Samarqandda zamonaviy avtovokzal foydalanishga topshirildi
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 12 million AQShdollari miqdorida mablagʻ yoʻnaltirildi.
Oʻzbekiston
07.08.2025, 10:02
Ulashish:

Samarqand shahrining Choʻpon-ota hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan yangi Samarqand avtovokzalining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, soha mutaxassislari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Mehmonlar avtovokzalda yoʻlovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 12 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ yoʻnaltirildi. Yangi avtovokzal zamonaviy arxitektura, energiya tejamkor yechimlar va xavfsizlik standartlari asosida qurildi.
Bu yerda yoʻlovchilar uchun barcha qulayliklar yaratildi. Keng va yorugʻ kutish zali, ona va bola xonasi, bolalar maydonchasi, tibbiyot xonasi, elektron tablolar orqali qatnovlar jadvalini koʻrsatish, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus panduslar va yoʻlaklar, avtobus, mikroavtobus va yoʻnalishsiz taksilar uchun alohida kutish maydonlari, haydovchilar dam olish xonasi, avtotransportni texnik koʻrikdan oʻtkazish xizmati, 24 soat ishlovchi videokuzatuv tizimi shular jumlasidandir.
Avtovokzal nafaqat transport markazi, balki keng koʻlamli xizmat koʻrsatish va savdo hududi sifatida ham faoliyat yuritadi. Bu yerda 120 ta savdo doʻkoni, 3 ta zamonaviy restoran, 14 ta servis shoxobchasi, 1 ta avtosalon, 2 ta mehmonxona joylashgan. Yangi avtovokzalning ishga tushirilishi natijasida 300 nafar aholi uchun doimiy ish oʻrni yaratildi.
Avtovokzal bir vaqtning oʻzida 100 ta avtobus, 150 ta mikroavtobus va 300 ta yengil avtomobilni qabul qilishga moʻljallangan. Avtovokzaldan Toshkent, Jizzax viloyatlariga avtobuslar harakati amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Toshkent shahridan Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlariga qatnovchi avtobuslar ham mazkur avtovokzal orqali harakatni davom ettirmoqda.
Avtovokzal ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev soʻzga chiqib, loyihaning amalga oshirilishi viloyatda transport xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqishi, shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro qatnovlarning samaradorligini oshirishi hamda aholining vaqt va xarajatlarini tejashga xizmat qilishini taʼkidladi.
Samarqand avtovokzali kelgusida nafaqat respublika ichida, balki xalqaro yoʻnalishlarda ham muhim transport markaziga aylanishi kutilmoqda. Bu esa Samarqand shahrining logistika, transport va sayyohlik salohiyatini yanada oshiradi.
Oʻzbekiston
07.08.2025, 10:02
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 16:56
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
