soʻrab videomurojaat qildi.

Oʻzbekiston

18.10.2025, 10:00

Endi rus tarmoqlari urushda qatnashishga targʻib qilmoqda

Endi rus tarmoqlari urushda qatnashishga targʻib qilmoqda

Rossiya Federatsiyasiga taalluqli Yandex video va Ok.ru tarmoqlari Oʻzbekiston hududlarida urushda qatnashishga targʻib qiluvchi reklamalar koʻrsatilmoqda. Bu haqda huquqshunos Botirjon Shermuhammad oʻzininging Facebook tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

25.08.2025, 12:00

Ukrainaga qarshi urushda 20 ming nafar Markaziy Osiyo fuqarolari ishtirok etmoqda — Bastrikin

Ukrainaga qarshi urushda 20 ming nafar Markaziy Osiyo fuqarolari ishtirok etmoqda — Bastrikin

Rossiya-Ukraina urushida Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi jangda Rossiya fuqaroligini olgan 20 ming nafar  Markaziy Osiyo fuqarosi ishtirok etmoqda.  Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrikin Peterburgdagi xalqaro huquqshunoslik forumida maʼlum qildi.

Jahon

21.05.2025, 11:02

Ким Чен Ин ўз аскарларини Россия учун Курскда жанг қилаётганини тан олди

Kim Chen In oʻz askarlarini Rossiya uchun Kurskʼda jang qilayotganini tan oldi

Shimoliy Koreya birinchi marotaba oʻz askarlarini Rossiya uchun Ukraina hududida jang olib borayotganini tasdiqladi. Bu haqda "Kcna.kp " xabar qildi.

Jahon

28.04.2025, 11:56

So‘nggi yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:43

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21