updated: 22.03.2026, 05:31

Putin Ozarbayjonga nima maqsadda bordi?

Rossiya Prezidenti Putinning Ozarbayjonga qanday maqsadda borgani ikki hukumatning rasmiy matbuotida ochiqlanganiga qaramay, tahlilchilar tomonidan turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Bu haqda BBC nashri tomonidan tayyorlangan quyidagi maqolada batafsil bilib olishingiz mumkin.

Jahon

19.08.2024, 15:13

Ulashish:

Putin Ozarbayjonga nima maqsadda bordi?

Putin Ozarbayjonga nima maqsadda bordi?

Kecha, 18 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan koʻrishish maqsadida Baku shahriga bordi. Bu Putinning ikki yil avval Ukrainaga qarshi urush boshlaganidan beri Ozarbayjonga qilgan ilk tashrifi. 

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, u ikki kun — 18 va 19 avgust kunlari Ozarbayjonda boʻladi. Putinning Bokuga qilgan tashrifi Rossiya hududida — Kursk viloyatida  Ukraina armiyasiga qarshi janglar ketayotgan bir vaqtda sodir boʻldi. 

Kreml bergan maʼlumotlarga koʻra, tashrif chogʻida Ozarbayjon va Rossiya oʻrtasidagi ittifoqchilik va strategik munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, Putin Prezident Aliyev bilan Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi tinchlik jarayonini muhokama qilmoqchi. 

Rossiya tomoni Ukraina yerlarini anneksiya qilgani uchun Gʻarb tomonidan yakkalanib qolganidan soʻng, u ittifoqchilar bilan aloqalarini mustahkamlash va yangi aloqalarni tiklashga harakat qilmoqda. Aynan Rossiya armiyasi Ukraina hududiga bostirib kirgan kunlarda Ozarbayjon bilan ittifoqchilik shartnomasi imzolangan edi. Ozarbayjon hukumati Ukraina va Gʻarb davlatlari bilan yaxshi munosabatda boʻlsa ham bu holat Rossiya Federatsiyasi bilan aloqalariga  taʼsir qilmagan. 

"Prezident Ilhom Aliyev hammasini bir maromda olib boryapti. Bu galgi davlat tashrifi ham Rossiya rahbariga uni qoʻllab-quvvatlashini butun dunyoga koʻrsatish uchun amalga oshirilgani hech kimga sir emas. Shunisi eʼtiborga loyiqki, Putin Ozarbayjonga tashrif buyurishdan oldin Shimoliy Koreya va Vetnamga davlat tashriflarini amalga oshirgan", deyiladi BBC nashri tomonidan tayyorlangan maqolada.

Gaz savdosi 

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va Gʻarb sanksiyalari joriy etilishi ortidan Moskva Yevropa davlatlariga gaz eksportini toʻxtatdi. Buning evaziga Ozarbayjon Yevropa Ittifoqi bilan shartnoma imzoladi va Rossiya gazisiz qolgan Yevropa davlatlariga gaz yetkazib berish eksportini oshirishga kelishib oldi. 

Siyosiy tahlilchi Fuad Shahbozovning fikricha, Vladimir Putinning Ozarbayjonga bu galgi tashrifidan koʻzlangan asosiy maqsadlar iqtisodiy va birinchi navbatda, energetika masalalari bilan bogʻliq. Uning fikricha, tashrif davomida Ozarbayjon va Rossiya oʻrtasida gaz tashish boʻyicha yangi hujjat imzolanishi mumkin. 

Shahbozovning soʻzlariga koʻra, bu tashrifdan yana bir maqsad — Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasidagi tinchlik jarayonidagi Rossiya pozitsiyasini mustahkamlash boʻlishi mumkin. 

Uning fikricha, soʻnggi paytlarda Gʻarb institutlari ikki davlat oʻrtasidagi ziddiyatni hal qilishda faollashgan va Rossiya Janubiy Kavkaz mintaqasida oʻz taʼsirini tiklashdan manfaatdor.

"Ushbu tashrif Rossiyaning mintaqaga qiziqishini tasdiqlashga qaratilgan", deydi tahlilchi.

Ikki tomonlama oʻzaro hamkorlik

"Rossiya tomoni hali ham Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirishga har tomonlama hissa qoʻshishga tayyor", deb yozadi "RIA Novosti" Kremlga tayanib. 

Ozarbayjon va Armaniston soʻnggi oylarda chegaralarni delimitatsiya qilish va tinchlik shartnomasini tuzish boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar olib bormoqda. Bu esa tinchlik bitimini imzolashga tayyorligini bildiradi. 

Avgust oyida Baku va Yerevan Ozarbayjon va uning Naxichevan eksklavini bogʻlaydigan transport magistralining bandini, Bokuda "Zangezur koridori"ni tinchlik bitimi loyihasidan chiqarib tashladi. Boku va Moskva Ozarbayjon va Naxichevan oʻrtasidagi yoʻlni Rossiya nazorat qilishini xohlashdi, ammo Armaniston bunga qarshi chiqdi. 

