Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 18:47

Putin Eronni uran boyitishdan voz kechishga chaqirdi

Putin ham Trampga, ham Eron rahbariyatiga uran boyitishdan butunlay voz kechishi boʻyicha kelishuv gʻoyasini qoʻllab-quvvatlashini aytgan.

Jahon

18.07.2025, 15:11

Ulashish:

Putin Eronni uran boyitishdan voz kechishga chaqird

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Trampga ham, Eron rahbariyatiga ham maxfiy ravishda Tehron va Vashington oʻrtasidagi kelishuv gʻoyasini qoʻllab-quvvatlayotganini bildirgan. Ushbu kelishuv doirasida Islom Respublikasi uran boyitishdan butunlay voz kechishi koʻzda tutilgan. Bu haqda 12 iyul shanba kuni "Axios" nashri Yevropa va Isroil amaldorlariga asoslanib maʼlum qildi.

 

 

Putin "nol boyitish" gʻoyasini qoʻllab-quvvatlamoqda. U eronliklarni amerikaliklar bilan muzokaralarda ijobiy natijaga erishish uchun shu yoʻnalishda harakat qilishga undadi. Eronliklar esa bu taklifni koʻrib chiqmasliklarini aytishdi.

 

Eron yadro obʼektlariga zarbalar va muzokaralar

 

2025 yil 13 iyunga oʻtar kechasi Isroil "Isyonkor sher" operatsiyasini boshladi: Isroil harbiy-havo kuchlari 12 kun davomida Eronning yadro dasturi obʼektlari va Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) qoʻmondonlik markazlarini bombardimon qildi. Eron Isroil hududiga javob zarbalari berdi. AQSh 22 iyunga oʻtar kechasi Fordo, Natanz va Isfahondagi Eron yadro obʼektlariga zarba berib, mojaroga aralashdi. 24 iyun kuni Isroil va Eron oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldilar.

 

Operatsiyaning rasmiy maqsadi Islom Respublikasining atom bombasini yaratishiga toʻsqinlik qilish edi. Biroq, bunga qay darajada erishilgani haqida hali aniq maʼlumot yoʻq. Fransiya razvedkasining soʻnggi baholoviga koʻra, Eronning yadro dasturi kamida bir necha oyga orqaga surilgan. 7 iyul kuni xuddi shu "Axios" nashri Isroil, agar Eron oʻz yadro dasturini qayta tiklashga urinsa, Islom Respublikasiga yangi zarbalar berishga tayyorlanayotgani va Tramp "maʼlum shartlar asosida" bunday hujumni qoʻllab-quvvatlashi mumkinligiga umid qilayotgani haqida yozdi.

 

"Isyonkor sher" operatsiyasidan oldin Ummon poytaxti Maskatda Vashington va Tehron vakillari oʻrtasida besh bosqichli muzokaralar oʻtkazildi. Ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, Eron sanksiyalarning bekor qilinishi evaziga yuqori darajada boyitilgan uran ishlab chiqarishdan voz kechishga tayyor boʻlgan, ammo oʻzining yadroviy dasturini butunlay toʻxtatishni rad etgan. Axios nashrining maʼlumotlariga koʻra, hozirda Amerika-Eron muzokaralarini qayta boshlash masalasi muhokama qilinmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar

Putin Ozarbayjonga nima maqsadda bordi?

Putin Ozarbayjonga nima maqsadda bordi?

Rossiya Prezidenti Putinning Ozarbayjonga qanday maqsadda borgani ikki hukumatning rasmiy matbuotida ochiqlanganiga qaramay, tahlilchilar tomonidan turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Bu haqda BBC nashri tomonidan tayyorlangan quyidagi maqolada batafsil bilib olishingiz mumkin.

Jahon

19.08.2024, 15:13

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda

Putin, shuningdek, Fors koʻrfazi arab davlatlari rahbarlari bilan doimiy aloqada ekanini bildirgan.

