updated: 22.03.2026, 16:33

Oʻzbekistonda qimmatlashgan gaz va “svet”ning yangi narxlari eʼlon qilindi

Yoqilgʻi-energetika resurslarining 2024-2025 yillarda bosqichma-bosqich oʻzgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1 may sanasidan eʼtiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi. Bu toʻgʻrisida 2024 yil 16 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilingan edi.

Ulashish:

Taliban and US

Joriy yilning 1 mayidan boshlab, elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I va II guruhlariga kiruvchi qismiga oʻzgarishsiz — 1 kVt·soat uchun 1000 soʻm hamda 900 soʻmdan qolmoqda. 

Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan koʻp qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

— oyiga 200 kVt·soatgacha – 225 soʻm;
— oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 450 soʻm; 
— oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 675 soʻm; 
— oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 787,5 soʻm; 
— oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 900 soʻmdan etib belgilanmoqda. 

Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun esa bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib: 

— oyiga 200 kVt·soatgacha – 450 soʻm;
— oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 900 soʻm;
— oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 350 soʻm; 
— oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 575 soʻm; 
— oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 800 soʻmdan etib belgilanmoqda. 

Isteʼmolchilarning IV guruhi uchun ham narxlar oʻzgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 900 soʻmdan qolmoqda. 

Qarorda tabiiy gaz yetkazib berish narxidagi oʻzgarishlar ham belgilangan. 

Barcha isteʼmolchilar uchun toʻlov miqdori oʻzgarishsiz, yaʼni bir kubometr uchun 1 500 soʻmdan qolmoqda. 

Yirik ulgurji isteʼmolchilar hamda byudjet tashkilotlari uchun ham tabiiy gaz narxi oʻzgarishsiz – bir kubometr uchun 1 800 soʻmdan qolmoqda. 

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanmoqda. Xususan, noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib tegishli narx belgilanmoqda. 

— oyiga 500 kub metrgacha – 650 soʻm; 
— oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 soʻm; 
— oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 soʻm; 
— oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 soʻm; 
— oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz isteʼmol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 soʻmdan toʻlashlari belgilanmoqda. 

Mart – oktabr oylarida isteʼmolchilar bir oydagi isteʼmolidan kelib chiqqan holda quyidagicha haq toʻlaydi. 

— oyiga 100 kub metrgacha – 650 soʻm; 
— oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 soʻm; 
— oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 soʻm; 
— oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 soʻm; 
— oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz isteʼmol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 soʻmdan toʻlaydilar. 

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun toʻlov 1 600 soʻm etib belgilanyapti. 

2024 yilning 1 iyulidan boshlab esa avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 1 800 soʻmdan yetkazib beriladi. 

Qaror bilan 2025 yilning 1 aprelidan eʼtiboran bosqichma-bosqich oʻzgaradigan narxlar ham belgilab berilmoqda.  

Xususan, 2025 yil apreldan boshlab, elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I guruhiga kiruvchi qismiga oʻzgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 1 000 soʻm etib belgilanyapti. II guruh isteʼmolchilar uchun ham bir kilovatt·soat elektr energiyasi 1000 soʻmdan yetkazib beriladi. 

Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan koʻp qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt·soatgacha – 300 soʻm;

  • oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 500 soʻm;

  • oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 750 soʻm;

  • oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 875 soʻm;

  • oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 000 soʻmdan etib belgilanmoqda. 

    Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun esa bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt·soatgacha – 600 soʻm;

  • oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 1 000 soʻm;

  • oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 500 soʻm;

  • oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 750 soʻm;

  • oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 2 000 soʻmdan etib belgilanyapti.

Isteʼmolchilarning IV guruhi ham keyingi yilning 1 aprelidan eʼtiboran bir kVt·soat elektr energiyasi uchun 1 000 soʻmdan toʻlaydilar.

Tabiiy gaz yetkazib berish narxi esa quyidagicha oʻzgaradi.

Barcha isteʼmolchilar uchun toʻlov miqdori bir kubometr uchun 1 800 soʻmdan etib belgilanmoqda. 

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 2 500 soʻmdan yetkazib berilsa, issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari buning uchun 1 800 soʻmdan toʻlaydilar. 

Aholining kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun isteʼmol qiladigan tabiiy gazi uchun narxlar oʻzgaradi. Yaʼni, kelgusi yilning 1 aprelidan eʼtiboran, noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

  • oyiga 500 kub metrgacha – 1 000 soʻm;

  • oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 800 soʻm;

  • oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 2 100 soʻm;

  • oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 500 soʻm;

  • oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz isteʼmol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 soʻm etib belgilanyapti.

Mart – oktabr oylaridagi bir oylik isteʼmol uchun esa quyidagicha haq toʻlanadi:

  • oyiga 100 kub metrgacha – 1 000 soʻm;

  • oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 800 soʻm;

  • oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 2 100 soʻm;

  • oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 500 soʻm;

  • oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz isteʼmol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 soʻmdan toʻlaydilar.

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun toʻlov 2 000 soʻm boʻladi. 

Aytish kerakki, qaror bilan 2024 yil 1 maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari ham belgilanmoqda. 

Unga koʻra, elektr energiyasi bir oylik bazaviy meʼyori 200 kVt·soatni, tabiiy gaz uchun esa isitish mavsumida 500 kub metrni, boshqa mavsumda esa 100 kub metrni tashkil qilmoqda. 

Isitish mavsumi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktabr – fevral oylarini, boshqa hududlarda esa noyabr – fevral oylarini qamrab oladi. 

Isitishdan tashqari mavsum Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida mart – sentabr oylarini, boshqa hududlarda esa mart – oktabr oylarini qamrab olishi nazarda tutilmoqda.

Siyosat

25.03.2025, 16:16

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45