Quruq vaʼda: 1 yildan buyon gazlashtirilmagan xonadonlarga imtiyoz berish tartibi ishlab chiqilmayapti

2024 yil oktabr oyida energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov gaz taʼminotiga ulanmagan hovlisi bor uy-joylar uchun ham elektr energiyasi tarifiga 50 foizlik chegirma berilishi va bu 2025  yil 1 yanvardan joriy etilishi rejalashtirilayotganini aytgandi. Biroq oradan 1 yildan koʻproq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, mazkur tartib joriy etilmadi.

Ulashish:

Oʻzbekistondagi gazlashtirilmagan xonadonlarga elektr energiyasi toʻlovlari uchun imtiyozlar berish tizimi yil yakuniga qadar hukumatga kiritilishi mumkin. Bu haqda 2025 yil 28 oktabr kuni Milliy matbuot markazida Energetika vazirligi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

 
Amaldagi qonunchilikka koʻra, gazlashtirilmagan koʻp qavatli uylar markazlashgan elektr tarmogʻiga ulangan boʻlsa, 50 foiz elektr energiyadan chegirma taqdim etiladi. Biroq hozirga qadar gazlashtirilmagan hovlilar uchun mazkur tartibni qoʻllash boʻyicha qonunchilikka oʻzgartishlar kiritilmagan.


Mazkur xabarlarga iqtisodchi Otabek Bakirov munosabat bildirdi.

«Qishloq joylarda gazlashmagan xonadonlarda yashovchilar oʻtgan yili oktabrda berilgan vaʼdaning ijrosini haliham kutmoqda va bu ketishda yana kutadi.

Albatta, masala bironta oʻgʻri oligarxga imtiyoz berish bilan bogʻliq boʻlganida necha kunda yashirin qaror bilan maʼqullab berilgan boʻlardi, bilganlar biladi. Lekin gap millionlab oʻzbekistonliklar haqida ketmoqda. Vaʼda vaʼdaligicha yoki reja rejaligicha qolib ketishi ehtimoli afsuski, yana juda yuqori, agar 2026 yil byudjetida gazlashmagan xonadonlarga imtiyoz bilan bogʻliq masala aks etmagan boʻlsa.

Oʻzi buni imtiyoz deb atash ham oʻrinsiz, bu gazlashmagan xonadonlarda yashovchilarning haqi aslida. Bunga qoʻshimcha subsidiyalash ham kerakmas».

So‘nggi yangiliklar

Prezidentning tegishli farmonlari bilan tayinlovlar amalga oshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmonlari bilan bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

30.10.2025, 10:51

Yangi versiyadagi Cobalt uchun onlayn kontraktatsiya 3 noyabr kuni ochiladi

Cobalt’ning yangi versiyalari uchun kontraktatsiya 3 noyabr soat 10:00 dan boshlab ochiladi. Savdolar faqat UzAvtoSavdo sayti va ilovasi orqali boʻladi. Oʻsha kuni barcha Chevrolet dilerlik markazlari yopiladi va UzAuto Motors savdo tizimidan uziladi.

Iqtisodiyot

29.10.2025, 15:47

III Osiyo yoshlar oʻyinlari: oʻzbekistonliklar yana 13 ta medalni qoʻlga kiritdi

Respublika terma jamoasi aʼzolari boks, suzish, gandbol, ogʻir atletika, futzal, erkin kurash va velosport boʻyicha musobaqalarda ishtirok etib, 5 ta oltin va 8 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Sport

29.10.2025, 15:10

Oʻzbekistonda nafaqa pullarini kreditga yechib olish taqiqlanadi

Yangi qoidalarga koʻra, banklar pensiya, davlat ijtimoiy nafaqalari va yordamlari sifatida tushadigan mablagʻlar, shuningdek, ijtimoiy kartalarga tushgan summalar hisobidan kredit qarzdorligini undirishi mumkin emas.

Oʻzbekiston

29.10.2025, 15:05

Isitish tizimi qachon yoqiladi va harorat qanday boʻlishi kerak?

Amaldagi qonunchilikka koʻra, turar-joy binolarida isitish mavsumi tashqi havoning oʻrtacha sutkalik harorati besh kun mobaynida 8 darajadan past saqlanganidan keyingi kuni boshlanadi. Mos ravishda, harorat ushbu chegaradan yuqori boʻlganda isitish oʻchiriladi.

Oʻzbekiston

29.10.2025, 14:57

Yashnobodda ijaraga olingan uyda narkolaboratoriya aniqlandi

Yashnabod tumanida fuqarolar vaqtincha yashab kelgan xonadonda narkolaboratoriya tashkil etilgani ham aniqlangan. U yerdan 50 kilogramm va 1200 dona qadoqlangan pregabalin, 2 kilogramm hamda 400 dona qadoqlangan tropikamid, 2 litrda xomashyolar, 112 ming ta qadoqlash uchun kerakli vositalar aniqlangan.

Oʻzbekiston

29.10.2025, 14:51

Milliy sertifikat imtihoni javoblari sotilgani rostmi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi soʻnggi kunlarda ona tili va adabiyot fanidan boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonlari oldidan «test savollari va ularning javoblari sotilayotgani» haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

29.10.2025, 14:47

«Neftchi» haqidagi bayonoti uchun Berdiyevga nisbatan tekshiruv boshlandi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi «Nasaf» klubi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyevning Olmaliqdagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida bildirgan fikrlari yuzasidan rasmiy surishtiruv oʻtkazishini maʼlum qildi.

Sport

29.10.2025, 12:36

Isroil Gʻazoga zarba berdi, Tramp otashkesim bekor boʻlmaganini maʼlum qildi

Isroil armiyasi HAMAS isroillik asirlarning jasadlarini topshirmaganini bahona qilib, Gʻazo sektoriga kuchli aviazarbalar berdi. Hujumlar natijasida kamida 33 nafar falastinlik, jumladan ayollar va bolalar halok boʻldi. Bayt-Laxiya, al-Burayj, Nusayrat va Xan Yunis hududlaridagi uylar hamda maktablar zarar koʻrdi.

Jahon

29.10.2025, 11:13

Advokatlik qasamyodiga sodiq boʻlmagan advokat qoʻlga olindi

Sirdaryo tumanidagi advokatlik byurosi advokati oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha noqonuniy talab qoʻygani aniqlandi.

Oʻzbekiston

29.10.2025, 10:12

“World Boxing” reytingi: 6 ta vaznda oʻzbek bokschisi tengsiz

Boks boʻyicha xalqaro musobaqalarni tashkil etuvchi “World Boxing” tashkiloti oʻzining 10 ta vazn toifasi boʻyicha yangilangan reytingini eʼlon qildi.

Sport

28.10.2025, 19:21