Armaniston va Rossiya oʻrtasidagi kelishmovchiliklar ikkinchi Qorabogʻ urushidan keyin paydo boʻldi. Rasmiy Yerevan urush paytida Rossiya va KXShT unga yordam bermaganidan norozi boʻldi. Armanistonning qurol-yarog' va armiyani tayyorlash uchun gʻarbiy mamlakatlarga murojaat qilishi ham Rossiyaning noroziligini keltirib chiqardi. Rasmiy Moskva NATOga aʼzo davlatlarning Armanistonda boʻlishini maʼqullamaydi. 

Bu omillar (shuningdek, Putin va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan oʻrtasidagi shaxsiy adovat) soʻnggi yillarda Rossiya va Armanistonni uzoqlashtirdi. 

Rossiya va Armaniston ittifoqchi boʻlishiga qaramay, Vladimir Putin u yerga bormadi, chunki Armaniston Xalqaro jinoyat sudining (ICC) qarorlarini bajarish toʻgʻrisidagi bitimining aʼzosi hisoblandi. 2023 yil 17 martda esa Xalqaro jinoyat sudi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish uchun order bergan. 

Tashrifda Eronning aloqadorligi bormi?

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning bugungi tashrifidan sal oldin, 6 avgust kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Ozarbayjonga tashrif buyurib, Prezident Ilhom Aliyev bilan uchrashgan edi. U Bokuga kelishda oldin Eron davlatiga ham boʻldi. 

Sergey Shoygu Tehronda XAMAS rahbari Ismoil Xaniya oʻldirilganidan bir hafta oʻtgach, Eronga tashrif buyurdi va Bakuda uchrashuv oʻtkazdi. Shundan soʻng u Rossiyaga qaytdi. Tashrif davomida Shoygu Janubiy Kavkazda tinchlik va xavfsizlik kabi masalalar haqida gapirdi, ammo mintaqa mamlakatlaridan faqat Ozarbayjonga keldi. 

Mutaxassislarning fikriga koʻra, Rossiya yuqori martabali amaldorining avval Tehronga, soʻngra Bokuga tashrifi Eron va Isroil oʻrtasidagi mojaroning kuchayishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Tahlilchi Fuad Shahbozovning fikricha, Rossiya Eron va Isroil oʻrtasidagi nizo yuzaga kelgan taqdirda Isroilning Ozarbayjon tomonidan yashirin qoʻllab-quvvatlanishidan xavotirda.

Jahon

19.08.2024, 15:13

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Putin Eronni uran boyitishdan voz kechishga chaqird

Putin Eronni uran boyitishdan voz kechishga chaqirdi

Putin ham Trampga, ham Eron rahbariyatiga uran boyitishdan butunlay voz kechishi boʻyicha kelishuv gʻoyasini qoʻllab-quvvatlashini aytgan.

Jahon

18.07.2025, 15:11

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda

Putin, shuningdek, Fors koʻrfazi arab davlatlari rahbarlari bilan doimiy aloqada ekanini bildirgan.

Jahon

07.03.2026, 11:18

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?

Eronning asosiy diplomatik hamkorlari — Rossiya va Xitoy AQSh–Isroilning Eronga qarshi harakatlarini xalqaro huquq buzilishi deb atadi, urushni qoraladi. Biroq ular harbiy yordam koʻrsatmadi.

Jahon

06.03.2026, 14:09

Afgʻonistonda internetning oʻchirilishi Rossiya va Eron bilan maslahatlashilgan — OAV

Afgʻonistonda internetning oʻchirilishi Rossiya va Eron bilan maslahatlashilgan — OAV

Taxminan 48 soat internetdan uzilib qolgan Afgʻonistonda internet va telekommunikatsiya aloqalari qayta tiklandi. Dushanba kuni kechqurun toʻsatdan uzilib qolgan internet 1 oktabr mahalliy vaqt bilan 16:30 da qayta tiklangan.

Jahon

02.10.2025, 16:47

Rossiya Ukrainadagi Ozarbayjon obʼektiga zarba berdi

Rossiya Ukrainadagi Ozarbayjon obʼektiga zarba berdi

Bugun,18 avgustga oʻtar kechasi Rossiya Ukrainaning Odessa viloyatidagi Ozarbayjonga tegishli SOCAR neft bazasiga Shahed tipidagi uchuvchisiz uchoqlari orqali zarba berdi.

Jahon

18.08.2025, 13:47

Ozarbayjon MDH Ichki majlisida ishtirok etishdan bosh tortdi

Ozarbayjon MDH Ichki majlisida ishtirok etishdan bosh tortdi

12 avgust kuni Sankt-Peterburgda MDHga aʼzo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga Ozarbayjon vakili bormadi. Bu haqda "APA" agentligi xabar berdi.

Jahon

13.08.2025, 14:00

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45