Maktab oshxonalarida baʼzi ovqatlarning sotilishi taqiqlandi
Yangi oʻquv yilida maktab oshxonalarida tayyorlanadigan bir qancha ovqatlarning sotilishi taqiqlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston
03.09.2024, 13:49
Ulashish:

Maktab oshxonalarida baʼzi ovqatlarning sotilishi taqiqlandi
"Maktab oshxonalarida tez tayyorlanadigan Gamburger, chizburger, xot-dog, “kiriyeshki”, “xrustyashki”, chips, energetik va gazlangan ichimliklarni sotish taqiqlanadi. Bunga sabab Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yuqoridagi mahsulotlarni kundalik taomnomadan chiqarishni tavsiya qilgan. Bu turdagi mahsulotlar umumtaʼlim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar roʻyxatiga kiritildi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, maktab oshxonalarida quyidagi mahsulotlar tayyorlanishi va sotilish ham mumkin emas:
— Goʻsht qoʻshilgan, mayonez, ketchup orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar);
— Sunʼiy taʼm, hid beruvchi moddalar, boʻyoqlar qoʻshilgan qandolat mahsulotlari;
— Sunʼiy konservantlari boʻlgan “kiriyeshki”, “xrustyashki” va chipslar, qurt, pista, donali uy sharoitida tayyorlangan shimiladigan shirinliklar;
— Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar;
— Veterinariya nazoratidan oʻtmagan goʻsht, baliq, parrandalar;
— Jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-pochalar;
— Tashqi qavati toza boʻlmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar;
— Bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli oʻzgargan, yorligʻi boʻlmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan, ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan har xil turdagi konservalar;
— Turli aralashmalar yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlar;
— Kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar);
— Xolodes, parranda va tuyoqli hayvonlar oyogʻidan tayyorlangan hamda kalla goʻshti ruletlari, oʻpka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar;
— Pasterizatsiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq, qoʻlbola qatiq, epizootik noxush xoʻjaliklardan olingan, shuningdek, dastlabki ishlov berilmagan va pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari, qimiz va tarkibida etanol boʻlgan (0,5 foizdan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlar;
— Qoʻziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;
— Xom dudlangan goʻshtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, qaynatilgan kolbasa;
— Sirka, xantal, xren (yerqalampir), oʻtkir qalampir (qizil, qora) va boshqa oʻtkir ziravorlar;
— Oʻtkir taʼmli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar;
— Tabiiy qahva, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik va alkogol ichimliklar;
— Pazandalik moylari, choʻchqa yogʻi, margarin va boshqa gidrogelni yogʻlar;
— Danakli mevalarning magʻzi, saqich, meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar (termik ishlovsiz);
— Okroshka va sovuq shoʻrvalar, yogʻda qovurilgan tuxum, pashtet, goʻsht va tvorogli quymoqlar;
Bundan tashqari, tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlari asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar maktab oshxonalarida boʻlishi taqiqlangan.
Oʻzbekiston
03.09.2024, 13:49
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi
Jahon
26.02.2026, 10:29

Rossiya “Telegram”ni ham bloklashi mumkin
Jahon
11.02.2026, 13:58

London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Jahon
20.01.2026, 14:42

Yangi yil bayramini nishonlash uchun byudjet puli ishlatilmaydi
Oʻzbekiston
22.12.2025, 14:45

Oʻzbekistonda bir martalik plastik mahsulotlarga cheklov qoʻyiladi
Oʻzbekiston
18.12.2025, 10:53

YuNISEF: bolalarning ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizligi uchun yosh cheklovlari yetarli emas
Jahon
16.12.2025, 08:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:43

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