Jahon

07.03.2026, 11:18

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?

Eronning asosiy diplomatik hamkorlari — Rossiya va Xitoy AQSh–Isroilning Eronga qarshi harakatlarini xalqaro huquq buzilishi deb atadi, urushni qoraladi. Biroq ular harbiy yordam koʻrsatmadi.

Jahon

06.03.2026, 14:09

Afgʻonistonda internetning oʻchirilishi Rossiya va Eron bilan maslahatlashilgan — OAV

Afgʻonistonda internetning oʻchirilishi Rossiya va Eron bilan maslahatlashilgan — OAV

Taxminan 48 soat internetdan uzilib qolgan Afgʻonistonda internet va telekommunikatsiya aloqalari qayta tiklandi. Dushanba kuni kechqurun toʻsatdan uzilib qolgan internet 1 oktabr mahalliy vaqt bilan 16:30 da qayta tiklangan.

Jahon

02.10.2025, 16:47

Afghanistan on the Geopolitical Chessboard of the Middle East

Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida

2025 yilning 13 iyunidan 24 iyunigacha davom etgan Isroil va Eron oʻrtasidagi "12 kunlik urush" Yaqin Sharqdagi chalkash geosiyosiy vaziyatni, mintaqaviy yetakchilik uchun shiddatli raqobatni va mintaqa davlatlari uchun aniq bir tomonni tanlashning muhimligini yaqqol namoyon etdi. Yaqin Sharq oʻziga xos va shaxmat taxtasidagi har bir dona nozik ahamiyatga ega boʻlib, kutilmagan yurishlar va manyovrlarga tayyor turish lozim.

Jahon

01.07.2025, 13:07

Rossiyada Putinni Giteler bilan taqqoslaydigan surat va memlar taqiqladi

Rossiyada Putinni Giteler bilan taqqoslaydigan surat va memlar taqiqladi

Omskning Kirov tuman sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni fashist Adolʼf Gitlerga qiyoslovchi fotosuratlar, shuningdek, uni surati tushirilgan boshqa qator  memlarni oʻz ichiga olgan veb-saytlarning 12 sahifani taqiqlangan deb eʼlon qildi.

Jahon

31.05.2025, 11:24

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Nemis “gepard”lari Ukrainada ishonchni oqladi

Bir paytlar Germaniya armiyasi tarkibidan chetlashtirilgan “Gepard” o‘ziyurar zenit qurollari bugun Ukrainada eng yaxshi dronlar kushandasiga aylandi.

Jahon

17.04.2026, 15:49

Rossiya 200 nafar tojikistonlik mahkumani vataniga qaytaradi

Moskva 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mahkumni ham jazoni o‘z yurtida davom ettirish uchun topshirishga tayyorligini bildirgan, ammo jarayon huquqiy to‘siqlarga uchramoqda.

Jahon

17.04.2026, 12:19

9 viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 18-23-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi haqida ogohlantirish berildi.

Oʻzbekiston

17.04.2026, 11:12

Isroil Livanga yana zarbalar berdi

Isroil va Livan o‘rtasida 10 kunlik sulh rasman kuchga kirgan. Donald Tramp payshanba kuni o‘t ochish to‘xtatilganini e’lon qilib, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Hizbulloh” ham otashkesimga rozi bo‘lganini tasdiqlagan edi.

Jahon

17.04.2026, 10:29

Qamchibek Tashiyev yana bir lavozimni tark etdi

Tashiyevning Qirg‘iz futbol ittifoqi prezidenti sifatidagi vakolat muddati tugadi va o‘z ixtiyori bilan lavozimini topshirdi. U “O‘z vazifamni bajarib bo‘ldim” dedi.

