Oʻzbekistonning ilk uchuvchi talabalar guruhi oʻqishni davom ettirish uchun Koreya aerokosmik universitetiga yuborildi
Toshkent davlat transport universiteti hamda Koreya aerokosmik universiteti hamkorligida imzolangan qoʻshma taʼlim boʻyicha Oʻzbekistonning ilk uchuvchi talabalar guruhi Koreya aerokosmik universitetiga joʻnab ketdi.
Fan-texnologiya
03.09.2025, 20:58
Ulashish:

Toshkent davlat transport universiteti hamda Janubiy Koreyaning Koreya aerokosmik universiteti hamkorligida uchuvchilarni tayyorlash boʻyicha imzolangan qoʻshma taʼlim boʻyicha (1+2+1 dasturi) birinchi kursni muvaffaqiyatli tamomlagan Oʻzbekistonning ilk uchuvchi talabalar guruhi joriy yil 30 avgust kuni Koreya aerokosmik universitetiga joʻnab ketdi.
Mazkur dastur 2023 yilda Transport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, zamonaviy talablar asosida xorijiy tajribaga asoslangan holda uchuvchilik boʻyicha Oʻzbekiston milliy kadrlari zaxirasini yaratishga qaratilgan.
Parvoz ekspluatatsiyasi yoʻnalishida uchuvchilik boʻyicha 1-kurs bilimlarini Toshkent davlat transport universitetida olgan ushbu talabalar 2 hamda 3-kurslarda tahsil olishni Koreya aerokosmik universitetida davom ettirib, nazariy bilimlarga qoʻshimcha ravishda parvoz amaliyotlarini boshlashadi.
Talabalarga Koreya aerokosmik universiteti professor-oʻqituvchilari bilan bir qatorda “Korean Air” hamda “Atsiana Airlines” aviakompaniyalari uchuvchi-instruktorlari tomonidan bilim beriladi. Koreya aerokosmik universiteti “Korean Air” aviakompaniyasi tasarrufida boʻlib, “Korean Air” va “Atsiana Airlines” aviakompaniyalari hamda Koreya Respublikasi Harbiy havo kuchlari uchun uchuvchilar tayyorlash boʻyicha tayanch oliy bilim yurti hisoblanadi.
Koreya aerokosmik universitetida 3-kursni muvaffaqiyatli bitirgan talabalar Oʻzbekistonga qaytib 4 kursda parvoz amaliyotlarini davom ettirishadi. Oʻqishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalarga uchuvchilik guvohnomasi, Transport universiteti diplomi hamda Koreya aerokosmik universitetlari diplomlari topshiriladi.
Maʼlumot uchun: Koreya aerokosmik universiteti 1952 yilda tashkil etilgan boʻlib universitetda Koreyalik talabalar bilan bir qatorda AQSh, Xitoy va Tinch okeani havzasi mamlakatlari, Misr, Lotin Amerikasi mamlakatlari hamda Yevropa mamlakatlaridan kelgan talabalar tahsil oladi.
Universitet uchuvchilar tayyorlash boʻyicha oʻzning Susek, Uljin hamda Jeju-do oʻquv mashq markazlariga ega boʻlib, ularning har biri oʻzining aerodromlari, 60 dan ortiq simulyatorlari hamda 50 dan ortiq bir va ikki motorli kichik aviatsiya havo kemalari va 5 ta reaktiv dvigatelli havo kemalari ega.
Universitet nafaqat uchuvchilar, shuningdek, bort kuzatuvchilari, aviatsiya muhandislari, aviatsiya menejmenti, xalqaro aviatsiya huquqi va shu kabi boshqa yoʻnalishlarda hamda mutaxassislarni tayyorlab keladi. Universitet ilm-fan sohasida bir qator yoʻnalishlarda faoliyat yuritish bilan birga ilgʻor texnologiyalar sohasidagi KAI-Korea Aerospace industry, KARI-Korea Aerospace Resesrch institute, Samsung, LG, Hyundai, KIA va shu kabi bir qator yirik kompaniyalarning yangi mahsulotlarini loyihalashtirish va ularga muhandislik echimlarini berish, Koreya va xorijiy mamlakatlar hududida aeroportlar, kosmodromlar, ular atrofidagi shahar infratuzilmasi, yoʻl va koʻpriklar qurilishini loyihalashtirish va ularga muhandislik echimlarini berish bilan ham shugʻullanib keladi.
Fan-texnologiya
03.09.2025, 20:58
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Oʻzbekistonliklarni bortga chiqarmay kamsitgan WizzAir haqida kanadalik xonanda qoʻshiq kuyladi
Oʻzbekiston
22.10.2025, 12:24

Isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha baʼzaviy meʼyor 5 barobarga oshiriladi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 17:05

Oltin narxi oshishda davom etmoqda
Iqtisodiyot
17.10.2025, 14:27

Isitish tizimi qachon yoqiladi va harorat qanday boʻlishi kerak?
Oʻzbekiston
29.10.2025, 14:57

Poytaxtda issiq suv va issiqlik taʼminoti tariflari 15 foizga oshiriladi
Oʻzbekiston
28.10.2025, 07:56

Yangi aeroport qurilishi uchun aholi uylari buziladimi?
Oʻzbekiston
30.10.2025, 12:33
So‘nggi yangiliklar

Qand kasalligiga chalinmaslik uchun piyoda yuring (14 noyabr – Butunjahon diabetga qarshi kurash kuni)
Oʻzbekiston
14.11.2025, 15:53

Bolalar oʻlimi: Markaziy Osiyoda qaysi davlat yetakchilik qilmoqda?
Jahon
14.11.2025, 15:34

Rossiyada Oʻzbekiston haydovchilik guvohnomalari bekor qilinishi mumkin
Oʻzbekiston
14.11.2025, 14:35

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
14.11.2025, 11:10

Sirdaryo tumani soliq rahbarining haqoratli murojaati tarqaldi
Oʻzbekiston
14.11.2025, 09:39

Meksika prezidenti zoʻravonlikdan himoyasiz qoldi
Jahon
13.11.2025, 19:27

Yuk mashinalarning Toshkentga kirishi vaqtincha taqiqlanadi
Oʻzbekiston
13.11.2025, 16:09

Gulnora Karimova bilan bogʻliq Zeromax ishi boʻyicha sud qaror chiqardi
Siyosat
13.11.2025, 14:37

AQSh tarixidagi eng uzoq — 43 kunlik shatdaun yakunlandi
Jahon
13.11.2025, 11:59

Koʻkdaladagi gaz “zapravka”ning portlashiga rahbar sabab boʻlgan
Oʻzbekiston
13.11.2025, 10:54

Yaponiyada 32 yoshli ayol ChatGPT bilan turmush qurdi
Jahon
13.11.2025, 09:40

Moʻynoqda oʻta yuqori bosimli noyob gaz koni topildi
Iqtisodiyot
13.11.2025, 09:23
Mashhur yangiliklar

Oʻzbekistonliklarni bortga chiqarmay kamsitgan WizzAir haqida kanadalik xonanda qoʻshiq kuyladi
Oʻzbekiston
22.10.2025, 12:24

Isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha baʼzaviy meʼyor 5 barobarga oshiriladi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 17:05

Oltin narxi oshishda davom etmoqda
Iqtisodiyot
17.10.2025, 14:27

Isitish tizimi qachon yoqiladi va harorat qanday boʻlishi kerak?
Oʻzbekiston
29.10.2025, 14:57

Poytaxtda issiq suv va issiqlik taʼminoti tariflari 15 foizga oshiriladi
Oʻzbekiston
28.10.2025, 07:56

Yangi aeroport qurilishi uchun aholi uylari buziladimi?
Oʻzbekiston
30.10.2025, 12:33
