updated: 22.03.2026, 09:46

Parij-2024: Bugun 10 nafar oʻzbekistonlik paralimpiyachilar bellashadi

Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bugungi bellashuvlarida Oʻzbekiston terma jamoasining 10 nafar vakili sportning 4 turi boʻyicha bahslarga kirishadi.

Sport

04.09.2024, 11:13

Ulashish:

Parij-2024: Bugun 10 nafar oʻzbekistonlik paralimpiyachilar bellashadi

Parij-2024: Bugun 10 nafar oʻzbekistonlik paralimpiyachilar bellashadi

Dastlab erkaklar oʻrtasida para velosport S2 klassida Gʻolibbek Mirzayorov ishtirokini boshlaydi. Uning bahsi Toshkent vaqti bilan soat 11:27 da start oladi. 

Soat 12:30 da para oʻq otish bahslari boshlanadi. Unda Oʻzbekiston delegatsiyasining ikki nafar aʼzosi ishtirok etadi. Para oʻq otish doirasida (P4 klassi) 50 metrli masofadan toʻpponchadan oʻq otish bellashuvlarida Server Ibragimov va Shahnoza Mamajonovalar medallar uchun kurashadi. Shu bilan bir vaqtda erkaklar oʻrtasida 100 metrga erkin para suzish (S12 klassi) bahsi boshlanadi. Bu yoʻnalishda para suzuvchi Dmitriy Xorlin terma jamoa sharafini himoya qiladi.

Shundan soʻng para yengil atletika oʻyinlari ham boʻlib oʻtadi. Ayollar oʻrtasida para disk uloqtirishda (F41 klassi) Kubaro Hakimova hamda Madina Muxtorova Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da bahslarga kirishadi.

Bungun erkaklar oʻrtasida 100 metrga yugurish (T11 klassi) Urganch Egamnazarov oʻz omadini sinab koʻradi. Soat 14:47 da ayollar oʻrtasida yadro uloqtirish sportining F46 klassida terma jamoaning ikki nafar vakilasi — Roziya Ergasheva va Shaxina Yigitaliyevalar ishtirok etadi.

Kun bellashuvlarini Azimbek Abdullayevning chiqishi yakunlab beradi. Erkaklar oʻrtasida para velosport (S5 klassi) oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Azimbek Abdullayev soat 16:51 dagi oʻyinlarda qatnashadi.

Sport

04.09.2024, 11:13

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Parij-2024: Kecha oʻzbekistonlik para sportchilar uchun omadsiz kun boʻldi

Parij-2024: Kecha oʻzbekistonlik para sportchilar uchun omadsiz kun boʻldi

Parij-2024 oʻn yettinchi yozgi Paralimpiya oʻyinlarining 3 sentabrdagi bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasining 6 nafar aʼzosi sportning 2 turi boʻyicha medallar uchun bahslarga kirishdi. Ammo ortda qolgan bellashuvlarda ishtirokchilar orasidan shohsupaga koʻtarilgani topilmadi.

Sport

04.09.2024, 10:26

Parij-2024: Bitta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medali egallandi

Parij-2024: Bitta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medali egallandi

Kecha, 2 sentabr kuni Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan bir guruh para yengil atletikachilar oʻz bahslarini oʻtkazdi. 

Sport

03.09.2024, 11:03

Parij-2024: Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston hisobiga 3 ta medal qoʻshildi

Parij-2024: Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston hisobiga 3 ta medal qoʻshildi

Parijda oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarining kechagi bahslarida oʻzbekistonlik sportchilar oʻz delegatsiyalari hisobiga navbatdagi medallarni qoʻshib qoʻydi. 

Sport

02.09.2024, 10:42

Paralimpiya terma jamoalarini shakllantirish tartibi belgilandi

Hukumatning 2025 yil 8 oktabrdagi 630-son qarori bilan “Paralimpiya sport turlari boʻyicha sport terma jamoalarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Sport

09.10.2025, 14:24

Oʻzbekistonlik para yengil atletikachilar jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunladi

Hindistonning Nyu-Deli shahrida toʻqqiz kun davom etgan para yengil atletika boʻyicha dunyo birinchiligi oʻz nihoyasiga yetdi.

Sport

06.10.2025, 11:21

Oʻzbekistonlik sportchilar Parij-2024 Paralimpiyadasiga yoʻl oldi

Oʻzbekistonlik sportchilar Parij-2024 Paralimpiyadasiga yoʻl oldi

Kecha, 13 avgust kuni Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga sport delegatsiyasini kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov maʼlum qildi. 

Sport

14.08.2024, 09:51

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45