Prezident maktabi baholash tizimi yana mingta maktabda joriy etiladi

2025 yil sentabrdan esa oliy va birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilarning oylik maoshini oshirish taklif qilindi. 

Ulashish:

Prezident maktabi baholash tizimi yana mingta maktabda joriy etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan maktab taʼlimi sifati va pedagoglar malakasini oshirish boʻyicha takliflar taqdimotida maʼlum qilindi. 

Oʻquvchilarning fanlarga qiziqishi va oʻrganishi koʻp jihatdan murabbiylarning bilim va mahoratiga bogʻliq. Shu bois pedagoglarning malakasini oshirishga zarur sharoit yaratilib, baholash tizimi takomillashtirib borilmoqda.

Mutasaddilar avvalo shu haqda axborot berdi.

Qayd etilganidek, attestatsiyada ilgʻor texnologiyalarga asoslangan yangi tartib joriy etilgan. Unda 190 mingdan ziyod oʻqituvchilar qatnashib, shundan 51 ming nafarining toifasi oshirilgan.

Maktablarda bilimli va izlanuvchan pedagoglar koʻpayishini doimiy ragʻbatlantirish zarurligi taʼkidlandi.

2025 yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi.

Attestatsiyadan oʻtolmagan, tajribasi yetarli boʻlmagan oʻqituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqib, malakasini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Bu borada malaka oshirish markazlari hamda pedagogika kollejlari imkoniyatlaridan toʻla foydalanish zarur. Shu maqsadda, Prezident maktabi tajribasi asosida, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bogʻcha va maktablarning rahbar hamda pedagoglarini har 5 yilda malakasini oshirish tizimi yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.

Hududlardagi 11 ta pedagogika kollejini Malaka oshirish markazlari tasarrufiga oʻtkazib, xorijdan trenerlarni jalb etish vazifasi qoʻyildi.

Shuningdek, kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bogʻcha va maktablar, texnikumlar, “Barkamol avlod” maktabi tashkil qilinishi aytildi.

Ilgʻor tajribalarni ommalashtirish maqsadida oʻtgan yili 500 ta maktabda Prezident maktabi baholash tizimi joriy etilgan edi. Buning samarasida ulardagi oʻquvchilarning oʻzlashtirishi 53 foizdan 59 foizga oshgan. Yuqori natijaga erishgan maktablar rahbariyati va oʻqituvchilariga 40 foizgacha ustama belgilangan.

Shu bois ushbu baholash tizimi yangi oʻquv yilidan yana 1 mingta maktabda qoʻllana boshlaydi. Ularga 182 ta ixtisoslashgan hamda 500 ta tajribadan oʻtgan maktab biriktiriladi.

Shuningdek, 270 ta maktab interaktiv doska, 365 tasi kompyuter sinflari bilan jihozlanadi.

Taqdimotda Qori-Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish taklifi ham muhokama qilindi. Yangilangan institutga “mahalla – ota-ona – maktab” hamkorligini kuchaytirish, ota-onalar va bolalar uchun tarbiyaga oid adabiyotlar yaratish, jadidlarning tarbiyaviy qarashlarini ilmiy tadqiq etish kabi vazifalar qoʻyiladi. 5 ta ixtisoslik boʻyicha Ilmiy kengash faoliyati hamda magistratura va doktorantura boʻyicha kadrlar tayyorlash ham yoʻlga qoʻyiladi.

Oʻzbekiston

19.06.2024, 14:42

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26