Rossiyalik ovchi nima asosga koʻra Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan morxoʻrni ovladi? Ekologiya vazirligi javob berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik ovchi tomonidan Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan morxoʻrlar ovlangani haqida xabar tarqaldi.
Oʻzbekiston
01.08.2025, 17:39
Ulashish:

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi 2024 yilda Surxondaryo viloyatidagi ov qonunchilikda belgilangan tartibda, tegishli toʻlov evaziga ruxsatnoma asosida amalga oshirilganligini maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra, Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlar soni Fanlar akademiyasi mutaxassislari tomonidan doimiy hisoblab boriladi va ularning xulosasiga asosan populyatsiyaga taʼsir qilmaydigan miqdorda ovlash uchun ruxsat beriladi. Buning uchun belgilangan tartibda toʻlov undiriladi.
Xususan, 2024 yilda morxoʻrlarni ovlash uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan va 100 000 AQSh dollari miqdorida toʻlov undirilgan. Bu mablagʻlar tabiatni muhofaza qilish, xususan, brakonerlikka qarshi samarali kurash olib borishga yoʻnaltirilgan.
Taʼkidlash joizki, “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, har yili yovvoyi hayvonlarni tutish uchun kvota belgilanadi. Bunda yovvoyi hayvonlarning eng yoshi kattasi, nasl qoldirish davridan oʻtgan erkagini ovlashga ruxsat beriladi va jarayon qatʼiy nazorat ostida amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, xorijiy davlatlarda ham aynan shunday tartib joriy qilingan. Xususan, Namibiyada oʻlja ovi yiliga 3 mln dollardan koʻp foyda keltiradi. Bundan tashqari, ochiq maʼlumotlarga koʻra, har yili Tojikistonda 10–16 bosh morxoʻr, 100–115 bosh arxar, Moʻgʻulistonda esa 90–100 bosh arxar, 50–60 boshgacha xongul ovlashga ruxsatnomalar berilmoqda.
Oʻzbekiston
01.08.2025, 17:39
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 16:56

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
Jahon
12.03.2026, 15:15

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi
Jahon
12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda
Jahon
12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?
Jahon
12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot
12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg
Jahon
11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi
Fan-texnologiya
11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Jahon
11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi
Jahon
11.03.2026, 11:48
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