Jahon

16.04.2026, 17:27

Buxoroda “Leapmotor” avtomobillari ishlab chiqariladi

Botir Zaripov “Leapmotor” kompaniyasi vitse-prezidenti Ley Ming boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Viloyatda 2026-yilda Leapmotor avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Oʻzbekiston

16.04.2026, 16:23

Eronga muzlatilgan 100 milliard dollarlik aktivlari zarur

Eron bugungi muzokaralar fonida kamida 6 milliard dollarini qaytarishni talab qilmoqda, umumiy muzlatilgan aktivlar esa 100 milliarddan oshadi.

Jahon

16.04.2026, 14:58

BBC 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartiradi

575 million yevrolik keskin tejamkorlik, 2000 tagacha ish o‘rni qisqarishi va Trampning 10 milliard dollarlik sud da’vosi — BBCning turli muammolari bir nuqtada jamlanmoqda. 

Jahon

16.04.2026, 10:14

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi

Madaniy meros agentligi va uning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan 2026-yil 14-aprelda “Xalqlar do‘stligi saroyi” hududida davlat nazorati (monitoring) ishlari olib borildi.

Oʻzbekiston

15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda

Butun G‘arb migrantlarga eshigini yopayotgan bir paytda Ispaniya yarim million muhojirga qonuniy maqom bermoqchi.

Jahon

15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin

Iqlim o‘zgarishi shunchaki ekologik masala emas, balki jiddiy iqtisodiy xavfdir. Uning natijasidagi yo‘qotishlar Markaziy Osiyoda allaqachon boshlangan.

Iqtisodiyot

15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring

Endilikda avtomobilingizning davlat raqami belgisi (nomer) yaroqsiz holga kelgan yoki shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun navbatlarda turish shart emas. 

Oʻzbekiston

14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida

OpenAI’ning 852 milliard dollarlik bahosi uning ayrim investorlari tomonidan shubha ostiga olinmoqda, chunki kompaniya Anthropic bilan raqobatni kuchaytirish maqsadida e’tiborini korporativ bozorga qaratmoqda.

Iqtisodiyot

14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida

Sudanda har daqiqada uchta chaqaloq bolalar uchun mos bo‘lmagan sharoitlarda dunyoga kelmoqda. 

Jahon

14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi

BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan e’lon qilingan prognozlarga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urush tufayli 162 mamlakatda o‘n millionlab odamlarni qashshoqlikka yuz tutishi mumkin.

Jahon

13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi

Qirg‘iziston parlamenti qo‘mitalar faoliyatini elektron shaklga o‘tkazish hamda qonun loyihalarini tahlil qilishda sun’iy intellektdan foydalanishga mo‘ljallangan “e-Kenesh” raqamli platformasini joriy qilmoqda. 

Jahon

13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi

Birgina ilmiy ixtiro Yevropani ocharchilikdan qutqardi, shu bilan birga urush maydonida halokat quroliga aylandi. Klara va Gaber hikoyasi ilmning ikki jihatini ochib beradi. Bu — fan va axloq to‘qnashuvi.

Fan-texnologiya

11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda

Lotereyada 100 yevrolik chipta evaziga million dollarlik Pikasso asari taklif etilmoqda. Bu orqali Altsgeymer tadqiqoti uchun mablag‘ yig‘ish maqsad qilingan.

Madaniy

11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti

Mamlakat rasmiylari Rossiya-Ukraina urushini misol keltirib, MDHning asosiy qadriyatlariga, xususan, hududiy yaxlitlikni tan olish va chegaralar daxlsizligiga ortiq amal qilinmayotganini ta’kidlashmoqda. Moldovaning MDHdan chiqishi sobiq sovet davlatlari endilikda yagona markaz atrofida birlashmayotganidan dalolat beradi.

Siyosat

11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz

Ukraina frontda orttirgan tajribasini Yaqin Sharqqa taqdim etmoqda — dronlarga qarshi texnologiyalar bo‘yicha uch davlat bilan muzokaralar ketyapti.

Jahon

10.04.2026, 12:32

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →